Ona tiliva adabiyot



Download 11,67 Mb.
bet88/106
Sana10.03.2022
Hajmi11,67 Mb.
#487820
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   106
Bog'liq
O\'zbek tili 6-7 to\'garak .docx rejasi

MMIBDO’ __________ __________________________
Sana:__________ 20___yil 7-sinf

Mavzu: VATANGA SADOQAT.
Darsning maqsadi:1.O’quvchilarga ravishlarning yasalishi , ravish yasovchi qo‘shimchalar imlosi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalarni o’stirish. badiiy va san’at asarlarini tushunish;
2.Ona Vatanni asrab-avaylash har birimizning burchimiz ekanligini o’quvchilarga uqtirish,Vatanga munosib farzand bo’lishga undash.Vatan ravnaqi yo’lida fidoiylarcha mehnat qilishga chaqirish. farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga chaqirish. bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish;
3.O’quvchilarning lug’at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
Darsning turi:yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi: A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O’tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu:
1- topshiriq. Rasmni kuzating va tayanch so‘zlar asosida gaplar tuzing.
Tayanch so‘zlar: O‘zbekiston bayrog‘i, Vatan himoyachilari, jasur va mard, iftixor tuyg‘usi, Vatanga sadoqat.
1- mashq. Matnni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.
Vatan tuyg‘usi
Vatan — bu tug‘ilib o‘sgan yurtimiz, tariximiz, madaniyati-miz va elimizdir. Qalbida Vatan tuyg‘usi bor inson Vatanini sevadi. Vatanparvarlik o‘z Vatanini himoya qilish, uni asrab-avaylash yo‘lidagi fidoyilikdir. Vatanparvarlik tuyg‘usini yosh-likdan har bir insonga singdirib borish kerak. Vatan faqat be-qiyos boyliklari, go‘zal tabiati va qulay shart-sharoitlari uchun-gina sevilmaydi. Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy bu haqda shunday deganlar: „Biz o‘z Vatanimizni jonimizdan ortiq sevganimiz kabi, arablar qumlik, issiq cho‘llarini, eskimoslarshimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yer-lardan ziyoda sevarlar. Agar sevmasalar edi, havosi yaxshi, ti-riklik oson yerlarga o‘z Vatanlarini tashlab ketar edilar“.
Bilib oling!
Ravishlar fe’lga bog‘lanib kelib, uning belgisini bildiradigan so‘zlardir. Ravishlar tub va yasama bo‘ladi. Masalan:
tub ravishlar: avval, tez, juda, darhol, to‘satdan.
yasama ravishlar: mardona, qahramonlarcha, nav-batsiz, yaxshilab.
2- mashq. Berilgan ravishlarni tub va yasama ravishlarga ajratib ko‘chiring.
Piyoda, ataylab, ohista, kechqurun, birdan, sekin, do‘s-tona, indin, hozir, taxminan, tiriklayin, qardoshlarcha, tez.
3- mashq. Nuqtalar o‘rniga harakatning holatini bildiruvchi ra-vishlarni qo‘yib ko‘chiring.
Biz bu yerga ... keldik. 2. Nozima bu chorakda barcha fanlardan ... harakat qildi. 3. Bobomlar non ushoqlarini ... terib oldilar. 4. Askar eshikni ... ochdi. 5. O‘qituvchimiz uyga berilgan vazifani ... so‘radi. 6. Bulutlar ham ... pasaya boshladi. 7. Raketa Oyga ... qo‘ndirildi.
4- mashq. Nuqtalar o‘rniga foydalanish uchun berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib, matnni ko‘chiring.
Har bir inson o‘z Vatanini ... sevishi kerak. Vatan ... bosh-lanadi, degan naql bor. Ularni qadrlamoq ... ham qarz, ham farzdir. Ana shu moddiy ne’matlarni ... asramoq, ularning gullab yashnashi uchun ... xizmat qilish bizning burchimiz. ... sevmoq imondandir.
Foydalanish uchun so‘zlar: chin yurakdan, ostonadan, avaylamoq, Vatanni, biz uchun, fidokorona.
2- topshiriq. Suhbat matnini o‘qing va davom ettiring.
O‘qituvchi: Vatan deganda nimani tushunasiz?
Aziz: Men Vatan deganda o‘z uyimni, oilamni, do‘st-larimni tushunaman.
Sevara: Biz tug‘ilgan yurt, uning har bir qarich yeri men uchun Vatan.
O‘qituvchi: Vatan oldidagi burch deganda nimani tu-shunasiz?
Sardor: Vatanni sevish, uni asrab-avaylash, unga xizmat qilishni.
O‘qituvchi: Vatanga sadoqat, vatanparvarlik nimalarda
aks etadi?
— ... .
D)Mustahkamlash
3- topshiriq. She’rni ifodali o‘qing.
Farzand bo‘lay munosib
Vatan, mening onamsan,
Mehring albim yo‘rgagi.
Sen-la hamnafas, hamdam
Urar jajji yuragim.
Yer-u ko‘k ham mahliyo
Qalbdagi quyoshingga.
Qo‘nibdi Humo qushi,
Yurtim aziz boshingga.
Baxtli bolaligim bor,
Deb ayturman jahonga.
Farzand bo‘lay munosib
Ozod O‘zbekistonga.
F)Baholash
Uyga vazifa. „Vatanga sadoqat“, „Vatanimga xizmat qi-laman“ mavzularidan biriga shior tuzing

Download 11,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish