MMIBDO’ __________ __________________________
Sana:__________ 20___yil 7-sinf
Mavzu: O‘ZBEKISTON TOG‘LARI.1-dars.(O‘rin va payt ma’nosini bildiruvchi sifatlar, ularning yasalishi)
Darsning maqsadi:1.O’quvchilarga o‘rin va payt ma’nosini bildiruvchi sifatlar, ularning yasalishi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalarni o’stirish. badiiy va san’at asarlarini tushunish;
2.O’zbekiston tabiati va iqlimi, geografik hududi haqidagi bilimlarni mustahkamlash.Tabiatni, tabiiy boyliklarni asrab – avaylashga o’rgatish. farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga chaqirish. bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish;
3.O’quvchilarning lug’at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
Darsning turi:yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi: A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O’tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu:
1- topshiriq. Berilgan rasm va savollar asosida O‘zbekiston tabiati haqida suhbatlashing.
— O‘zbekistonda qanday tog‘lar bor?
— Tog‘larda qanday o‘simliklar o‘sadi?
— Tog‘oldi mintaqalarida qanday o‘simliklar o‘sadi?
— O‘simliklardan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
1- mashq. Matnni o‘qing va so‘zlab bering.
O‘zbekiston tog‘lari
O‘zbekiston hududida g‘arbiy Tyanshan va Pomir-Îloy tog‘ tizmalari joylashgan. Bular Ugom, Piskom, Chatqol, Qurama tog‘lari hamda Zarafshon, Hisor, Boysun, Nurota tog‘lari bo‘-lib, ular respublikamiz hududining beshdan bir qismini tashkil etadi. Tog‘larning balandligi har xil, yonbag‘irlari tik, tog‘-lardagi eng baland cho‘qqi — 4643 metr. Tog‘ oldilarida keng adirlar, xushmanzara daralar bor. Tog‘lar oralig‘ida katta va keng vodiylar ham yuzaga kelgan bo‘lib, bular orasida Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona vodiylari alohida ajralib turadi. Tog‘ yonbag‘irlarida archa, do‘lana, bodom, tog‘olcha kabi daraxtlar,shifobaxsh o‘simliklar o‘sadi. Zomin, Chimyon, Chatqol, Boy-sun tog‘larida tog‘ echkilari, bo‘ri, ayiq kabi yovvoyi hayvonlar yashaydi. Bu hayvonlarni asrash uchun maxsus qo‘riqxonalar ham tashkil etilgan.
Bilib oling!
-lik, -iy, -viy qo‘shimchalari o‘rin-joy va payt ma’-nosini, -gi, -ki qo‘shimchalari payt ma’nosini bildi-ruvchi sifatlarni yasaydi. Masalan:
O‘rin ma’nosini Payt ma’nosini
bildiruvchi sifatlar bildiruvchi sifatlar
tog‘lik yigit kuzgi hosil
qishki ta’til bugungi voqea
2- mashq. Berilgan sifatlarni o‘rin va payt ma’nosini ifodalashiga ko‘ra 2 guruhga ajratib yozing.
Men „Tog‘lik kuyov“ filmini sevib tomosha qilaman.
Til bayrami devoriy gazetada yoritildi. 3. Anjumanda olimlar ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashdilar. 4. Kuzgi ta’tilda olimpia-dalar boshlanadi. 5. Forumda chet ellik mehmonlar ishtirok etish-di. 6. Tarixiy asarlarni o‘qishni yoqtiraman.
3- mashq. -gi, -ki, -lik, -iy, -viy sifat yasovchi qo‘shimchalardan mosini qo‘shib, sifatlar yasang va namunadagidek yozing.
Namuna: yoz — yozgi.
shahar, ilm, tarbiya, qish, omma.
D) Mustahkamlash
2- topshiriq. O‘qing. Matnda nomlari keltirilgan o‘simliklar qayer-larda o‘sishini ayting.
Zomin taassurotlari
Bu yil yozgi ta’til vaqtida kursdoshlarimiz bilan dam olgani Zominga bordik. Daryo yoqalab sharshara tomon ko‘tarilar ekanmiz, dorivor o‘tlarni terib yurgan bolalarni uchratdik.— Nima teryapsizlar? — deb so‘radik ulardan.
— Mana bu — momaqaymoq bo‘ladi, — dedi bolalarning biri.
— Bu esa qora o‘t, — dedi ikkinchisi.
— Ular nimaga ishlatiladi? — deb so‘radim.
— Bosh og‘rig‘iga, yara-chaqa, ko‘z og‘rig‘iga, — deya ishlarini davom ettirishdi bolalar.
Bolalarning ishlarini biroz kuzatib turdik. Ular har bir gi-yohni avaylab, mehr bilan ushlab, barglarini ehtiyotkorlik bilan terar va paketlarga joylar edilar.
Yalanglikda tog‘rayhon, yalpiz va boshqa o‘simliklarning hidlari gurkirab turardi. Go‘yo tabiat bizga o‘zining sirli dunyo-sidan bir parchasini ko‘rsatib, „Siz hali meni yaxshi bilmaysiz“, deyayotgandek tuyildi.
F) Baholash
Uyga vazifa. O‘zbekistondagi tog‘lar haqida ma’lumot to‘plang.
Do'stlaringiz bilan baham: |