MMIBDO’ __________ __________________________
Sana:__________ 20___yil 7-sinf
Mavzu: SPORT — SALOMATLIK GAROVI.
Darsning maqsadi:1.O’quvchilarga ko‘makchilar, ularning qo‘llanishi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalarni o’stirish. badiiy va san’at asarlarini tushunish;
2.Sport-salomatlik garovi ekanligini o’quvchilarga uqtirish.Sportning biror turi bilan shug’illanishga chaqirish. farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga chaqirish. bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish;.
3.O’quvchilarning lug’at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
Darsning turi:yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi: A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O’tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu:
1- topshiriq. Berilgan rasmlarni tavsiflang va savollarga javob bering.
Respublikamizda sportning qaysi turlari rivojlangan?
Bolalar sporti bo‘yicha qanday musobaqalar o‘tkaziladi?
Siz qaysi sport turi bilan shug‘ullanasiz?
1- mashq. Matnni o‘qing. Sport qachon, qayerda, qanday rivoj-langanligi haqidagi ma’lumotlar bilan matnni davom ettiring.
Sport
Sport qadimdan inson hayotida muhim o‘rin tutgan. Qadimgi Misrda sportning ayrim turlari 4 ming yil avval mavjud bo‘l-ganligi haqida ma’lumot bor. Qadimgi Sharqda hatto ayollarning har tomonlama bilimli, kuchli bo‘lib yetishishlariga jiddiy e’tibor qaratilgan. Har bir davlat boshlig‘i, albatta, yetakchi sarkarda bo‘lishi ham shart hisoblangan. Tarixda o‘chmas iz qoldirgan Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Boburlar shunday hukmdorlar edilar.
Bilib oling!
Bilan, uchun, kabi, singari, orqali so‘zlari mustaqil ma’no bildirmaydi va ular ko‘makchilar deb ataladi. Ko‘makchilar mustaqil so‘zlar bilan birga bitta so‘roqqa javob beradi va quyidagi ma’nolarni ifodalab keladi:
So‘rog‘i Qo ‘llanilishi Ma’nosi
Kim bilan? uk am bilan birgalik, vosita
Ni ma uchun? musobaqa uchun sabab, maqsad, atalganlik
Kim singari (kabi)? ustozim kabi o‘xshashlik
Ni ma orqali? p ochta orqali vosita
2- mashq. Berilgan gaplar tarkibidagi ko‘makchi so‘zlarni ko‘r-sating va o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiring.
1.Musobaqa uchun sport anjomlari sotib olindi. 2. G‘oliblarni gullar bilan qarshi oldik. 3. Yaxshi o‘qish uchun qunt bilan tayyorlanish kerak. 4. Qopcha, qopchaning ichida noncha, non-chaning ichida ustuncha (topishmoq: jiyda). 5. Bulutlar borgan sari quyuqlashdi. 6. Tabiatda inson ko‘zi bilan ko‘rib bo‘lmaydigan mayda jismlar ham bor. 7. Barno tabassum bilan javob berdi.
D)Mustahkamlash.
3- mashq. Berilgan savollar o‘rniga foydalanish uchun berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
1.(Nima uchun?) sport bilan shug‘ullanish kerak. 2. (Kim bi-lan?) sport to‘garagiga bordik. 3. Har kuni ertalab (nima bilan?) shug‘ullanish insonni sog‘lom qiladi. 4. (Kim singari?) Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarish niyatim bor. 5. Vatan dovrug‘ini (nima orqali?) dunyoga tanitish mumkin. 6. Onam (kim uchun?) sport kiyimi sotib oldilar.Foydalanish uchun so‘zlar: ukam uchun, badantarbiya bilan, sport orqali, chempionlar singari, sinfdoshlarim bilan, sog‘lom bo‘lish uchun.
2- topshiriq. She’riy parchani ifodali o‘qing va ko‘makchilarni aniq-lang.
Gulchilar guli bilan,
Olim usuli bilan,
Ishchi mahsuli bilan,
Shoirlar she’ri bilan,
Poytaxtning raislari
Tuzagan shahri bilan,
Oshpazlar taom bilan,
Bog‘bonlar uzum bilan,
Konchi qora gavhar-la,
Paxtakorlar oq zar-la,
Labbay deydi ona-Vatan da’vatlariga, Savlat qo‘shib el-u yurtning savlatlariga.
(Maqsud Shayxzoda)
F)Baholash
Uyga vazifa. Sog‘lom bo‘lish uchun nimalarga e’tibor be-rish kerak? So‘zlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |