Ona tiliva adabiyot



Download 11,67 Mb.
bet102/106
Sana10.03.2022
Hajmi11,67 Mb.
#487820
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Bog'liq
O\'zbek tili 6-7 to\'garak .docx rejasi

MMIBDO’ __________ __________________________
Sana:__________ 20___yil 7-sinf


Mavzu:Kerak, zarur, shart modal so‘zlarining qo‘llanishi
Darsning maqsadi:1.O’quvchilarga kerak, zarur, shart modal so‘zlarining qo‘llanishi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalarni o’stirish. badiiy va san’at asarlarini tushunish;
2.Suv – hayot manbayi ekanligini o’quvchilarga uqtirish. Tabiiy boyliklarni asrab – avaylashga chaqirish. Suv havzalari haqidagi bilimlarni mustahkamlash. farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga chaqirish. bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish.
3.O’quvchilarning lug’at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
Darsning turi:yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi: A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O’tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu:
4- topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing.
O‘qituvchi: Ayting-chi, qadimda shaharlar suv havzalari mavjud bo‘lgan joylarda yuzaga kelishining sababi ni-mada?
Jasur: Suvsiz hayot bo‘lmaydi. Suv insonlar, barcha jonivor va o‘simliklarning yashash manbayi.
Nozima: Oqar suvlar bo‘lmasa, bog‘-rog‘lar barpo etil-maydi. Xonadonlarda qulayliklar ham bo‘lmaydi. O‘qituvchi: Ayting-chi, shahrimiz yaqinida qanday suv havzalari bor?
Bobur: Chirchiq daryosi shahrimizning eng asosiy suv havzasi hisoblanadi. Shahrimizdagi barcha kanallar, an-horlar shu daryodan hosil bo‘lgan.
Ali: Chirchiqdan ajralib chiqqan kanallar Bo‘zsuv, Kay-kovusdir. Kaykovus Anhor va Bo‘rijar kanallariga bo‘-linadi.
Nozima: Bulardan tashqari Qorasuv, Salor kanallari ham bor. Ular shaharning 4 ta tumanidan oqib o‘tadi. O‘qituvchi: Ushbu suv havzalarini asrash, shahardagi katta-kichik ariqlarni ozoda saqlash hammaning burchi hisoblanadi.
— ...
4- mashq. Berilgan gaplardagi fe’llarni faraz, gumon, orzu-istak ma’nolarini ifodalovchi shart mayli shakliga aylantirib ko‘chiring.
Suv inson uchun durdek noyob ekanligini hamma biladi.
2. Nasiba ham „Yosh tabiatshunoslar“ to‘garagiga qatnashyapti.
3. Toza havoda sayr qilish hammaga birdek yoqadi. 4. Men ham „Tomchi suvda hayot nafasi“ tanlovida qatnashaman. 5. Muzdek suvdan qonib-qonib ichaman.
5- mashq. Maqollarni o‘qing. Shart maylidagi fe’llar qanday ma’-no ifodalayotganligini aniqlang.
Yerni boqsang, yer seni boqadi.
Mehnat qilsang, rohat ko‘rasan.
Yolg‘on aytib foyda ko‘rsang, oxirida zarar topasan.
Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan.
D)Mustahkamlash.
dabiy o‘qish. Soy suvi haqida rivoyat
Bir dehqon bola-chaqasi bilan tog‘ etagida yashar ekan. Tog‘ etagi daraxtzor bo‘lib, yonida katta soy ham oqar ekan. Dehqon va uning oila a’zolari shu soydan oqqan suvdan kundalik yumushlari uchun foydalanishar ekanlar. Dehqon o‘z ekinlarini ham shu soy suvi bilan sug‘orar ekan. U soy bo‘yidagi katta daraxtlarni kesib, o‘ziga uy quribdi. Shoxlarini arralab, o‘tin qilibdi.
Oradan bir yil o‘tibdi. Bahor kelibdi. Dehqon yerini haydab sug‘ormoqchi bo‘libdi. Qarasa, soyda suv yo‘q emish. U suv kelishi uchun soy bo‘ylarini tozalab, suvni rosa kutibdi. Biroq, qancha harakat qilmasin, foydasi bo‘lmabdi. Oxiri tog‘ga chiqib, tog‘ cho‘qqilaridagi qorlardan suv berishlarini so‘rabdi. Qor dehqonga:

— Kim senga daraxtlarni kessin dedi? O‘sha daraxtlar soy-ning namligini saqlab turar edi, — debdi.


Soy daraxtga, daraxt esa soyga yordam berib turgan ekan. Dehqon bilmay qilgan ishidan afsuslanibdi. So‘ng bir talay ko‘chatlar olib kelib soy bo‘yiga o‘tqazibdi. Ko‘p o‘tmay, soy-dan yana suv oqadigan bo‘libdi. Dehqon yana ekinlarini sug‘orib, bola-chaqasi bilan yaxshi hayot kechira boshlabdi.


Qissadan hissa. Tabiatga yetkazilgan har qanday zarar o‘zi-mizga ziyon keltiradi.


Topshiriq. Rivoyatni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering. Rivoyat matnidan buyruq-istak maylidagi fe’llarini toping va qo‘llanishini tu-shuntiring.

F)Baholash.


Uyga vazifa. Soy suvi haqidagi rivoyatdan qanday xulosaga keldingiz? Fikringizni yozing.

Download 11,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish