Jizzax davlat pedagogika instituti, Matematika va informatika fakulteti 1- bosqich talabalari o’rtasida “Ona tilim - millat tayanchi” mavzusida o’tkazilgan tadbir
BAYONNOMASI
21-oktyabr 2021 yil Sh. Rashidov tumani
KUN TARTIBI
1. Til har bir millatning eng aziz boyligi, uning ma’naviy qiyofasi, madaniyati, ichki dunyosini aks ettiruvchi muhim vosita ekanligi to’g’risida.
2. Til – millatning soʻngi qoʻrgʻoni to’g’risida.
3. Har xil masalalar.
Qatnashdilar. Tadbirda Matematika va informatika fakulteti dekani A.Parmonov, yoshlar Matematika va informatika fakulteti xotin-qizlar qo’mitasi raisasi U. Mamatqulova, Matematika va informatika fakulteti kafedra o’qituvchisi Xoljigitov.D, fakultet yetakchisi N.Quvvatov, matematika o’qitish metodikasi, umumiy matematika, informatika va uni o’qitish metodikasi kafedralari professor-o’qituvchilari fakultet tyutorlari M.Abduxoliqova, M.Egamqulova, B.Ibotov, R.Davlatov, L.Jo’rayev va birinchi kurs talabalari.
Tadbirni Matematika va informatika fakulteti dekani A.Parmonov ochib berdi. U o’z so’zida hozirgi tez o‘zgarayotgan globallashuv davrida o‘zbek tilining o‘ziga xos betakror xususiyatlarini saqlab qolish, uni kelajak avlodga beshikast yetkazish bizning ajdodlarimiz va kelgusi avlod oldidagi muqaddas burchimiz ekanligini ta’kidlab o’tdi.
Shundan so’ng fakultet xotin-qizlar qo’mitasi raisasi U.Mamatqulovaga so’z berildi. U o’z so’zida bugun o‘zbek tili dunyo axborot makonida ham o‘z o‘rniga ega tillar qatoridan o‘rin olganligini ta`kidlab o`tdi. O‘nlab yirik xalqaro axborot maxkamalari, radio va telekanallar o‘z materiallarini o‘zbek tilida ham tarqatishmoqda. Vikipediya, Google, Facebook singari yirik messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar, internet platformalarida o‘zbek tilining mavqeyi oshib bormoqdaligini uqtirib o’tdi.
Shundan so’ng so’z fakultet kafedra o’qituvchisi Xoljigitov.D ga berildi. Xoljigitov.D o’z so’zi davomida qatnashayotgan jamoalarga omad tiladi. Keyin fakultet yetakchisi N.Quvvatov so`zga chiqib,”Zakovat” intellektual o’yinga start berildi. O’yinda fakultet birinchi kurs talabalari tomonidan tuzilgan jami 7ta Kelajak liderlari 110-21 guruh, Navoiy izdoshlari 111-21guruh, Algoritm 112-21guruh, Everest 113-21guruh, Al-Xorazmiy 114-21guruh, Boburiylar 115-21, To’maris 116-21 jamoalari qatnashdilar. O’yinda jami 12-ta savol jamoaga bittalab o’qildi.12 ta guruhdan umumiy ballar juriy a’zolari tomonidan aniqlandi. Har bir to’g’ri javoblar uchun 2 balldan berildi. Natijada birinchi o’rinni 116-guruh (To’maris) jamoasi 20 ball bilan, ikkinchi o’rinni 115-guruh (Boburiylar) jamoasi 16 ball bilan, uchunchi o’rinni 114-guruh (Al-Xorazmiy) 14 ball bilan qo’lga kiritdi.
G’oliblikni qo’lga kiritgan jamoalarga tadbir tashkilotchilarning esdalik sovg’alari topshirildi.
Yig`ilish raisi: R. Butayev
Yig`ilish kotibi: N. Quvvatov
Do'stlaringiz bilan baham: |