Ona tilim-jon-u dilim



Download 0,72 Mb.
bet1/5
Sana24.06.2022
Hajmi0,72 Mb.
#698949
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Xolida opa


ONA TILIM-JON-U DILIM”
O'quvchilar musiqa sadosi ostida zalga kirib keladi. Maktab sahnasi, har xil sharlar va chiroyli gullar bilan bayramona bezatilgan.
0‘quvchi:
— Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar, aziz ustozlar! Bugun ona tilimiz — 0‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 30 yil to‘Idi. Shu munosabat bilan tashkil qilingan «Ona tilim — jon-u dilim!» deb nomlangan kechamizga xush kelibsizlar^»
1-boshlovchi:
Ming yillarkim, bulbul kalomi, 0‘zgarmaydi yaxlit hamisha. Ammo sho'rlik to'tining holi, 0‘zgalarga taqlid hamisha.
2-boshlovchi:
Ona tilim, sen borsan shaksiz, Bulbul kuyin she’rga solaman. Sen yo'qolgan kuning shubhasiz, Men ham to‘ti bo'lib qolaman.
1- boshlovchi:
— Har bir davlat o‘z tiliga ega. 0‘zbekiston Respublikasining ham davlat tili bor. Bu — o‘zbek tili.
0‘quvchi:
— 1989- yili 21-oktabrda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan. Shuning uchun har yili 21- oktabrda til bayrami o'tkaziladi. Ona tilimiz jahondagi eng boy va rivojlangan tillardan biri bo'lib, uning shakllanishi hamda rivojida buyuk bobomiz Alisher Navoiyning xizmati beqiyosdir.


(Shundan so'ng o'quvchilar Tursunboy Adashboyevning «Ona tilim» she’rini o'qishadi).


1-o‘quvchi:
Buyuk Temur jahon bo'ylab,
0‘z dovrug'in solgan tilim.
Mir Alisher bobomlardan
Meros bo'lib qolgan tilim.
2-o‘quvchi:
Bobur Mirzo she’rlaridan
Rang va qiyos olgan tilim.
Shoh Mashrabni bulbuldayin,
Sayratgan ham ona tilim.
3-o'quvchi:
Mirtemirni shoir qilib,
Yayratgan ham ona tilim.
Shunday tildan tonar bo'lsam,
Qiyma-qiyma bo'lsin tilim.
4- o'quvchi:
Alla bo'lib jaranglagan,
Ona tilim — jon-u dilim.
(O'quvchilar tomonidan Alisher Navoiy g‘azaliga bastalangan Ulug bek Rahmatullayevning «Mubtalo bo‘ldim» qo'shig'i ijro etiladi).
1-boshlovchi:
— Ruxshona, bilasizmi, “bugun til haqida so‘z ketar ekan to'g'ri so'zlash, rostgo'ylik haqida ham gapirishni istardim. Chunki xalqimizda shunday maqollar bor:
Odamni bor qiladigan ham til,
Yo'q qiladigan ham til.
Til borki, bol keltirar,
Til borki, balo keltirar.
2-boshlovchi:
— To'g'ri aytasiz. Insonning boshiga ne kelsa ham, tili orqali keladi,? Hozir do'stlarimiz Alisher Navoiyning «Yolg'onchi cho'pon» masalini o'qishadi.
O'ylaymizki, har bir tinglovchi mazkur masaldan o'zi uchun ibratli xulosa chiqaradi. (0‘quvchilardan biri masalni ifodali o'qiydi).
Boshlovchi:
— Mana, eshitdingizmi, azizlar, yolg'onchi-ning gapiga hech bir inson ishonmaydi, shuning uchun doim rost so'zlash kerak.

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish