III. 1-boshlovchi: Asl o‘zbegimning o‘chmas nomidan
Shoirlar e’zozda xush kalomidan.
So‘zim boshlayurman, qaddim tutib tik,
O‘zbekning o‘zbekcha assalomidan.
2-boshlovchi: Dunyoda eng buyuk muqaddas so‘zni,
Shu tilda aytganim bilan baxtliman.
Yurak mahzanining ochqichi, sensan,
Sening borliging-la men qudratliman.
1-boshlovchi: Assalomu alaykum qalblari bilim va mehrga, dillari sehrga to‘la hurmatli ustozlar. Yana bir ulug‘ bayram bahonasida siz bilan ajoyib davrada yig‘ilib turganimizdan benihoya xursandmiz.
2-boshlovchi: Assalomu alaykum, xush kelibsiz deymiz , „Ona tilim jarangi olam uzra taralgay“ mavzusidagi adabiy-badiiy kechamizga. Mana bugun o‘zbek tiliga „Davlat tili“ maqomi berilganiga ham 24 yil to‘ldi. Ana shu bayram, shodiyona munosabati bilan barcha ta’lim fidoyilari, qalbi quyosh, mehri daryo ustozlarimizni muborakbod etib, ishlariga omad, ulkan zafarlar tilaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |