Ona tilidan test savollari
1. Boʻgʻinga ajralmaydigan soʻzlar qatorini belgilang.
A) qitʼa, qalʼa, yechim B) hukm, gramm, ong
C) ongi, yengil, yangi D)A,BvaC
2. “ng" bir tovushni ifodalagan soʼzlarni belgilang.
A) tungi, unga B) tongi, otangiz
C) tonggi, dengiz D) B va C
3 Qaysi soʻzlar faqat jarangli undoshlardan iborat ?
l.koʻylak; 2.maydon; 3.jadval; 4.vaʼzxon; 5.qoʻllar; 6.vijdon; 7.sogʻlom; 8.doimiy; 9.darslik; 10.osmon.
A) 2,3,6,8 B) 1,2,3,4,5,8,10 C) 1,2,4,5,8,9 D) 1,4,5,7,9
4. Qaysi qatordagi soʻzlarda sirgʻaluvchi j tovushi berilgan?
A)janob, Jamshid, Jomiy
B) jar, ajin, adar
C) Gʻijduvon, gijda, mujda
D) jajji, jazo, javob
5. Hozirgi oʻzbek tilida jarangsiz juftiga ega jarangli undoshlar soni nechta?
A)7 B)8 C)6 D)9 E)10
6.Yam -yashil soʻzida nechta unli va nechta undosh tovush bor?
A) 3ta unli, 3ta undosh
B) 5ta unli, 5ta undosh
C) 3ta unli, 5ta undosh
D) 4ta unli, 4ta undosh
7. Qaysi qatordagi soʻzlarda faqat jarangsiz undoshlar bor?
A) ziynat, koʻhlik, libos
B) koʻmakdosh, inson, koʻrgazma
C) gilos, rayhon, gulkaram
D) soat, qoʻshiq, koʻcha
8. Yopiq boʻgʻinlardan biri faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan soʻzni belgilang.
A) gʻalla B)kitob C)poʻlat D)paxta
9. Unli va jarangli undoshlardan hosil boʻlgan soʻzlar qatorini toping.
A) mashq, kitob, soʻz
B) paxta, xalq, choynak
C) maydon, dor, gul
D) maktab, sabab, maqol
10. Oʻzbek tilidagi qaysi tovush arab, fors tili taʼsirida paydo boʻlgan?
A)s B)ng C)d D)f
11. Oʻzak va qoʻshimchalarning qoʻshilishida qaysi qismda tovush tarkibi oʻzgarishi mumkin?
A) qoʻshimchaning tovush tarkibi oʻzgarishi mumkin
B) oʻzakning tovush tarkibi oʻzgarishi mumkin
C) birdaniga ham oʻzakning, ham qoʻshimchaning tovush tarkibi oʻzgarish mumkin.
D) A,B va C
12. Oʻzakka qoʻshimcha qoʻshilganda, oʻzakning tarkibida vujudga keladigan oʻzgarishlarining asosiy turlarini belgilang.
A) tovush almashishi
B) tovush tushishi
C) tovush orttirilishi
D) tovush tushishi, tovush almashishi, tovush orttirilsihi
13.Tarkibida undosh tovushlardan faqat sonorlar (ovozdorlar) ishtirok etgan soʻzlar qatorini koʻrsating.
A) mehr, keng, sen
B) yomgʻir, makon, nodon
C) misol, moviy, dengiz
D) roʻmol, nom, lola.
14. Toʻgʻri yozilgan soʻzlar qatorini toping.
A) xushyor, saxiy, mahsulot
B) harakat, mahsulot, xulosa
C) xozirjavob, hurmatli, sahiy
D) xushyor, saxna, hukm
15.Qaysi qatordagi ajratilgan soʻzlar oʻzaro shakldosh emas?
A) Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi. Yaxshilarning etagini tut, adashmaysan.
B) Yoz otmoqda soz. Dutor eng yaxshi soz.
C) Argamchiga qil quvvat. Nomusni yoshlikdan ehtiyot qil.
D) Oʻt ishi qovurmoq. Qalbida ishq oʻti alangalandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |