Ona tilidan sinov-6



Download 25,5 Kb.
Sana12.05.2020
Hajmi25,5 Kb.
#50053
Bog'liq
ona tili sinov 6


ONA TILIDAN SINOV-6

1.Otayotgan tong misol yorug` bo`lsin kelajak, pok ruhingiz qo`llasin, farzandingiz kutajak. Ushbu gapda fe’l turkumiga mansub yasama so`zlar nechta ? a) 5 ta b) 4 ta c) 3ta d) 2 ta 2.Qaysi gap tarkibida uchta olmosh ishtirok etgan? a) Ayajon, ularga o`zi nima kerak ekan-a? b) Kattalar orasida aqlli va farosatliroq biror kishini uchratganimda , unga 1-raqamli rasmimni ko`rsatdim. c) Ana shundan keyin, olti yashar paytimda rassomlikning porloq kelajagidan voz kechishga majbur bo`ldim. d) Lekin sen bu yerda nima qilib yuribsan?

3. Yuklamaning ta’rifi qaysi javоbda to’g’ri berilgan?

A) Mustaqil so’zlarni bоg’laydigan so’zlarga yuklama deyiladi.

B) So’zlar o’rtasidagi munоsabatlarni ifоdalaydigan so’zlarga yuklama deyiladi.

S) Mustaqil so’z va gaplarga qo’shimcha ma’nо beradigan yordamchilarga yuklamalar deyiladi. D) So’zlоvchining o’z fikriga munоsabatini ifоdalaydigan so’zlar yuklamalar deyiladi.

E) So’zlоvchining his-tuyg’usini ifоdalaydigan so’zlarga yuklama deyiladi

4.Qaysi gapda qatnashgan barcha ko`makchilar yasama so`z bilan ifodalangan gap bo`laklarini shakllantirishga xizmat qilgan?

A)Tinchlik tufayli har yerda yutuqqa erishsa bo`ladi” dedi otaxon donishmandlik bilan, bu haqida bilib qo`ying.

B)U akasidan xavotirlangani uchun o`rikzor tomon yugurdi, ammo oyoqyalangligi tufayli yiqildi

C)U xuddi usta zargarlar kabi uzukni boshdan oyoq aylantirib qaradi , ammo hech ko`rmagani uchun qaytarib berdi

D)”Goho miriqib dam olish uchun ham vaqt ajratish kerak-da, doim test, test, mavzu , mavzu ”, dedi M.A.Qahhorov beg`uborlik bilan Sherzod Raxmon tomonga o`girilib.

5. Qaysi javobda moslashuvli birikma ishtirok etmagan?

A)Xalqim baxtini kuylash men uchun sharaf

B)1-test javobini ko`p o`yladim, ammo topolmadim

C)Bu olov-dilim yo`ldoshi, bu suvlar-ko`zim Yoshi.

D)Biz qirq yil andisha deb ataganimiz, puchga chiqib ketdi

6. Qaysi gapda hokim qismi sifat bilan ifodalangan boshqaruv munosabatli so‘z birikmasi qatnashgan?

A)Dunyoda singildan mehribonroq inson bo‘lmasa kerak.

B)Agar birorta kichikroq baliq suv yuziga suzib chiqsa, mushuk bir hamla bilan ushlab olarkan.

C)Shunda pastakkina bir uydan dahshatli faryod eshitildi.

D)Bu ish juda nozik, nihoyatda muhim edi

7.Bitishuvli birikuvlarda tobe so’z vazifasida asosan qanday so’zlar keladi?

A)sifat, ravish B) sifatlar C)mustaqil so’zlarning barchasi D) ot, sifat, ravish

8.Qaysi qatorda to’ldiruvchi birikmalar bor?

A)qishloqdagi binolar, kitobdan ko’chirmalar

B)tunda kelmoq, qunt bilan ishlash

C)choynakdan kattaroq, Sohibaning taqdiri

D)otdan baland, kitobni o’qib chiqmoq

9. Qaysi qatordagi gapda ergashtiruvchi bogʻlovchi sodda gaplarni bogʻlash vazifasini bajargan?

1. Bahor keldi va dala ishlari boshlandi.

2. Osmonni qora bulut qopladi, lekin yomg‘ir yog‘madi.

3. Bir nima demoqchi bo‘ldi-yu, tili og‘ziga tiqilib qoldi.

4. Ertaga jo‘namasligi aniq bo‘lib qoldi, chunki o‘z qishlog‘iga shu holda bora olmaydi.

A) 2 B) 1 C) 4 D) 3

10. Nodonsan-da, – debdi Luqmon. – Shuning uchun qulsan. Tariq eksang, bug‘doy o‘rasanmi?! Xudo ekkaningni beradi.

Bunda nechta egasi yashiringan gap berilgan?

A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta

11. Qaysi qatorda fe᾽l kesim qatnashgan?

A) Oltita bolani bag‘riga olgan Mahkam taqachi – shu.

B) Mo‘tabar eshikni sekin yopib chiqib ketdi. (R.F.)

C) Bu qarorni amalga oshirishdagi birinchi qadam – o‘qish, o‘qiganda ham a’lo o‘qish edi. (O‘.H.)

D) Tabiatda hech qanday sirli kuch ta’sirida ro‘y beradigan narsa yo‘q. (J.Abd.)

12. Fazliddin kechagi saylovni zavqlanib gapirdi.

Fonetik hodisaga uchramagan yoki yasama boʻlmagan soʻz(lar) qanday sintaktik vazifa bajarmoqda?

A) ega B) hech qanday C) hol D) aniqlovchi

13.Qaysi fe`llarda tovushlari soni bir xil qo’shimchalar orqali ot va sifat yasash mumkin?

1)sanch… 2)o’t… 3)och… 4)tin… 5)o’s

A)1,2,3,4,5 B)1,3,4 C)2,4,5 D)2,3,4,5

14. Qaysi gapda so’z qoilash bilan bogiiq xato mavjud?

A) Suvga soda qo‘shib, chayib yuborishni unutmang

B) Jayron, nega ko’zing toia yosh

C) " Hammasida so’zlar to’g‘ri qoilangan

D) Jiyron tog‘dan tog‘ga o’tib, qayerga borishini bilmasdi

15. Har ikkala qismi ham to’g‘ri yozilgan birliklarni toping.

A) soliq solih B) uzuk uzik

C) undash undosh

D) hammasi to’g‘ri yozilgan

16. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o`zlikni anglash mumkin emas. Berilgan gapdagi so`z birikmalari soni va tobe bog`lanishlarning turi qaysi qatorda to`g`ri ko`rsatilgan? A) 3 ta: 2 ta boshqaruv va 1 ta bitishuv B) 5 ta: 2 ta boshqaruv va 3 ta bitishuv C) 4 ta: 2 ta boshqaruv, 1 ta bitishuv va 1 ta moslashuv D) 4 ta: 2 ta boshqaruv, 2 ta bitishuv

17.U yozuvchining so`nggi izlarini do`stlari bilan boshqa shaharlardan ham qidirgandi.Ushbu gapda tobe boglanishlar soni nechta va turi haqida to`g`ri tahlil qilingan javobni toping. A) 7 ta tobe bog`lanish; 2 ta bitishuv, 3 ta boshqaruv, 2 ta moslashuv

18. Quyida berilgan gaplardagi yasama soʻzlar sonini aniqlang.

O’z tilingizda fikrlashga, toza gapirishga, nutqingizni har xil yot unsurlardan saqlashga harakat qiling. Til mavsumiy libos emaski, ob-havoning o'zgarishiga qarab almashtirilsa.

A) 6 ta B) 7 ta C) 8 ta D) 5 ta

19. Qaysi gapda kompozitsion usul bilan yasalgan ot kompozitsion usul bilan yasalgan boshqa bir otga tobelangan?

A) Balandparvoz quruq gapirgan odamning gapi be᾽maza qovunga oʻxshaydi.

B) Majnuntolning barglari sargʻayib toʻkilmoqda.

C) Koʻz oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar toshlarni osmonga irgʻitib oʻynatayotgan polvonlar ketmasdi.

D) Boychechakning tovlanib turgan gulbarglari hammaning koʻnglidagi gina-adovatga barham berdi.

20. Qaysi gapda barcha sifatlar nisbiy sifatlar hisoblanadi?

A) Oʻymakor gullari bilinmaydigan darajada oʻchgan, qoʻsh tabaqali eski eshikka kiramiz.

B) Pochcham ellikdan oshgan, novcha, kasalmand, rangpar kishi edi.

C) Baqqol amaki oʻzi pakana-yu, lekin yuzi katta, peshonasi keng, iyagi kalta odam.

D) Oldimizda mevali va mevasiz daraxtlari koʻp boʻlgan oʻrmon yastanib yotar edi.

21. Qaysi javobda turkiy tillarning qipchoq guruhiga


kirmaydigan tillar qatori berilgan?
A) qoraqalpoq, boshqird, tojik
B) o‘zbek, uyg‘ur, ozarbayjon C) qirg‘iz, yoqut, qo‘miq
D) tatar, turkman, qozoq

22. Insoniyat tarixi hammamizga bog‘liq bo'lgan, o‘zligimizni ko‘rsatadigan, bizning olis shajaramizni, nasl-u nasabimizni, insoniy qadr-u qimmatimizni belgilaydigan muqaddas va mo‘tabar voqelikdir. Ushbu gapda ishtirok etgan yasama so'zlar haqidagi qaysi hukm noto‘g‘ri?



A) yasama so'zlar sifat, ot va fe’l turkumiga mansub

B) 1-o‘rinda tarkibida tovush o‘zgarishi yuz bergan yasama so‘z ishtirok etgan

C) barcha yasama so‘zlarning yasalish asosi ot turkumiga mansub

D) yasama so‘zning yasama so‘zga tobelanishi kuzatiladi

23.Shu yerda qolasan. Gap-shu! Birinchi gap ifoda maqsadiga ko’ra qanday gap sanaladi?

A)darak gap B)buyruq gap C)his-hayajonli gap D)his-hayajonsiz gap

24. Miqdor-daraja ravishi hol boʻlgan gapniginani belgilang.

A) Uy ichida odam ko‘p edi. (O‘.H.)

B) Sal o‘tmay Shirinoy daladan qaytib keldi. (O. Yo.)

C) Tevarakda gala-gala chumchuqlar to‘xtovsiz chirqillashadi. (O.)

D) Po‘latjon juda erta, hammadan oldin uyg‘ondi. (Oydin)

25.Dardim jim ichimga yutaymi endi,

Kechagi yoshligim ertakmi endi?

So'rsang sevinchimdan o'kinchim ko'proq,

Kechagi yoshligim ertakmi endi?...

She'riy parchadagi yasama so'zlar qaysi turkumlarga mansub?

A) sifat, ravish B) sifat, fe'l, ravish

C) ot, ravish, fe'l D) ot, sifat

26. Qaysi javobda kesimlar ham bo’lishli, ham bo’lishsiz shaklda kelgan?

A) Usmon Nosir ham mashhur siymolar kabi juda yoshligidan ko‘p ijobiy xislatlarga ega bo‘lgan edi.

B) Polvonning qo‘li kuch bilan o‘ziga tortar, ammo bir qarich ham oldiga siljitolmasdi.

C) Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-hunarli kishilar bilan

do‘st bo‘l.

D) Mehmonlar sut-qatig‘-u choy ichib, darhol o‘tirgan

joylariga uzandilar va aravada urinib kelganlari uchun

uzanar-uzanmas uyquga ketdilar.

27. shox, tovon, es, savdo, qon, in

Ushbu so’zlardan nechtasiga grammatik qo’shimcha qo’shilsa ham, shakldoshlik saqlanishi mumkin?

A) 3 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 4 ta

28. Sof modal so’z ishtirok etgan qaysi gapda uyushiq eganing ma’nosi ta’kidlangan?

A) Avvalo, xaloyiq va har tarafdan kelgan kishilar to‘da

bo‘lishib maslahat qildilar.

B) Xullas, qora kunga asrab qo‘ygan bug‘doyimiz ham,

jo‘xori ham ko‘p edi.

C) Haqiqatan ham, kun issig‘i yo‘lovchilarni holdan toydirdi.

D) Albatta, biz musobaqada yaxshi natijalarni qo‘lga

kiritamiz.

29. Qaysi qatordagi xatolik paronimlarni qo‘llash bilan bo‘g‘liq xatolik emas?

A) Qanday aytilishidan qat’i nazar bir xil yoziladi.

B) To‘nning adibini chiroyli qilib tikdi va onasiga ko‘rsatdi.

C) Ta’magir odamlar hayotda faqat o‘zini o‘ylab yashaydi.

D) Lahim go‘shtlarni ajratib oldi va rastaga terib sota

boshladi.



30.Qaysi turkumga mansub so’zlarni affiqsatsiya usuli orqali barcha mustaqil so’z turkumlarida hosil qilish mumkin?

A)ot, sifat, B)ot, sifat, ravish C) ot, sifat, ravish, olmosh D)ot, fe`l
Download 25,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish