O’quv qurollari
Adabiyot darslarini rejalashtirish o’quv qurollari masalasi bilan uzviy bog’lanadi.
Rejalashtirish bilan jihozlashning bir-biriga bog’liqligi. Pedagogik jarayonning hamma tomonlarini o’z ichiga olgan, eng yaxshi metod va usullarga asoslangan ajoyib bir reja tuzish mumkin. Lekin bu reja real bo’lmasa, maktab sharoitini hisobga olmay tuzilgan bo’lsa, bu rejaning unchalik ahamiyati bo’lmaydi.
Faraz qilaylik, kutubxonada hamma o’kuvchilarga etarli kitob yo’q, kitob o’quzchilarning uylarida ham yo’q. Asarni yolg’iz sinfda o’qishga to’g’ri keladi. Endi bir asar 3—4 soatda emas, 8—9 soatda o’tiladi. Sinfdan tashqari o’qish rejasi esa o’z ahamiyatini yo’qota boshlaydi. Ana shu axvolda tuzilgan reja ham real xarakterga ega bo’lmaydi. O’qituvchi real xarakterga ega bo’lgan reja tuzishi uchun qanday asarlarning adabiyotga kirganligini, qanday asarlarning ayrim nashr qilinganini, adabiyotning, ayrim nashr qilingan asarlarning sonini, o’quvchilarni zarur bo’lgan materiallar bilan ta’minlash imkoniyati boryo’qligini hisobga olishi lozim. Mana shu masalalar hal qilingandan so’ng, real xarakterga ega bo’lgan reja tuzish mumkin.
O’kuv qurollarining turlari. O’quvchilar uchun o’quv kurollari to’rt asosiy gruppaga bo’linadi:
1) Adabiy-badiiy matnlar. 2) Darsliklar. 3) Adabiy-tanqidiy va tarixiy-adabiy materiallar. 4) Ko’rgazmali qurollar.
Adabiy-badiiy matnlar. O’quvchilarning yoshi, bilim saviyasi umuman, maktab sharoitiga moslab yozilgan asarlar va to’plamlar uch xil bo’lishi mumkin: 1) Bolalar uchun alohida nashr etilgan asarlar. 2) To’plamlar. 3) Adabiyotlar.
Ayrim asarlardan olingan parchalar o’qish-o’qitish ishlarini yuksaltirish, yosh avlodga to’g’ri tarbiya berish, o’quvchilarning ma’lumotini oshirish, ularni kitobxonlikka o’rgatish uchun yordam beradi. Bunday o’quv qurollarida tushunilmagan so’zlarning lug’ati va boshqa izohlar beriladi, ba’zan esa yozuvchining ijodiga ham xarakteristika beriladi. Adabiy asarlarni bu xilda ayrim nashr qilish, shubhasiz, o’quvchilarga katta yordam beradi.
Agar maktab kutubxonasida adabiyot dasturiga kirgan asarlar ko’plab topilsa va ular o’quvchilarning qo’lida bo’lsa, bu asarlarni o’quvchilar mustaqil ravishda o’qiy boshlasalar, o’qish-o’qitish ishlari ancha muvaffaqiyatli o’tadi.
O’kuvchilar uchun alohida nashr qilingan adabiy asarlardan tashqari, ayrim to’plamlar ham zarur. O’zbek shoirlarining so’nggi yillarda nashr qilinayottan kichik to’plamlari o’quvchilar uchun ham munosibdir.
Adabiy materiallarning uchinchi xili bo’lgan maktab adabiyotlarida adabiy asarlar to’liq ravishda beriladi yoki o’quvchilarning yoshiga moslab turib shu asardan parchalar, yoki shu asar qisqartirilgan shaklda beriladi.
Adabiyot asarni tahlil etish uchun eng qulay qo’llanmadir. Adabiyotdagi bir asarni o’rgangan vaqtda ikkinchi bir asar bilan (o’qib o’tilgan asar bilan) taqqoslash mumkin, bu sohada adabiyot anchagina qulayliklar tug’diradi.
Adabiy matnlar bilan bir qatorda o’quvchilarga mustahkam va muntazam bilim berishda darsliklar ham muhim ahamiyatga egadir.
Tanqidiy va tarixiy-adabiy materiallar ko’llanmaning ikkinchi turidir. Maktabda tanqidiy materiallarni o’rganishda o’quvchilarga butun bir maqolani berib qo’ymay, balki maqolani ayrim bo’limlarga bo’lib berish yoki qisqartirib berish lozim. Ayni zamonda bu xildagi maqolalarni to’g’ridan-to’g’ri toshpiraverish ham yaramaydi. Avval boshlab shu maqola ustida o’quvchilarga tushuncha berish va o’quvchilarga maqolaning maqsadini va uning g’oyaviy yo’nalishini tushuntirish kerak.
Maktab kutubxonasida o’zbek mumtoz va o’zbek yozuvchilarining ijodiga bag’ishlangan monografiyalar va maqolalar to’plamlari o’quvchilar uchun etarli darajada bo’lishi kerak.
Adabiyotdan rasmlar (kartinalar), diapozitivlar va boshqalar ko’rgazmali qurollarning uchinchi xilidir. Bunday rasmlar turmush lavhalarini, yozuvchining ijodiy yo’lini yorqin aks ettirishi kerak. Yozuvchining hayoti va ijodiy faoliyatiga bag’ishlangan devoriy gazetalar ham asosiy rol o’ynaydi. Masalan, Navoiy, Pushkin, Gogollarning hayoti va ijodiga bag’ishlab chiqarilgan devoriy gazetalar shu xildagi ko’rgazmali qurollardandir.
Maktablarda magnitofon va diapozitivlarning bo’lishi zarur. O’kituvchi o’z ma’ruzalarida bu xildagi materiallardan foydalansa, dars jonli va qiziqarli o’tadi.
Maktab o’kuvchilar uchun ko’llanmalarga ega bo’lishi bilan birga, u erda o’qituvchilar uchun ham asosiy qo’llanmalar bo’lishi lozim. O’qituvchi hamma vaqt o’z ma’lumotini oshirib borishi, yangi-yangi bilimlarga ega bo’lishi lozim va u zamonamizning ilg’or metodik nazariyalari bilan, ilg’or metodik tajribalar bilan doimiy qurollangan bo’lishi lozim. Shuning uchun maktab o’qituvchilarni qo’llanmalar bilan ta’min etib turishi kerak. O’qituvchi o’z bilimini oshirish va uni takomillashtirish uchun adabiyot tarixi kursi, adabiyotshunoslik va adabiyot tarixi masalalari yuzasidan asosiy monografiyalar, tanqidiy maqolalar; metodik asarlar ustida ish olib borishi va shular bilan birga adabiyotga oid gazeta va jurnallar, metodik va pedagogik jurnallarni doimo mutolaa qilib borishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |