SUV - MUQADDAS NE'MAT
Suv- yerda eng ko'p tarqalgan suyuqlik hisoblanadi. U asosan sayyoramizrcing uch butun o'ndan ikki qismini egallagan. Dengiz va okeanlardan jamlangan. Ko'l va daryolar, Arktika va Antarktida muzlari ham suvdan iborat. Suv havoda bug' ko'rinishida ham bo'ladi. Hatto odam tanasining deyarli 2/3 qismi ham suvdan tashkil topgan.
Yer kurrasidagi umumiy suv miqdori o'zgarmaydi. Okean, dengiz, daryo va ko'l yuzidagi suvlar bug'lanib, bulutlar hosil bo'ladi. Ular esa yomg'ir yoki qor bo'lib yog'ib, yana yer va okeanlarga tushadi.
Yer yuzida aholi iste'mol qiladigan toza suv miqdori borgan sari kamayib bormoqda. Odamlar sanoat ehtiyojlari uchun mo'ljallangan suvdan ko'proq foydalanmoqdalar. Aksariyat hollarda korxonalar chiqindilari bilan suv ifloslanmoqda. Injenerlar suvni tozalashning turli usullarini topmoqdalar. Mamlakatimizda chiqindilar va oqava suvlarni suv havzalariga oqizish taqiqlangan. Har doim esingizda bo'lsin: suvni asrang, uni isrof qilmang.
(121 so'z. " Bolalar ensiklopediyasi"dan)
Y1L FASLLARI
Yer quyosh atrofini bir yilda bir marta aylanib chiqadi. Shu davrda u o'z sirtini Quyoshga har xil vaziyatda "tutib" beradi. Quyosh osmonda baland ko'tarilganda, uning nurlari Yerga to'g'ri tushib, uni kuchliroq qizdiradi va Yer yuzi issiq bo'ladi. Quyosh uncha baland ko'tarilmay, uning nurlari Yerga qiyalab tushganda, yerni paypaslab o'tib ketgandek bo'ladi va Yer yuzida sovuq turadi.
Qishdan keyin bahor, bahordan keyin yoz keladi. Yozning qoq o'rtasida - 22-iyunda yozgi Quyosh turishi yuz beradi. Endi yoz o'zining haqiqiy kuchini ko'rsatadi. Kunlar juda isiydi, bolalar suvdan chiqmay qolishadi. Biroq hademay kuz yaqinlashib, uning ba'zi alomatlari paydo bo'la boshlaydi. Kunlar qisqarib, tunlar uzayadi. Asta-sekin daraxtlarning bargi sarg'ayib to'kila boshlaydi. Hademay daraxtlar yap-yalang'och bo'lib shumshayib qoladi, tabiat qorni kuta boshlaydi. Shu tarzda fasllar almashina-almashina yil o'tadi. Azaldan bu jarayon takrorlangani- takrorlangan.
(129 so'z. "Bolalar ensikiopediyasi"dan)
BAHOR
Lola sayli juda gashtli bo'ldi. Quyosh tepamizga kelguncha, ikki quchoq - ikki quchoqdan lola terib qo'ydik. Sobirjonning sevinchi ichiga sig'masdi. Kasaldan yaqinda turgan bo'lsa ham, xuddi yosh boladek u yoqdan-bu yoqqa sakrab chopar, ko'm-ko'k maysalar ustiga dumalardi. Biz borgan joy haqiqatan ham go'zal edi. Bir tomoni tog', bir tomoni ko'm-ko'k dala. Olisda kumushdek tovlanib daryo oqmoqda. Lolazor esa, xuddi mohir to'quvchi qo'lida to'qilgan chorsi gilamga o'xshardi.
Yo'lga tushdik. Mashina isib ketdi. Dala joyda shunday bo'ladi. Sobirjonning peshonasini hatto ter qoplay boshladi. Oynani tushirdim. Gup etib muzdek havo yuzga urildi. Tez ketayotgan ekanman.
Kun og'a boshlagan edi. Qishloqqa kirdik. Ikki tomonimizdan bargak yozgan tollar lipillab o'ta boshladi. Peshayvonli sariq bino oldidan o'tayotganimizda bir bog'lam siren ko'targan kichkina qizcha bizga qo'l silkib qo'ydi. Tabiat bilan baravar ko'z ochasan. Go'zallikdan boshqa narsani ko'rmaysan. Mashina soy bo'yiga yaqinlashdi. Choyxona shu yerda edi.
(130 so'z. O'.Umarbekov)
Do'stlaringiz bilan baham: |