13-variant
1. Shuni unutmangki, kitob bolani ham aqlan, ham
ma’nan boyitadi, uni shaxs sifatida shakllantiradi, u
bolaning hayotdagi eng yaqin tarbiyachisi, do‘sti
sanaladi.
Ushbu gapdagi fe’l kesimlar haqida bildirilgan to‘g‘ri
fikrni toping.
A) Ushbu gapda qatnashgan fe’l kesimlarning
barchasi yasama so‘z bilan ifodalangan.
B) Ushbu gapda qatnashgan fe’l kesimlarning
barchasi bir xil nisbat ma’nosini ifodalagan.
C) Ushbu gapda qatnashgan fe’l kesimlar buyruq-
istak va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalangan.
D) Ushbu gapda qatnashgan fe’l kesimlar sodda va
murakkab fe’l kesimlar sanaladi.
2. Ergash gap tarkibidagi so‘z tovush o’zgarishiga
uchragan qo’shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Shu onda qattiq qarsak chalindi-yu, hamma
o‘rnidan turdi.
B) G'ulomjon shuni fahmladiki, bu joy qizlarning
yig'iladigan makoni ekan.
C) Samimiy aytilgan so‘z sodda bo‘ladi, chunki
dilning hukmronligi tildan ustun bo‘ladi.
D) Shaftoli shunchalik ko‘p hosil qiladiki, shoxlarini
o‘stira olmay sinib ketadi.
3. Komilaning boyagi taklifida zarracha tashqi
nazorat sezmagach, bormoqqa rozi bo‘ldi. Yasama
so‘zlar tarkibida til undoshlarining qaysi turi yo‘q?
A) til o‘rta, sayoz til orqa
B) til o‘rta, chuqur til orqa
C) til o‘rta
D) til undoshlarining barcha turi bor
4. Quyidagi qaysi hirliklar imloviy jihatdan noto’g’ri
yozilgan?
1) “Sharq” nashriyoti-matba konserni; 2) Jahon
tinchlik Kengashi; 3) Yozuvchilar uyushmasining
raisi; 4) Ko'kdumaloq kompressor stansiyasi.
A) 1, 3
В) 1, 2, 4
C) 4
D) 1, 2
5. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra bir guruhga
mansub undoshlardan tashkil topgan so‘zni toping.
A) filologiya
B) qarindosh-urug‘
C) tortiq
D) baland
6. Quyida keltirilgan gapda ma’no ko'chishining qaysi
turi qo'llangan?
Rost aytasiz, Maxsum aka, men axir maktabda
ishlayman, boshlang'ich sinflar uchun «G‘uncha»
yaxshi.
A) metafora
B) sinekdoxa
C) metonimiya
D) vazifadoshlik
7. Yaxshi bo‘lgin, hatto dushmaning oson
Seni deyolmasin yaramas, yomon.
Tanburning ovozi soz chiqib tursa,
Qulog‘in buramas sozchi hech qachon.
She’riy parchada sonor bilan tugaydigan yopiq
bo‘g‘inlar soni nechta?
A) 11 tа
B) 12 ta
C) 13 ta
D) 14 ta
8. Tarkibida tor va keng lablanmagan unli
qatnashgan so’zni aniqlang.
A) ko’rik
B) bilak
C) okean
D) ko‘krak
9. Quyida keltirilgan qaysi parchada gap bo‘laklari
bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan bo'lakning
fonetik o‘zgarishga uchrashi kuzatiladi?
A) Mustaqillik! Asrayman seni kerak bo‘lsa, hayotim
bilan. Ulug‘lagum vasfing toabad sher-u g‘azal,
bayotim bilan!
B) Ey mungli xotin, sen kimsan! Ey g‘amli ona,
nechuk mungdan ayrilmaysan?
C) Tarixingdir ming asrlar Ichra pinhon, o‘zbegim.
D) Yurtim, Turonim, sendan ayrilmoq - mening
o‘limim. Sening uchun o‘lmoq mening tirikligimdur.
10. Kishi moliga suq podsholarni ko‘p ko‘rgan
Binoiy o‘n olti yoshli Boburning bunchalik
halolligidan juda qattiq ta’sirlandi. Ushbu gapda
nechta so‘z birikmalari zanjiri mavjud?
A) 1 ta
B) 2 ta
C) 3 ta
D) 4 ta
11. Berilgan qaysi raqam(lar) dagi so'zlar urg'uning
o'rniga ko‘ra o'zaro sinonimlik hosil qila olmaydi?
1) yangi, hozir; 2) yangi, hozir; 3) yangi, hozir; 4)
yangi. hozir.
A) 1, 3, 4
B) 2
C) 1, 2
D) 2, 3, 4
12. Qaysi qatordagi yasama otlarda hosil bo‘lish
usuliga ko‘ra bir guruhga kiruvchi undoshlar ishtirok
etgan?
A) tepki, qamoq, tiqin
B) tinch, yo‘lla, zargar
C) donolik, tiqin, kitobxon
D) qalamdon, yoshlik, qadrdon
13. Baxtli qiladigan ham shu, baxtsiz qiladigan ham
shu. Yuqoridagi keltirilgan gapdagi til oldi jarangsiz
undoshlar sonini aniqlang.
A) 15 ta
B) 21 ta
C) 5 ta
D) 11 ta
14. Quyidagi qaysi gap tarkibida ikkita fonetik hodisa
yuz bergan?
A) Birovning narsasini so‘roqsiz olish gunohdir.
B) Dam olish kuni bog‘ga ko'chat ekkani bordik.
C) O‘zbekiston - Vatanim mening.
D) Fevral oyiga kelib, sovuqning shashti biroz
pasaydi.
15. 1) Dam oladi kunduzi, xonadonning yulduzi. 2)
Oyna emas jimirlar, tek turmasdan qimirlar. 3) Bir
parcha patir, olamga tatir. 4) Kulib turar misoli oftob,
Hamrohidir chang, tor va rubob. 5) Qizdirsang ishlar,
kiyim tekislar.
Berilgan topishmoqlarning qaysi birida yopiq
bo‘g‘inlar faqat jarangli undosh bilan tugagan?
A) 1,3
B) 3,5
C) 1,2,4
D) 1,2,5
16. Fe’l yasovchi va sifat yasovchi qo'shimchalar
ta’sirida ham asosda, ham qo'shimchada tovush
o‘zgarishi ro‘y bergan so‘z ishtirok etgan gapni
aniqlang.
A) Qizcha dumaloq sharchani qo‘lida mahkam ushlab
turardi.
B) Qiynoqlarga tashlading meni.
C) Inson o‘z umrining hisobli ekanligini hamisha
kech anglaydi.
D) Radiodan o‘ynoqi musiqa yangradi.
17. To‘rt tomoni ...ujralar bilan o‘ralgan sa..n
o‘rtasidagi sadag‘ayrag‘och sho..larida chumchuqlar
chirqillaydi, allaqayoqlardan qaldirg'ochlar otilib
kelib, ..ovli ichiga kirib ketadi. Ushbu gapda nechta
so‘zda ko‘p nuqtalar o'rniga chuqur til orqa,
sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh qo'yilishi lozim?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
18. Berilgan qaysi so‘zlar tarkibida ikkita qo‘shimcha
mavjud?
1) o‘chirg‘ich; 2) o'lchagich; 3) sarg‘aytirmoq; 4)
tirikchilik; 5) gapirmaslik; 6) shodlanmoq; 7)
tasdiqlanmoq.
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 5, 6
C) 1, 2, 4, 5
D) 3, 6, 7
19. Tartib son modal ma’noni ifodalab kelgan javobni
toping.
A) Men to’garakka birinchi yozilaman.
B) Bolalarning ikkitasidan so‘rashdi, uchinchisining
esa hech narsadan xabari yo‘q.
C) Xonalarning ikkinchisida domlamiz o‘tirar edi.
D) Usmonjon Umirov, birinchidan, juda yosh xodim.
20. Tong otar chog'ida juda sog'inib,
Bedil o‘qir edim, chiqdi oftob. (G‘. G‘ulom)
Ushbu parchadagi tagiga chizilgan so‘zda ma’no
ko‘chishining qaysi turi mavjud?
A) metafora
B) metonimiya
C) vazifadoshlik
D) sinekdoxa
21. Rasul Hamzatov she’rlarining birida nimani
«Jonimga Masihdir» deb e’zozlaydi?
A) ona tilini B) ona tuprog'ini
C) she’riyatni D) muhabbatni
22. Navoiy «Xamsa»sining qaysi dostoniga Sa’d
haqidagi hikoyat kiritilgan?
A) «Farhod va Shirin»
B) «Sab’ayi sayyor»
C) «Saddi Iskandariy»
D) «Hayrat ul-abror»
23. «Haqiqiy kun qachon keladi?» asari muallifi kim?
A) V.I. Krishon
B) N.A. Dobrolyubov
C) M. Yusuf
D) A.S. Pushkin
24. Qaysi ijodkorlarning asarlarida “Ip esholmaydi”
iborasi keltirilgan?
A) H.K.Andersen “Bulbul” va X. To‘xtaboyev «Sariq
devni minib»
B) X. To‘xtaboyev «Sariq devni minib» va S. Ahmad
«Qoplon»
C) Tohir Malik «Shaytanat» va X. Sultonov «Yo,
Jamshid»
D) N. Dumbadze «Hellados» va Cho‘lpon «Kecha va
kunduz»
25. Quyidagi misralar muallifi kim, she’rning vaznini
aniqlang.
Alisherga alia aytib uxlatgan Sen - ona.
Og'ushida Bobur kamolga yetgan Sen - ona.
A) A. Muxtor; qo‘shma vazn
B) E. Vohidov; murakkab vazn
C) Mirtemir; qo‘shma vazn
D) A. Oripov; sodda vazn
26. Quyidagi ta’rif qaysi ijodkor haqida? «Bolaligida
qo‘g‘irchoq yasovchi usta yoki rassom bo‘lishni va
boshqa qiziqarli kasblarni egallashni orzu qilgan,
lekin kambag‘allik tufayli hech orzu qilmagani –
diniy maktabga o‘qishga kirishga majbur bo‘ladi».
A) Janni Rodari
B) Hans Kristian Andersen
C) Nodar Dumbadze
D) Antuan de Sent Ekzuperi
27. Qaysi javobda Nodar Dumbadzening qissalari
to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
1) «Qishloq bolalari»; 2) «Oq bayroqlar»; 3) «Quyosh
kechasi»; 4) «Men, buvim, Iliko va Illarion»; 5)
“Quyoshni ko’ryapman”; 6) “Abadiyat qonuni”; 7)
“Kukaracha”
A) 4,7
B) 2, 4, 7
C) 1, 3, 4, 6, 7
D) 2, 4, 7
28. Agar sen bo'lmasang guldek chamanda,
Kishi netkay o'shal baytul hazanda.
Ushbu baytda tagiga chizilgan so‘z mumtoz
adabiyotda qanday ma’no anglatadi?
A) g‘am uyi B) olimlar uyi
C) ishq uyi
D) sabr uyi
29. Haynrix Hayne qaysi asarida tepsa-tebranmas,
yurt ravnaqi uchun biror narsa qilishga
qodir bo‘lmagan kimsalarni majoziy yo‘l bilan tanqid
qilgan?
A) «Atta Troll»
B) «Yo‘l lavhalari»
C) «Qullar kemasi»
D) «Germaniya. Qish ertagi»
30. Tariqatga kirgan odam tasavvufda qanday ataladi?
A) pir, so‘fiy
B) darvesh, murid, pir
C) solik, darvesh
D) pir, murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |