Ona tili va adabiyot o‘quv – uslubiy majmua samarqand – 2019 Qayta tayyorlov kursi yo‘nalishi



Download 2,64 Mb.
bet51/202
Sana26.02.2022
Hajmi2,64 Mb.
#470417
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   202
Bog'liq
Ona tili va Adabiyot. O`quv uslubiy majmua

Grammatik shakl. Grammatik ma'nolar, odatda, tilning turli vazifalari orqali ifodalanadi. Bu vazifalar grammatik shakl deyiladi. Grammatik shakl grammatik ma'noni ifodalashning eng zaruriy elementidir, tilda ular biri ikkinchisidan ajralgan holda mavjud bo`lmaydi. Masalan, egalik affikslari uch shaxsni, ayni vaqtda, birlik va ko`plikdagi shaxslarni bildiradi. Natijada, egalik ma'nosining uch shaxsga, birlik hamda ko`plik songa ko`ra ifoda shakllarining bir butun sistemasi yuzaga keladi: kitobi, kitoblari, kitobingiz kabi.
Grammatik shakl so`zning u yoki bu grammatik vosita olib o`zgarishidir. So`zning turli grammatik shakllar olishi so`z o`zgarishi deyiladi. So`z o`zgarishi leksik ma'no bilan kategorial grammatik ma'nolar birligiga asoslanadi.
So`zning grammatik shakllari sistemasi paradigma (yunoncha paradigma - namuna) deyiladi. So`zning grammatik shakllari sistemasi esa morfologiyaning paradigmatika qismida o`rganiladi. Paradigma o`z xususiyatiga qarab ikkiga bo`linadi: a) xususiy paradigma b) to`liq (umumiy) paradigma.
Bir turkumga tegishli so`zlarning muayyan shakllari sistemasi xususiy paradigmani hosil qiladi. Shu turkumga xos xususiy paradigmalar yig`indisi esa to`liq (umumiy) paradigmani tashkil qiladi. Masalan, otning son, kelishik va egalik affikslari bilan o`zgarishi kabi sistemalar birgalikda to`liq paradigmani tashkil qilsa, grammatik son shakllari, kelishik shakllari hamda egalik shakllarining har qaysisi xususiy paradigmaga teng bo`ladi. Fe'lning to`liq paradigmasi uning o`zgarishi bilan bog`liq barcha shakllari yig`indisidan iborat bo`lsa, shaxs-son yoki zamon shakllarida o`zgarish sistemalari alohida-alohida xususiy paradigmalarni hosil qiladi. Xususiy paradigmalar har bir turkumning o`ziga xos bo`ladi yoki turkumlararo umumiy bo`ladi. Masalan, nisbat shakllari yasalishi faqat fe'l turkumining o`ziga xos xususiy paradigma: kelishik, egalik va grammatik son shakllari otlar uchun va ot olmoshlar uchun (men, sen, u, biz, kim, hech kim kabi) uchun umumiy.
Grammatik kategoriyaga munosabati ya'ni paradigma hosil qilish yoki qilmasligi jihatdan so`z shakllari ikki turga bo`linadi: 1. Kategorial shakllar. 2. Nokategorial shakllar.
Kategorial shakllar ma'lum bir turkumga xos grammatik shakllar sistemasiga birlashuvchi, demak, grammatik kategoriya hosil qiluvchi shakllardir: otlardagi grammatik son, egalik va kelishik shakllari, fe'llardagi zamon, shaxs-son shakllari kabi.
Nokategorial shakllar ham ma'lum bir grammatik ma'noni anglatadi, ammo ular o`zaro bir sistemaga birlashmaydi. Ma'lum darajada mustaqillikka ega bo`ladi. Otlardagi kichraytirish va erkalash, sifatlardagi belgining ortiq-kamligi kabilar nokategorial shakllarga kiradi.
So`zning grammatik shakllari tuzilish jihatidan ikki xil bo`ladi: sintetik shakl, analitik shakl.
Sintetik shakl so`zga affiks qo`shish bilan hosil bo`ladi. Masalan, Universitetda Karimni ko`rdim. Daraxtda qushlarni ko`rdim.
Analitik shaklda esa grammatik ma'no yordamchi so`z orqali ifodalanadi. Darsga taksi bilan keldim. Sen uchun tanbeh oldim. Sel shiddat bilan oqardi.
Ma'lum bir paradigmaga xos shakllar sistemasida so`zning maxsus so`z o`zgartiruvchi affiks olmagan shakli ham uning alohida grammatik shakli sanaladi. Chunki bunday affikssiz shakl ham ma'lum grammatik ma'no ifodalaydi, shu so`zning boshqa so`zlar bilan grammatik munosabatini ko`rsatishga xizmat ham qiladi: Odam - odamlar, paxta - paxtadan, paxtaga, paxtani kabi. Paradigma tarkibidagi affikssiz shaklga nol ko`rsatkichli shakl deyiladi.
So`zlardagi sintetik va analitik shakllardan tashqari, ma'lum grammatik ma'noni ifodalash uchun so`zlarning juft va takroriy shakllari ham qo`llaniladi. Odatda, ikki so`zning juftlanishi natijasida yangi leksik ma'noli so`z yasalmaydi, balki juftlik hosil etgan so`zlar o`z ma'nosini saqlagani holda ko`plik, jamlash, umumlashtirish, miqdor, takror, kuchaytirish kabi qo`shimcha ma'nolarni anglatadi. Masalan, ota-ona, qalam-daftar kabi. Shuning uchun juft shakllar so`z yasalish sistemasiga kirmaydi. Ular tilda ma'no va uslubiy jihatdan turlicha ottenkalarni, shuningdek, ayrim grammatik ma'nolarni ifodalashga xizmat qiladi. Yangi leksik ma'no anglatgan juft shakl qismlari o`zining dastlabki leksik ma'nosidan uzoqlashgan bo`ladi: issiq-sovuq, ko`z-quloq kabi.
Juft shakl hosil qiluvchi so`zlar semantik jihatdan quyidagicha ma'no munosabatida bo`ladi: a) ma'no jihatdan bir-biriga yaqin so`zlar: arpa-bug`doy, olma-o`rik kabi; b) sinonimik munosabatda bo`lgan so`zlar: orzu-istak, kuch-quvvat, o`y-xayol kabi; antonimik munosabatda bo`lgan so`zlar: kun-tun, katta-kichik, uzoq-yaqin, oq-qora, yosh-qari kabi; g) butun va bo`lak ma'nosini bildirgan so`zlar: gap-so`z, oy-kun, tog`-tosh, vaqt-soat kabi.
Juft shakl qismlari ma'no jihatidan quyidagilar bilan xarakterlanadi:
1. Har ikki qism mustaqil ma'noga ega bo`ladi: opa-singil, asta-sekin, bordi-keldi, yaxshi-yomon kabi.
2. Bir qismi mustaqil ma'noga ega bo`ladi. Bu xil juft shakllar quyidagi ko`rinishlarga ega: a) har ikki komponent ham mustaqil ma'noli so`z bo`lib, tarixiy taraqqiyot jarayonida uning bir qismi o`z leksik ma'nosini yo`qotadi va juft shaklning tarkibiy qismiga aylanib qoladi: ko`cha-kuy, qari-qartang, temir-tersak kabi; b) faqat birinchi komponenti mustaqil ma'noga ega bo`lib, uning fonetik o`zgarishi natijasida ikkinchi komponent yuzaga keladi: chala-chulpa, dog`-dug`, mayda-chuyda kabi.
3. Har ikki qismi ham mustaqil ma'noga ega bo`lmaydi: alg`ov-dalg`ov, adi-badi, ikir-chikir, apoq-chapoq kabi.
Takroriy shakllar bir xil shakldagi so`zlarning takrorlanishidan hosil bo`ladi. Ular so`z yasalish hodisasiga kirmaydi, chunki asosiy ko`pchiligi yangi leksik ma'no bildirmaydi, faqat ko`plik, ma'noni kuchaytirish, takror, davom kabi qo`shimcha ma'no ottenkalarini anglatadi. Takroriy shakl, asosan, davomiylik, ko`plik, ma'noni kuchaytirish, ekspressivlik, takror kabilarni anglatadi. Masalan, Ehe, bu boshdan qancha-qancha voqealar o`tmadi! Ba'zan takroriy shakllarda qisman yangi leksik ma'no anglatish holatlarini ham ko`rish mumkin, bunda u o`zining asl leksik ma'nosidan uzoqlashgan bo`ladi: ot-ot (o`yin), ko`z-ko`z (ko`z-ko`z qilmoq) kabi.
Ayrim taqlidiy so`zlarning takrori ma'lum narsa, belgi kabilarning o`zini anglatishi mumkin: chak-chak, chaq-chaq, paq-paq. Bir so`z holiga kelgan bunday birliklar takroriylik xususiyatini yo`qotgan bo`ladi.
Takroriy shakllar to`la va qisqa takror asosida hosil bo`ladi: yapaloq-yapaloq, yap-yapaloq, qora-qora, qop-qora, qip-qizil kabi.
O`zaro bir-biriga zid qo`yilgan va qiyosan olingan grammatik ma'nolar sistemasi va ularga xos ifoda vositalari - grammatik shakllar sistemasi grammatik kategoriya deyiladi. Grammatik kategoriyalarda tilning o`ziga xos xususiyati ochiq namoyon bo`ladi. Masalan, rus tili, shu jumladan, ayrim g`arbiy Yevropa tillari uchun xos grammatik jins kategoriyasi turkiy tillarda, shu jumladan, o`zbek tilida yo`q. O`zbek tilida ulardan farqli ravishda sifat otlar kabi turlanmaydi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, grammatik ma'no ifodalashning turli vositalari mavjud bo`lib, fonetik, leksik, morfologik va sintaktik vosita shular jumlasidandir. Demak, grammatik ma'noni faqat so`z yoki so`zshaklga nisbat berish ma'qul emas. Nutqni shakllantiruvchi barcha lisoniy birliklar grammatik ahamiyat kasb etishi mumkin.

Download 2,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish