Ma’ruza mashg`ulotning texnologik kartasi
Dars bosqichlari va vaqti
|
O'qituvchi
|
Talaba
|
1-boqich
Kirish
(5 daqiqa)
|
Aleksandr Sergeyevich Pushkin yaratgan ertak-dostonlarda ilgari surilgan g‘oyalar, uning asarlarining o‘ziga xos xususiyatlari.
|
1.Eshitadi, yozadi, javob beradi.
|
2-bosqich
Asosiy bosqich
(70 daqiqa)
|
1. Mavzu haqida tushuncha beriladi. (1-ilova)
2. Mavzu yuzasidan misollar keltirib izohlanadi. (2-ilova)
3.Aqliy hujum asosida ma’ruzada o’rganillgan nazariy bilimlarini savol – javob orqali aniqlaydi. (3-ilova)
|
1. Eshitadi, yozadi,
2.Eshitadi, yozadi, javob beradi, bajaradi
3. Savollarga javob beradi.
|
4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa
|
1.Tinglovchilarni rag’batlantirish, baholarni e'lon qilish, uyga vazifa berish, mashg’ulotga yakun yasash.
2. Adabiyotlar ro`yhatini beradi
|
1.Eshitadi, yozadi, bilib oladi.
2. Eshitadi yozib oladi.
|
Tayanch so’z va iboralar: Jahon bolalar adabiyoti, Pushkin, aka-uka Grimmlar, Hans Kristian Andersen hayoti va ijodi
Mamlakatimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo’lagi bo’lgan bolalar adabiyotining rivojlanishi, har tomonlama boyib borishida tarjima asarlarning o’rni, ahamiyati kattta. Negaki, tarjaima asarlarni o’qigan har bir yosh kitobxonnning dunyo haqidagi fikri, tasavvuri boyib, o’sha xalqning yashash sharoitlari, urf-odatlari, mehnatlari, orzu-intilishlari bilan oshno bo’ladilar.
Asrlar osha xuddi ertak kabi eldan elga, tildan tilga o’tib, dillarni yashnatib yurgan “Qizil Shapkacha”(Sh.Perro)”, Robinzon Kruzo”(D.Defo), “Gulliverning sayohatlari” (J.Svift), “Dyumchaxon”(X.Andersen), “Oltin baliq” (A.S.Pushkin), “Tom Soyerning boshidan kechirganlari”, “SHaxzoda va gado” (M.Tven), “Kapitan Grand bolalari”, “Ostin-ustin” (S.J. Vern),”Don Kixot”(J. Servantes) kabi asarlar yosh qalblarning olamga nisbatan qiziqishlarini jo’sh urdirib yuboradi.
XX asrda bunyod etilgan “Maugli”(R.Kipling), “Kichkina shahzoda”(A. De Sent-Ekzyuperi), “Katta va kichik Karlson” (A. Lindren), “Toshkent-non shahri” (A.Neverov), “Vinni Pux” (A. Miln), “Axmoq sichqoncha haqida ertak” (S.Marshak), “Uch baqaloq” (Yu. Olesha), “Quvnoq japbaqlar” (B.Kerboboev), “Doktor Aybolit” (K.CHukovskiy), “Timur va uning komandasi” (A. Gaydar), “CHippolinoning sarguzashtlari” (J. Rodari), “Styopa amaki” (S. Mixalkov), “Kim bo’lsam ekan?” (V. Mayakovskiy), ”Bilmasvoy quyosh shahrida” (N.Nosov) singari olam kezib yurgan asarlar o’zbek kitobxon bolalarida katta taassurot qoldirmoqda.
Yuqorida tilga olingan asarlar yosh kitobxonni nimagadir o’rgatadi, nimagadir da’vat etadi. Bu asarlarning ko’pchiligi ona- Vatanga muhabbat, uning ozodligi va baxti uchun jon fido qilish (“Uch baqoloq”) noshukur bo’lmaslik, ota-ona pand-nasihatiga quloq solish (“Ahmoq sichqoncha haqida ertak”), tabiatga buyuk mehr (“Maugli”), tabiatni asrash, hayvonot olamini sevish (“Doktor Aybolit”), odamlar xizmatini bajarish, beminnat yordam ko’rsatish (“Temur va uning komandasi”), o’ziga pishiq-puxta bo’lish, ichki sirlarini o’zgalarga oshkor qilmaslik (“Qizil SHapkacha”),namunali o’qish, kasb-hunar egasi bo’lish (“Kim bo’lsam ekan?”), sergak, tadbirkor bo’lish hamda quvnoqlikka intilish (“Quvnoq japbaqlar”) dek oliyjanob g’oyalarning yotishi bolalarning tarjima asarlarga nisbatan bo’lgan qiziqish va ishtiyoqlarini o’stiradi.
Bir misol. Italiyaning butun jahon bolalari taniydigan J. Rodari (1920-1980) degan yozuvchisi bor. Uning “CHippolinoning sarguzashtlari” degan ajoyib asarini bolalar huzur qilib o’qiydilar, qarang, CHipporlino CHipoloning o’g’li edi. Uning yettita akalari ham bor edi. M. CHipollotto,CHipollochcho, CHipolluchcha va boshqa piyoz xonadonining CHipolotto o’g’illari shular jumlasiga kiradi. Ayonki, qaerda piyoz bo’lsa, o’sha yerda ko’zlarda nam bo’ladi. CHippolinolar uncha keng bo’lmagan bir yashikning ustidagi joyda istiqomat qilar edilar. Mabodo, bularning uylarining oldidan olifta zadogonlar o’tib qoladigan bo’lsalar, darhol dastro’mollari bilan burunlarini berkitib, ko’zlaridan yosh oqizib o’tib ketar edilar. Negaki, ular piyozning achchiq hidiga chiday olmas edilar-da!
Ana shunday quvnoq kuychi J. Rodarining “Hunarpning hidi qanaqa?” degan bir she’ri bog’chalarimiz dasturidan uzoq yillardan beri joy olib keladi. SHe’r quvnoq misralar asosiga qurilgan. Har qanday o’quvchini bir o’qishda, tinglashda o’ziga rom etib oladi. Boshda kitobxon: “Iya, hunarning ham hidi bo’ladimi?”- deydi. Lekin she’rni o’qigach, tinglagach Rodariga ishonadi, qoyil qoladi, xulosa chiqaradi. Keling, eng yaxshisi “Hunarning hidi qanaqa?”ni hammamiz yana bir bor qayta boshdan o’qib qo’ya qolaylik:
Har hunarning o’zicha Qandolatchidan esa
Bordir hidi-belgisi. Mag’zining hidi kelar.
Novvoyxonadan kelar Doktorning xalatidan
Xamirtirushning isi. Anqir xushbo’y dorilar.
Ustaxona yonidan Omoch ortidan asta
O’tib qolsangchi agar,- Dalada yurar dehqon.
Yangi taxta, payraxa Tuproq va o’tloq hidi
Hidi dimoqqa tegar. Bo’lar unda har qachon.
Bo’yoqchida bo’yoqning Baliqchining egnida
Hidi bo’ladi har xil. Dengiz hidi chiqqanday
Oyna quchog’idan ham Faqat bekorchilikning
Zamaska hidi anqir Hidi bo’lmas hech qanday
Shoferning kurtkasida Ishyoqmas boy qanchalik-
Benzin hidi bor doim. Atir sepsin, behuda!
Ishchining kiyimidan Bolalar!Uning hidi
Kelar mashina moyi. Qo’lansa bo’lar juda!
Bunday asarlarni yosh kitobxon qancha ko’p o’qisa, shuncha ko’p ma’naviy ozuqa oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |