Ona tili va adabiyot o‘quv – uslubiy majmua samarqand – 2019 Qayta tayyorlov kursi yo‘nalishi



Download 2,64 Mb.
bet19/202
Sana26.02.2022
Hajmi2,64 Mb.
#470417
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   202
Bog'liq
Ona tili va Adabiyot. O`quv uslubiy majmua

Unli fonemalar paradigmasi. Tilning ko‘tarilish darajasi (yuqori, o‘rta, quyi) va lablanish-lablanmaslik – kuchli pozitsiyadagi unli fonemalarning asosiy, sistema hosil qiluvchi belgisi. Unlilarning til gorizontal holatiga ko‘ra (old qator, o‘rta qator va orqa qator) bellgilari asosiy hisoblanmaydi. Chunki bu belgilar ularga nutqiy yondosh tovush ta’sirida o‘zgarib turadi. Masalan, q undoshi bilan qo‘shnichilik munosabatida a unlisi til orqalik xossasiga ega bo‘lsa, k undoshi qurshovida o‘z holatini saqlaydi.
Unli fonemalarning asosiy belgilariga ko‘ra tasnifi quyidagicha (15-jadval):
15-jadval

Unli fonemalar

Asosiy belgilari




Tilning ko‘tarilish darajasi

Lablanish belgisi bor-yo‘qligi




Yuqori

O‘rta

quyi

Lablangan

Lablanmagan

I

+










+

U

+







+




O‘




+




+




O







+

+




E




+







+

A







+




+

Jadvaldan ko‘rinadiki, tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra unli fonemalar uch pog‘onali, lablanish belgisiga ko‘ra ikki pog‘onali sistemani hosil qiladi.
Unli fonema yaxlit tizimni tashkil etib, bu tizim ham o‘z navbatida tizimchalarga bo‘linadi. i va u fonemalari «yuqori tor» belgisi ostida birlashib, bunday belgiga ega bo‘lmagan fonemalardan ajraladi. Biroq i va u kichik paradigmasi a’zolari farqlovchi belgilari (i – lablanmaganlik va u – lablanganlik belgilari) asosida o‘z mustaqilliklarini saqlab qoladi va ziddiyatda turadi. e – o‘ tizimchasi «o‘rta keng» belgisiga ko‘ra i – u tizimchasidan ham, e o tizimchasidan ham farqlanadi.
Demak, unli fonemaning har biri ikki belgidan iborat:
i – yuqori, lablanmagan
u – yuqori, lablangan
e – o‘rta, lablanmagan
o‘ – o‘rta, lablangan
a – quyi, lablanmagan
o – quyi, lablangan.
Tilning ko‘tarilish darajasi birlashtiruvchi belgi bo‘lganda (masalan, i, u unlilari «torlik» belgisi ostida birlashadi) lablanganlik-lablanmaganlik farqlovchi belgi sanaladi: i – lablanmagan, u – lablangan. «Lablanganlik» birlashtiruvchi belgi bo‘lganda, tilning ko‘tarilish darajasi farqlovchi belgi sanaladi. Masalan, i, e, a unlilari «lablanmaganlik» umumiy birlashtiruvchi belgisiga ega, biroq «yuqori» (i), «o‘rta» (e), «quyi» (a) lik belgilari bu fonemalarning farqlovchi belgilari sanaladi.
Ma’lum bo‘ladiki, o‘zbek tilida unli fonemalar bir belgi asosida uch (tor, o‘rta, keng) va ikki a’zoli ziddiyatni (lablangan, lablanmagan), ikki belgi («tilning ko‘tarilish darajasi» va «lablanganlik-lablanmaganlik») asosida olti a’zoli ziddiyatni hosil qiladi.

Download 2,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish