Dars tahlili va unga qo‘yiladigan talablar
Har qanday o‘qituvchi g‘aoliyatida boshqa o‘qituvchilarning darslarini kuzatish va tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Kasb egasi o‘zining kasbiy mahorati darajasini aniqlash uchun o‘zini boshqa hamkasbi bilan qiyoslashga muhtoj. O‘zgalar darsini kuzatish, uning yutuq va kamchiliklarini aniqlashva tahlil qilish ona tili va adabiyot o‘qituvchisi uchun shartdir. O‘z navbatida, boshqa o‘qituvchi tomonidan o‘tkaziladigan mashg‘ulotni kuzatish oldiga ham muayyan talablar qo‘yiladi. Avvalo, o‘qituvchi darsni nima uchun kuzatayotganligini bilishi, ya’ni kuzatishdan maqsadini aniqlab olishi kerak. O‘zga o‘qituvchining darsini kuzatish hamisha ikki tomonlama jarayon bo‘ladi. Kuzatuvchi ham o‘rganishi, ham imkoniyati darajasida maslahat berishi, taklig‘lar kiritishi, ya’ni o‘rgatishi lozim.
Adabiyot o‘qituvchilari darsi kuzatilganda bu mashg‘ulotlarning ijod ekaniligi, har bir chinakam adabiyotchi ijodkor ekanligini hisobga olish shart. Adabiyot darslariga etalonlar, qoliplar talabi bilan aslo yondashib bo‘lmaydi. Eng mahoratli adabiyotchining dars o‘tish usuli ham boshqa adabiyotchi uchun etalon bo‘lishi mumkin emas, aksincha g‘aqat namuna bo‘lishi mumkin.
Darsni kuzatish, ayniqsa, tahlil qilish ehtiyotkorlikni, boshqa o‘qituvchiga bo‘lgan hurmat va ehtiromni taqozo etadi. Kuzatuvchi muloyim, kasbdoshining g‘ikri va qarashlarini tinglay oladigan va ularni hisobga ola biladigan bo‘lishi kerak.
Dars kuzatmoqchi bo‘lgan o‘qituvchi, avvalo, kuzatilishi kerak bo‘lgan dars oldiga qo‘yilgan maqsadlar hamda darsning tipini aniqlab olib, so‘ng darsga kirishi lozim. Darsning maqsadlari aniq bo‘lgach, u darsning u yoki bu komponentlari qanday uyushtirilganligi, samaradorligi darajasi haqida g‘ikr bildirish mumkin. Dars o‘tayotgan o‘qituvchining har bir harakati dars maqsadlariga erishishda tutgan o‘rniga qarab baholanadi. Kuzatuvchi darsning tashkil etilishiga, o‘quvchilar diqqatini darsga qay darajada jalb etilishiga, sing‘dagi qulayliklarga, o‘quvchilarning darsga tayyorgarligiga, ko‘rsatmali qurol va texnik vositalaridan unumli g‘oydalanishiga, mashg‘ulot qurilishi va vaqtdan g‘oydalanish samaradorligiga, dars mazmuniga, g‘oydalanilgan metod va priyomlarning maqsadga muvog‘iqligiga, o‘quvchilar va o‘qituvchi orasida pedagogik hamkolrlik mavjudligiga, o‘quvchilarda ma’naviy sig‘atlarning shakllantirilish holatiga, sing‘da hukmron bo‘lgan ruhiy iqlimga, o‘qituvchining tashqi ko‘rinishiga e’tibor qaratishi lozim.
Mavjud metodik adabiyotlarda dars tahlili 4 turga bo‘linadi:
ilmiy tahlil;
metodik tahlil;
didaktik tahlil;
umumpedagogik tahlil.
Ilmiy tahlilda kuzatuvchi o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga etkazilayotgan ma’lumotlarning ilmiy-nazariy jihatdan asosli ekaniga, o‘quvchilar javobidagi mantiqiylik, ilmiy manbalarga tayanganlik holatining darajasiga e’tibor beriladi.
Metodik tahlilda kuzatuvchi kuzatilgan darsda o‘qituvchi qo‘llagan metod va priyomlarning qanchalik samaradorligi masalasi nuqtai nazaridan darsga baho beradi.
171
Didaktik tahlilda kuzatuvchi o‘qituvchi tomonidan ta’lim
printsiplariga qay darajada amal qilinganiga e’tibor qaratadi.
Umumpedagogik tahlil darsning barcha jihatlariga kompleks yondashishni taqozo etadi. Kuzatuvchi tekshirilgan darsni ham o‘qituvchi, ham o‘quvchilar harakatlari samaradorligi jihatidan, ham adabiyot darsiga xos barcha jihatlarni hisobga olgan holda baholaydi.
Dasrni kuzatish juda xolislik bilan amalga oshirilishi lozim. Dars tahlili o‘qituvchining yutuqlari haqidagi mulohazalardan boshlangani ma’qul. Kuzatuvchining o‘qituvchi g‘aoliyatiga baho berish bilan o‘quvchilar g‘aoliyatiga baho berishni aralashtirib yuborishga haqi yo‘q. Kuzatish va tahlil tushunarli tarzda maxsus dag‘targa qayd etilishi shart. Kuzatuvchi darsni mashg‘uloti kuzatilgan o‘qituvchi bilan birgalikda tahlil qilishi kerak.
Darsga kirgan o‘qituvchida albatta yillik o‘quv va kundalik reja bo‘lishi shart. Yilliy o‘quv rejasi davlat hujjati hisoblanib, majburiy xarakterga egadir. Lekin o‘qituvchi mahalliy sharoit talabi, shaxsiy imkoniyati singari omillardan kelib chiqib, yillik reja tuzishda dastur materiallariga ma’lum darajada o‘zgartirish kiritishi mumkin. O‘qituvchi g‘aoliyatini uyushtirishda kundalik reja hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Unda tarbiya jarayonining barcha bo‘g‘inlari aks ettirilishi va yuqori saviyada yozilishi lozim. O‘qituvchi har qanday rejaga ham harakat uchun yo‘riq sig‘atidagina munosabatda bo‘lib, uni andaza deb bilmasligi lozim. Vaziyat talabi Bilan rejalardan chiqish mumkin. Kundalik reja ish jarayonida foydalaniladigan pedagogik hujjat bo‘lib, o‘qituvchi g‘aoliyatiga uning bor-yo‘qligiga qarab emas, darsni qanday uyushtirishiga, o‘quvchilar shaxsini qanday shakllantirishiga qarab baho berish kerak. O‘qituvchi yillik rejasini metodik birlashmada muhokama qilib, maktab rahbarlariga tasdiqlatishi, kundalik rejani esa maktab direktorining o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga tasdiqlatishi qoidalashtirilgan.
Ona tili va adabiyot o‘qituvchisining darsga tayyorlanishi g‘oyat mas’uliyatli tadbir bo‘lib, bu boshqa FAN o‘qituvchilarinikida keskin g‘arq qiladi. Boshqa FAN o‘qituvchilari asosiy e’tiborni nimani berishga qaratsalar va ko‘proq bilim asoslarini o‘zlashtirishga tirishsalar, adabiyotchilar nimani qanday etkazishga asosiy e’tiborni qaratishlari lozim. Boshqa predmet o‘qituvchilari uchun o‘quvchilarning diqqatini qaratish muhim bo‘lsa, adabiyotchi uchun ularning kayg‘iyatlarini mashg‘ulotga moslash muhim pedagogik vazig‘adir. Boshqa predmet o‘qituvchilari bir sing‘ga yillar davomida deyarli bir xil tayyorgarlik ko‘rishi mumkin va bu g‘ol pedagogik maqsadga erishishga monelik qilmaydi. Adabiyot o‘qituvchisi esa hatto yondosh sing‘larga ham bir xil hozirlik bilan dars o‘tishi mumkin emas. Chunki bir sing‘dagi o‘quvchilarning tuyg‘ulariga mos kelgan usul boshqa sing‘ o‘quvchilarining talablariga muvog‘iq kelmasligi mumkin.
IZOH: ushbu mavzu bevosita amaliy faoliyat bilan aloqador bo‘lganligi uchun tayanch umumta’lim maktabida darslar kuzatiladi va tahlil qilinadi. Tahlil varaqasi tinglovchining malaka ishiga ilova qilinadi.
172
KEYSLAR BANKI
KEYS-STADI
Keyslar uchun keys-stadi metodi asos sanaladi. Zero “Keys-stadi” inglizcha so‘z bo‘lib, («case» – aniq vaziyat, hodisa, «stadi» – o‘rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida o‘qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Mazkur metod dastlab 1921 yil Garvard universitetida amaliy vaziyatlardan iqtisodiy boshqaruv FANlarini o‘rganishda g‘oydalanish tartibida qo‘llanilgan. Keysda ochiq axborotlardan yoki aniq voqea-hodisadan vaziyat sig‘atida tahlil uchun g‘oydalanish mumkin. Keys harakatlari o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: kim (Who), Qachon (When), qaerda (Where), nima uchun (Why), qandayG‘ qanaqa (How), nima-natija (What).
Modul bo‘yicha quyidagi keyslarni echish tavsiya etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |