Jahon Tinchlik Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi kabi.
Boshqa tashkilotlar, jumladan, vazirlik, idoralar va turli korxona, oliy o‘quv yurtlari nomi tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan yozilishi kerak. Masalan: Mudofaa vazirligi, Milliy matbuot markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sharqshunoslik instituti, Guliston davlat universiteti kabi.
Boshqa mukofotlar, unvon va nishonlar nomlarini yozishda esa faqat birinchi so‘zni bosh harf bilan boshlash lozim. Qarang: “Sog‘lom bola uchun” ordeni, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni, “Xalq ta’limi a’lochisi” nishoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |