Ona tili va adabiyot fanidan


SODDA VA QO‘SHMA GAPLARNI FARQLASH



Download 1,44 Mb.
bet95/208
Sana06.09.2021
Hajmi1,44 Mb.
#166569
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   208
Bog'liq
2020 metodika ona tili majmua

2. SODDA VA QO‘SHMA GAPLARNI FARQLASH
Qo‘shma gap ikki va undan ortiq sodda gapning birikishidan iborat deb sanaladi. Bu Sen kelding, men ketaman kabi gaplarga nisbatan to‘g‘ridir, chunki ularning har biri mustaqil ravishda gap bo‘lib kela oladi: Sen kelding. Men ketaman. Lekin Sen kelgach, men ketaman gapida bu qoida qo‘l kelmaydi. Chunki Sen kelgach tipidagi gap o‘zbek tilida yo‘q, u faqat qo‘shma gap tarkibida o‘zbek an’anaviy grammatika ilmidagina gap deb tan olinadi, xolos. Voqelik (o‘zbek nutqi va o‘zbek ongi) bilan ilmiy grammatika orasida bunday ziddiyat fan uchun bezararday ko‘rinsa-da (chunki biri fan, ikkinchisi - ong), tadris (metodika) uchun, o‘zbek, tili qurilishini millionlab bolalarga o‘qitish uchun beqiyos murakkabliklar tug‘dirdi. Shuning uchun ilmiy grammatika bu chigallikni hal etish choralarini ishlab chiqdi.
Qo‘shma gap sodda gaplar bilan mustahkam bog„langan, biroq undan ham struktur, ham uzatilayotgan axborot nuqtai nazaridan farqlanuvchi sintaktik qurilma hisoblanadi. Shu bois qo‘shma gapning umumiy lisoniy mohiyati uning sodda gaplar bilan o‘zaro munosabatida ochiladi. Lisoniy struktura jihatidan qo‘shma gapning sodda gapdan farqi ma’lum darajada ravshan. Aniqrog„i, sodda gapda shakllangan kesim bitta bo‘lsa, qo‘shma gapda u birdan ortiq bo‘ladi va birdan ortiq sodda gaplarning mazmun hamda grammatik jihatdan birikuvidan tashkil topadi. Misollar: 1.Men sizni bilaman, siz bunday qilmaysiz. (O.)


  1. Nima qilasan, qishloqqa qaytasanmi? (O). 3.Dunyoda nima ko‘p - kulgu ko‘p. (O). Bilamanki, sodda barmoqlaring tilla uzuk taqmagan. (U.) 5.Majlisda ko‘riladigan masalalarning muhim tomoni shundaki, Baqa qurilmadagi cho‘l yerlarni suvga serob qilish masalasi muhokama qilinadi.

Kommunikativ nuqtai nazardan sodda gap bir fikrni, axborotni uzatish vazifasini bajarsa, qo‘shma gapda birdan ortiq hukm o‘z ifodasini topgan bo‘ladi. Shuningdek, bu alohida axborotlar asosidagi munosabat ham qo‘shma gapda qaysidir darajada bo‘rtib turadi. Masalan: Jahongir keldi. Men shu ondayoq jo‘nadim gaplarida ifodalangan fikrlar bir-biriga o‘zaro bog„liq bo‘lib, gaplarning biri ikkinchisini taqozo etadi. Bu jihatdan ular Jahongir keldi va men shu ondayoq ketdim gapidan ajralib turadi.


Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar alohida olingan sodda gaplardan nisbatan mustaqil emasligi bilan ajralib turadi. Avvalo, bu grammatik va intonatsion nomustaqillikdir. Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib ketdi qurilmasini ergash gapli qo‘shma gap qilib turgan narsa mazmuniy taqozo etuvchanlikdir. Birinchi gapdagi mazmun ikkinchi gapdagi mazmun uchun sabab maqomidir.
94

Sodda gaplardagi tenglashish va tobelanish qo‘shma gaplardagi tenglashish va tobelanishdan farq qiladi. Bu quyidagilarda qo‘rinadi:


1.Sodda gapda teng va tobe aloqa turli qurilmalarni vujudga keltiradi. Aniqrog„i, teng aloqa uyushiq bo‘laklarni o‘zaro bog„laydi: l.Yashil o‘rmonlar va qorli tog„lardan o‘tdik. 2.Javohir o‘qir va yozar edi.


  1. Sodda gapdagi teng bog‘lanish qo‘shma gapdagi teng bog‘lanishga nisbatan mustaqildir. Chunki sodda gapda teng bog‘lanish uyushuvlik bilan “yo‘ldoshdir”. U sodda gapni kengaytirish, axborotni murakkablashtirish vazifasini bajarsa, qo‘shma gapda tarkibiy qismlarni bir yaxlitlikka birlashtirish vazifasini bajaradi.




  1. Tenglanish va tobelanish aloqalari ifodalaydigan ma’noviy munosabatlari jihatidan sodda va qo‘shma gap farqlanadi. Sodda gapda bog‘lovchisizlik, asosan,




  1. tenglanish munosabatini ifodalaydi va uyushiq bo‘laklarda yuz beradi. So‘z tarkibidagi grammatik vositali tobelanishni bog„lovchisizlik, vositasizlikka almashtirib bo‘lmaydi. Qo‘shma gapda esa ergash gapli qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni ham, bog„langan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni ham bog„lovchisiz gapga aylantirish mumkin. Uning aloqa turi bog„lovchisiz aloqadir.1.Botirlari kanal qazadi, shoirlari g„azal yozadi. (H.O.)2.Bor boricha, yo‘q holicha.3.Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi (Maqol.) 4.Yuragida qanday dard bor - mana bu menga sir. (O.)



Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish