5. LUG‘AT TURLARI VA ULARNING TUZILISHI
So‘zlarning ma’lum maqsad bilan to‘plangan tartibga solingan kitob yoki boshqa shakldagi to‘plami lug‘at deyiladi. Lug‘atlar turli maqsadlarga tuziladi.Ko‘z langan maqsad jihatidan lug‘atlar 2 xil bo‘ladi. 1) Ensiklopedik (Qomusiy) lug‘atlar
Lingvistik lug‘atlar. Har ikki tur lug‘at o‘rtasidagi o‘xshashlik quyidagicha. a) lug‘at maqolalarining vokabulasiga asosan, leksema chiqariladi. b) Bu leksemalar qatoriy alifbo tartibda joylashtiriladi. Bular faqat tashqi yuzaki o‘xshashlikdir. Aslida lug‘atning bu ikki turi o‘z maqsadiga ko‘ra va maqolalarning tuzilishiga, mundarijasiga ko‘ra tubdan farq qiladi Ensiklopedik (qomusiy) lug‘atlarda texnik va madaniyatning barcha sohalariga oid tushunchalar izohlanadi. Ularda tabiat hodisalari, ijtimoiy hayotdagi voqealar, mashhur kishilar chiqishining ko‘rsatish bilan chegaralaniladi. Shuning uchun bunday lug‘atlar tushuncha lug‘ati deb yuritiladi. Bunday lug‘atlarda odatda, rasmlar, karta va sxemalar ham keltiriladi. Ensiklopedik lug‘atlarda so‘z va iboralar alfavit tartibda maqolaning sarlavhasi sifatida qo‘yiladi. Ensiklopedik lug‘atlar ham maqsad va vazifasiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi: umumiy ensiklopedik lug‘atlar va biror sohaning ensiklopedik lug‘ati. Ensiklopedik lug‘atlar sharqda “Qomus”, g‘arbda esa “thesaurus” deb ham yuritilgan. Lingvistik lug‘atlarda lug‘at boyligi aks ettiriladi. Bunday lug‘atlar asosiy maqsad leksema va frazeomalarning semantik mazmunini tavsiflashdir. Bundan tashqari, grammatik va fonetik ma’lumot qisman keltiriladi. Lug‘at maqolasining asosiy qismini leksik ma’nolarning talqini egallaydi. Bunda so‘zning bosh manosi haqida fikr yuritiladi, agar, lozim topilsa shu ma’noning ishlatilishini aks ettiruvchi misol keltiriladi, so‘ngra bu so‘zning hosila, ko‘chma ma’nolari tasvirlanadi. Bunday ma’nolarning tasvirida misollar keltirish shart, chunki bularni anglash uchun konteks talab qilinadi. Leksik ma’noni tasdiqlovchi nutq parchalari odatda badiiy va boshqa adabiyotlardan olinadi. Agar leksik ma’nolar ma’lum sistema bo‘yicha to‘plangan misollar yordamida izohlansa, bunday lug‘atning qiymati yuqori bo‘ladi. Chunki bunday ish tutishda lug‘at boyligini obyektiv tasvirlashga erishiladi. Lug‘atlarda so‘z va frazemalar ikki xil joylashtiriladi. Birinchisi yagona alfavit tartibda joylashtiriladi. Masalan, bir o‘zakdan yasalgan so‘zlar bir joyga to‘planadi va o‘zaro yasalishiga qarab alfavit tartibda joylanadi. Ikkinchisi, frazeomalar tematikasiga ko‘ra joylashtiriladi. Lingvistik lug‘atlar va ularning turlari lingvistik lug‘atlar turli maqsadlarda tuziladi va ularning turlari ham ko‘p. So‘zning biror sohaga oid leksikasi bilan adabiy til leksikasining ma’lum qatlam bilan chegaralanganligi va chegaralanmaganligiga ko‘ra lug‘atlar dastlab ikkiga bo‘linadi:1) umumiy lug‘atlar 2) maxsus lug‘atlar. Umumiy lingvistik lug‘atlarda hamma qo‘llaydigan so‘zlarning
73
xarakteristikasi beriladi. Bular bir tilli, ikki tilli, ko‘p tilli bo‘ladi. Bir tilli lug‘atlarning ham umumiy va maxsus tiplari bor. Masalan, izohli lug‘at, imlo lug‘ati, sinonimlar lug‘ati, frazeologik lug‘at, dialektal lug‘at maxsus lug‘atlar tipiga kiradi. Izohli lug‘atlarda lug‘aviy birliklarning ma’nosi izohlanadi. Agar lig‘aviy birlik ko‘p ma’noli bo‘lsa uning barcha ma’nolari belgilanadi va har bir ma’nosi izohlanadi. Umumiy izohli lug‘larda so‘zlarning ma’nosi izohlanadi, ularning grammatik, stilistik, frazeologik iborada qatnashishi kabi belgi xususiyatlari ko‘rsatiladi.
Lug‘aviy birlikning ma’nosi izohlanadi shunga misol keltiriladi. Izohli lug‘atlarga quyidagi lug‘atlarni misol qilib keltirish mumkin. Adabiy-vaqt e’tibori bilan oxiri yo‘q; mangu, doimiy. Adabiy hayot. Adabiy xotira. Shaharlarning nomi abadiy.
Bu nomlarni qo‘ygan el ulus. Abituriyent – [lot. Abituriens, abiturientis-ketmoqchi bo‘lgan kishi] 1) O‘rta maktabni bitirayotgan o‘quvchi 2) Oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtiga kirish uchun da’vogar. Imtihonlarni boshlashdan avval qur’a tashlanadi. Biletlarni olish uchun abiturientlardan to‘rt kishi chiqariladi. Gazetadan. Afv- [gunohidan o‘tish, kechirish] kt. Kechirim uzr. Sizdan bu ulug‘ gunohim uchun afv so‘rab, xaydalgan o‘g‘lingiz Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li. Abdulla Qodiriy, Afv etmoq- (yoki qilmoq) Kechirmoq, uzrni qabul qilmoq, gunohidan o‘tmoq. Bu lapashangligimiz uchun rahnamolarimiz bizni afv eturlarmi? H.G‘ulom, “Mash’al”.Afv etasiz-Kechirasiz (odatda so‘zlovchi gap boshida olingan uzr so‘rab
ishlatiladi) [Saidbek] Afv etasiz , siz buni qayoadan bilasiz, general janoblari?Auditoriya- [lot. Auditorium-tinglash joyi] 1. Mashg‘ulot, ma’ruza (doklad) va sh.k. O‘tkaziladigan xona, bo‘lma. Auditoriyada olingan bilim bilan cheklanmaslik kerak, albatta. Gazetadan. 2. Mashg‘ulot, ma’ruza tinglovchilarVojib-[zarur, kerakli, majburiy; majburiyat, burch] 1. din. Har bir musulmonga payg‘ambar tomonidan buyurilgan, bajarilishi majburiy, zarur bo‘lgan amal turi. Uch xil amal bordirki ular harbir mo‘min zimmasiga vojibdir. “Fan va turmush”. 2. s.t. Bajarilishi majburiy [Barnogul:] Amri podsho vojib hech kim tarki vojib qilolmaydi. “Orzugul” Biz do‘konni yopish xususida amri farmon bergan edik. Yo bizning amrimiz senga vojib emasmu? S.Siyoyev, “Avaz”.
Imlo lug‘atlar. Bu turdagi lug‘atlarga kirgan so‘z va iboralarning izohi ham, tarjimasi ham bo‘lmaydi. Bunday lug‘at so‘zlarning yozilishini imlo qoidalarini o‘z ichiga oladi. Tillardagi hamma so‘zlarning yozilishini imlo qoidalariga mos kelmaydi. Bu turdagi lug‘atlar istisno so‘zlarning orfografiyasining aniqlashda ayniqsa qo‘l keldi. Imlo lug‘atlari hamma uchun birdek ahamiyatlidir. Imlo lug‘atlarining biz uchun ahamiyatli jihati shundaki so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishni o‘rgatadi. Bunday lug‘atlar, asosan praktik maqsadda tuziladi. Imlo lug‘atlarga misol tarzida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin. S.Ibrohimov, M.Rahmonovlarning 1956-yilda nashr etilgan “Imlo lug‘ati”ni, S.Ibrohimov, E.Begmatov va A.Ahmedovlarning “Fan” nashriyoti tomonidan 1976-yilda nashr etilgan “o‘zbek tilining imlo lug‘ati”, Shavkat Rahmatullayev, Azim Hojiyevlarning “O‘bek tilining imlo lug‘ati” Toshkent 1995., To‘lqin To‘g‘ayev, Gulbahor Tavaldiyeva, Muyassar Akromova, Karim Nazarovlarning “O‘zbek tilining kirill va lotin alifbolaridagi imlo lug‘ati” (Toshkent 2004.) ni olib qaraydigan bo‘lsak, ushbu lug‘at kirillcha va lotincha o‘zbek alifbolarida tuzilgan bo‘lib, ayni bir so‘z har ikki yozuv shaklida yonma-yon berildi. Lug‘at kirillcha –lotincha o‘zbek yozuvi tamoyilida tuzilganligi sababli, so‘zlar
74
o‘zbek kirill alifbosi tartibida ifoda etildi. Davlat tilini o‘rganishning ahamiyati ortib borayotgan, shuningdek, o‘zbek lotin alifbosiga o‘tilayotgan hozirgi kunda bu hildagi lug‘atlar juda zarur va foydalanish uchun har jihatdan qulaydir. Xususan, yangi o‘zbek alifbosi va takomollashgan imloda dastlab savod chiqarayot- gan, ayniqsa, yangi alifbo tartibini, unda o‘qish-yozishni hali muhta o‘zlashtirmagan kishilarning o‘zlariga ma’lum o‘zbek kirill alifbosi tartibi bo‘yicha ushbu lug‘atdan o‘zbek lotin alifbosidagi zarur so‘zlarni tezroq topishlari va o‘rganishlari oson kechadi. Bunday lug‘atdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad so‘zlarning har ikki alifboda to‘g‘ri yozilishini ko‘rsatish bilan birga yangi o‘zbek yozuvida tezroq savod chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |