Ona tili va adabiyot fanidan
2020 metodika ona tili majmua
Adabiy ta’limda o‘rganilishi jihatdan ruboiydan keyin turuvchi janrlardan biri tuyuqdir. Mustaqillikdan keyin chop etilgan darsliklarni ko‘zdan kechirganimizda, ularda tuyuq haqida bir-biriga uyg‘un nazariy ma’lumotlar berilgan guvoh bo‘lamiz. Ma’lumotlarda quyidagi xususiyatlar qayd etilgan: boshqa mumtoz she’riyat janrlari arabiy, forsiy, turkiy adabiyot uchun birdek xos bo‘lsa, tuyuq biz uchun milliy janr bo‘lib, u turkiy adabiyotda vujudga kelgan, fors va arab she’riyatida uchramaydi; tuyuq albatta to‘rt misradan iborat bo‘lishi kerak; ruboiyga o‘xshab ikki xil: a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanadi; albatta aruzning ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur) vaznida yozilishi shart;
qofiya bo‘lib kelgan so‘zlar albatta tajnis, ya’ni omonim munosabatida bo‘lishi talab qilinadi. Ayrim kitoblarda oxirgi shart keyinchalik yuzaga kelib, asta-sekin qat’iylashgani, ba’zi shoirlar ijodida tuyuqning tajnissiz shakllari ham uchrashi aytilgan. Tuyuq janri o‘rganiladigan mashg‘ulotda o‘quvchilarni avval yuqoridagi nazariy ma’lumotlar bilan qurollantirib, keyin tahlilga kirishish to‘g‘ri bo‘ladi. Qit’a ham adabiyot darslarida faol o‘rganiladigan janr bo‘lib, keyingi o‘n etti yil ichida amaliyotda qo‘llangan dasturlarga ko‘ra 9- va 10-sinf darsliklariga kiritilgan. Qit’a o‘zining aniq hayotiyligi, kundalik turmushga yaqinligi bilan lirik turning boshqa janrlaridan ajralib turadi. O‘qituvchi ilmiy adabiyotlarda hamda darsliklarda berib kelinayotgan nazariy ma’lumotlarni yaxshi bilishi va janr namunalarini o‘rganish jarayonida ularni inobatga olishi, o‘quvchilarga singdirishi lozim. O‘qitish jarayonida qit’a haqida tahlilda asqotadigan ilmiy-nazariy qarashlardan xabardorlik juda muhimdir. 42 Tahlil o‘qituvchi tomondangina olib borilmasdan, yo‘naltiruvchi savol va topshiriqlar, muammoli savollar qo‘yib, mazkur echimlarga kelishda o‘quvchilarning o‘zini qatnashtirmoq darsning yuksak samarasi belgisidir. Chiston janri maktab adabiy ta’limida Uvaysiy chistonlari misolida o‘rganilgan, hozir ham bu an’ana davom etib kelmoqda: bu janr namunalari bilan o‘quvchilar 7-sinfda tanishadilar. Turkiy adabiyotda ilk chistonlar XV asrda Alisher Navoiy tomonidan yaratilgan. Shoiraning “Anor” chistoni esa bu janrni mashhur qildi. Shuning uchun ham adabiy ta’limga Uvaysiy chistonlari jalb qilinadi9. Oldin darslikdagi ma’lumotlarga suyanib, chiston haqida tushuncha beriladi. Shundan so‘ng shoiraning uchta she’riy jumbog‘i – chistonlariga e’tibor qaratiladi. Chistonlarni o‘rganish asnosida ana shu nazariy bilim mustahkamlanadi, shoiraning bu janr doirasida ham o‘zini ko‘rsata olganligi tahlil qilinadi. Download 1,44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |