10-MAVZU.TADQIQOTCHILIK TEXNOLOGIYALARI
Tayanch so‘z va iboralar: Loyihalar ishlab chiqish. Maqola yozish metodikasini shakllantirish. Berilgan mavzu yuzasidan tadqiqot ishlarini olib boorish yo‘llari. Matn tarkibiga tanqidiy yondashish orqali kreotivlikni shakllantish.
Loyiha mavzusi: Yozma savodxonlikni oshirishda individual ishlash samarasi
Loyiha muallifi: Azamat Uralov
Loyihaning maqsad va vazifalari: Loyihada bugungi kun uchun juda dolzarb boʻlgan nafaqat ona tili, balki boshqa fanlarda ham muammolarga uchrayotgan oʻquvchining yozma savodxonligi xususida fikr bildiriladi. Oʻquvchining yozma savodxonligi masalasi bugungi kun nuqtayi nazaridan olib qaralganda davlat siyosati darajasida muammoga aylanmoqda. Bunga sabablar: koʻcha-kuydagi afisha va e’lonlarning xato yozilishi, yuqori tashkilotlardan kelayotgan xatlardagi xatoliklar, ish hujjatlarini xatoliklar bilan yozilishi, kundalik ehtiyojga aylanib ulgurgan taklifnomalardagi xatoliklar, video filmlar va radio eshittirishlaridagi xatoliklar, televideniya orqali berilayotgan koʻrsatuvlardagi xatoliklar hisoblanadi. Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib maqsadimiz aniqlandi va quyidagi vazifalarni oldimizga qoʻymoqchimiz:
Maktab oʻquvchisining yozma savodxonligini oshirish.
O`quvchi – oʻqituvchi – ota-ona hamkorligini yoʻlga qoʻyish.
Biror metod orqali emas, balki individual ishlash orqali natijaga erishish.
O`quvchini mustaqil ishlashga oʻrgatish.
O`quvchilarda fikrlarini asoslash, oʻz - oʻzini baholash, oʻzaro nazorat qilish koʻnikmalarini shakllantirish yoʻllarini oʻrganish.
Oʻquvchilar jamoasida ijodiy izlanish ishlarini tashkil etish
Malaka oshirish, maktab va ota – ona hamkorligini kuchaytirish.
Bolalarning kelajagini oldindan his qilgan holda ularni yetuk inson qilib tarbiyalash.
Yozma savodxonlikni rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy gʻoyasi oʻquvchilarni har tomonlama savodxonligini oʻstirishga qaratilgan. Mazkur loyihaning asosiy xususiyatlari:
Loyiha biroz murakkab tuzilgani bilan samarali ekanligi, uning nizom talablaridan kelib chiqib bajarilganligi.
119
Oʻquvchilarni oʻz bilish faoliyatining sub’ektiga aylantirib, fikr yuritish mexanizmini shakllantiradi, rivojlantiradi.
Oʻquvchilarning bilish faoliyatini kompetensiyaviy yondashgan holda komillik sari intilishlarini hisobga olib oʻstiradi.
Oʻqitish jarayonining asosini oʻquvchilarning oʻquv topshiriqlarini bajarish orqali vujudga keltiriladigan mustaqil faoliyatlar tashkil etadi,oʻquvchilarning aqliy rivojlanishiga zamin tayyorlab, bu jarayonda individual, mustaqil va ijodiy fikr yuritishni shakllantirish ustuvor yoʻnalish sanaladi.
Individual ishlash shaxs(oʻquvchi)ning voqea va hodisalar haqidagi munosabati va fikrini vujudga keltirib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi: tahliliy fikr yuritish, solishtirib koʻrish, axborotni tahlil qilish, zarur faktlarni tanlash, taqqoslash, faktlar va hodisalarni qiyoslash, oʻz xatolarini koʻrish va ularni tushunib yetish.
Do'stlaringiz bilan baham: |