Ona tili va adabiyot
1. Barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan javobni belgilang.
A) toyifa, musobaqa, jarrox
B) jarrox, jangovor, toifa
C) xasis, mahsulot, tomosha
D) hasis, musoboqa, maxsulot
2. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda sinekdoxa usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?
A)
"Nasaf" Toshkentdan g‘alaba bilan qaytdi.
B) Yoqimli hid dimog‘ini
qitiqladi.
C) Bir
boshga bir o‘lim.
D)
Och nazarim tushar suratga.
3. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar tarkibida til orqa burun undoshi qatnashgan?
A) tongi, yengildi, dengiz
B) tong, shtanga, ko‘rdingiz
C) jarang, singil, bugungi
D) so‘nggi, kongress, tungi
4. Men ikkoviga uchtadan hil-hil pishgan shaftoli berdim. Mazkur gapda qatnashgan taqsim son haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri?
A)Taqsim son tarkibida faqat jarangli undoshlar ishtirok etgan.
B)Taqsim son asosi yopiq bo‘g‘indan iborat.
C)Taqsim son imlosida bir unlining tushib qolishi kuzatiladi.
D)Taqsim son qo‘shimchasi tarkibida lab undoshi ishtirok etgan.
5. Qaysi javobda sifat turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan?
A) chiroyli - suluv
B) tantiq - saxiy
C) ozodlik - mustaqillik
D) husn – go‘zal
6. Qaysi javobda ravish qatnashgan?
A) So‘nggi pushaymon – o‘zingga dushman.
B) Itning akillashidan cho‘chib uyg‘onib ketdim.
C) Mana mavsum ham oxirlab qoldi. Mashina terimi tugay deb turibdi.
D) Ular hozircha kovlab kirolmabdilar, lekin allaqancha yerni o‘yib yuboribdilar.
7. Bilimli kishi zarur gapni so‘zlaydi, keraksizini umuman gapirmaydi. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping.
A)Yasama so‘zlar 2 o‘rinda kesim vazifasida kelgan.
B)Yasama so‘zlar 2 o‘rinda hol vazifasida kelgan.
C)Yasama so‘zlar 2 o‘rinda aniqlovchi vazifasida kelgan.
D)Yasama so‘zlar 2 o‘rinda to‘ldiruvchi vazifasida kelgan.
8. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashgan? A)Qovunning bir tilimini arang yedi. Bechora tilsiz jonivor zo‘rg‘a chidab turardi.
B)Shuni bilginki, bolali uy - bozor. Bugun do‘stim bilan bolaligimizni eslab rosa kuldik.
C)Bemor sog‘ayish uchun astoydil harakat qildi. Ne’mat akalarning ikkita sog‘in sigiri bor.
D)Qishloqning chekkasida kattagina tutzor yastanib yotar edi. Oradan biroz vaqt o‘tgach xonaga tutqunni olib kirishdi.
9. O‘rik – ra’noguldoshlar oilasiga mansub mevali daraxt. Mevasi etli, yumaloq, tuxumsimon, oq, sariq, qizg‘ish. Ushbu parchada necha o‘rinda yasama so‘zlar qatnashgan?
A) 5 B) 6 C) 7 D) 4
10. Qaysi javobdagi ma‘lumot “Fanorchi ota” hikoyasi haqida emas?
A) Ushbu hikoyada har kuni bir zararkunandalikni o‘ylab topadigan battol Qosim cho‘loq ishtirok etadi.
B) Hikoyada keksa kishining insoniy hislari beboshliklar qilib kekkayib turgan, keksa kishi ustidan “piq-piq” kulib turgan bolalar ko‘ngliga ko‘chishi ustalik bilan tasvirlangan.
C) Ushbu hikoyada tasvirlanishicha, mahalla bolalari ichida keksa kishi himoyasiga dadil chiqa oladigan Ahmad singari mard bolalar ham paydo bo‘ladi.
D) Hikoyadan XX asr boshlaridagi ko‘hna Toshkentning g‘ala-g‘ovur ko‘chalari manzarasi, bo‘zchilarning hayot tarzini ifoda etuvchi parcha ham o‘rin olgan.
11. Qaysi javobda Erkin Vohidovning dostonlari berilgan?
A) “Nido”, “Jannatga yo‘l”
B) “Orzu chashmasi”, “Quyosh maskani”
C) “Tong nafasi”, “Istanbul fojiasi”
D) “Quyosh qoraymas”, “Ruhlar isyoni”
12. Bu asarda urush tufayli qo‘lidan ayrilgan Xol aka, bir oyog‘idan ajralgan Rustamning akasi va otasidan ayrilgan Tal’at kabi insonlarning iztiroblarini tilga olish orqali urushning butun dahshati va insoniyatga yetkazgan og‘ir judoliklari, jarohatlari ta’sirli aks ettirilgan. Ushbu parchada keltirilgan ma’lumot qaysi asar haqida?
A)"Nido" dostoni
B)"Chinor" romani
C)"Surat bilan suhbat" dostoni
D)"Ufq" romani
13. Qaysi javobda ot turkumiga oid ma’nodosh so‘zlar qatori berilgan?
A) chopish, yugurish
B) ma‘no, mazmun
C) inoq, ahil
D) yer, osmon
14. Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas?
A) Qoradaryo va Norinning qo‘shilishidan Sirdaryo hosil bo‘ladi.
B) Boshqa o‘rtoqlar ham sizni tavsiya qilishayapti.
C) Oyog‘i bilan tepkini boskach darvoza sekin ochildi.
D) Oyim gapiryaptiyu, ko‘zlarim o‘qituvchimda edi.
15. Millatning dahosi, aqli va ruhiyati maqollaridan bilinadi. Ushbu gapdagi nechta so‘z tarkibida jarangsiz til oldi undoshi qatnashgan?
A) 5ta B) 2ta C) 3ta D) 4ta
16. Qaysi gapda imloviy xato yozilgan so‘z qatnashgan?
A) Ellik yil ezildik, taxqir etildik, qo‘limiz bog‘landi, huquqimizga tajovuzlar bo‘ldi.
B) Dehqon jo‘xorini quritibdi, to‘qmoqlab, donini ajratib olibdi.
C) Bo‘stondagi atirgul va rayhonlar eng yoqimli gullardir.
D) Kesim - hukmni ifodalovchi, gapning asosiy belgilarini ko‘rsatuvchi eng muhim bo‘lak.
17. Qaysi gapda yasama otdan yasalgan sifat qatnashgan?
A) U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan kamgap va qaysargina bir bola ekan.
B) Maqtanchoqliging tufayli sen do‘stlaringning e’tiboridan qolding.
C) Bir vaqtlar sen turtkilagan yigit bugun senga rahbar bo‘lib kelmoqda.
D) Alisher Navoiy bilimsiz tabiblarni jallodga o‘xshatardi.
18. Qaysi javobdagi ma’lumot Abdulla Avloniy haqida?
A) U biroz muddat gazetchilik bilan shug‘ullandi. “Taraqqiy”, “Xurshid” gazetalarida ishladi, ular yopilgach, “Shuhrat” gazetasini chiqarishda bosh-qosh bo‘ldi.
B) Toshkentda “Chig‘atoy gurungi” deb nomlangan ilmiy-ma’rifiy jamiyatni tashkil etadi.
C) O‘spirin yoshidayoq yozgan “Adabiyot nadur?” maqolasida millat hayoti, vatan ravnaqidagi adabiyotning o‘rni haqida o‘ta jiddiy o‘ylaydigan bilimdon ekanligini namoyon etadi.
D) U o‘nlab mumtoz shoirlarimizning ijodiy merosini izlab topish, tadqiq etish va nashr qilishda alohida jonkuyarlik ko‘rsatdi. U “Aruz haqida” kitobini ham e’lon qildi.
19. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan?
A) mehmondo‘st, ijotkor, rayhon
B) jaxongashta, navo, mahliyo
C) iste’dod, bunyodkorlik, hujum
D) mudofaa, jigarband, jaxolat
20. Qaysi javobda “Oygul bilan Baxtiyor” dostoni qahramoni Tarlon haqida ma’lumot berilgan?
A) U daryo bo‘yiga o‘tin tergani kelganida daryoda oqib kelayotgan sandiqni ko‘rib qoladi va uni suvdan olib chiqadi.
B) U saroyda xizmat qilardi, xondan juda ko‘p jabr-u jafo ko‘rgan keksa qul edi.
C) U Oygulning otasi edi, isyonchilarga boshchilik qilar edi.
D) U Oygulning ko‘z o‘ngida zolim xon tomonidan qatl etiladi, bu esa xalqning g‘azabini yanada oshiradi.
21. Qaysi gapda paronim bilan bog‘liq xatolik mavjud?
A)Xalqimiz uchun o‘sha davrlarda e’tiqod, islom kabi tushunchalar butunlay yot edi.
B)Bu kasallikning davosini topish uchun olimlar astoydil izlanishmoqda.
C)Yo‘l yoqasidagi azim yong‘oqlar, sizlar ham yaxshi qoling.
D)Mevasini ko‘tarolmagan olma shohi qarsillab sinib tushdi.
22. Qaysi javobda berilgan so‘zlardagi nuqtalar o‘rniga bo‘g‘iz undoshi yoziladi?
A) ...ayot, ...aridor B) ...iyla, ...ulosa
C) sa...iy, i...tiro D) ...ushyor, ...ozirjavob
23. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metafora usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?
A)O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa, Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir.
B)Kurash bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada Qashqadaryo birinchi o‘rinni egalladi.
C)Inshoolloh, mehribon qo‘llar sizni qo‘llab yuborar.
D)Olti oykim do‘stlarim ham pana-panada, Iste’dodim so‘nganidan qilar karomat.
24. Qaysi javobda asosi omonim bo‘lgan yasama so‘z berilgan?
A) ko‘zlamoq B) otilmoq C) bo‘g‘ma D) chopiq
25. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar bo‘g‘inga to‘g‘ri ajratilgan?
A)tu-ngi, ya-ngi, si-ngli
B)de-ngiz, jon-ga, kon-gress
C)shtan-ga, ko‘r-di-ngiz, ton-gi
D)yen-gil-di, ber-din-giz, kon-gress
26. O‘tkir Hoshimovning hikoyalari qaysi javobda berilgan?
A)"Urushning so‘nggi qurboni", "Muhabbat"
B)"Odamlar nima derkin?", "Odam bo‘lish qiyin"
C)"Dunyoning ishlari", "Oltin zanglamas"
D)"Nur borki, soya bor", "Tushda kechgan umrlar"
27. Tiniq osmon o‘zining bor go‘zalligi va malohatini cheksiz balandliklardan ulug‘vorlik bilan bizga ko‘z-ko‘z qilib turar edi. Ushbu gapda qatnashgan sodda yasama so‘zlar sonini aniqlang.
A) 6 B) 5 C) 4 D) 3
28. Fil kuchli, fildan ham til kuchlidir. Ushbu gapda nechta tub so‘z tarkibida jarangsiz til oldi undoshi ishtirok etgan?
A) 1ta B) 3ta C) 2ta D) 4ta
29. Qaysi javobda ma’noli qismlari asos + lug‘aviy shakl yasovchi + so‘z yasovchi + sintaktik shakl yasovchi tartibida joylashgan ot turkumiga oid so‘z qatnashgan?
A)Ko‘z-ko‘z qilma, ko‘z tegar, Maqtanchoqqa so‘z tegar.
B)Qishloqdagi do‘konlarda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va hattoki yoqilg‘i sotiladi.
C)Abbos, parta ustidagi o‘chirg‘ichni menga uzatib yuborgin.
D)Qizg‘anchiqdan sen saxovat kutma.
30. Uyga oyog'ini ham yechmay kirib ketdi. Ma’no ko‘chishi turini aniqlang.
A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
Tuzuvchi: Jo‘shqin IMOMOV