Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik


gan ? Bu beg‘amxo‘ja uch yil oldin ham til o‘rganmoqchi  edi



Download 87,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/107
Sana25.11.2022
Hajmi87,19 Mb.
#872278
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   107
Bog'liq
Ona tili 7-sinf -164

gan
?
Bu beg‘amxo‘ja uch yil oldin ham til o‘rganmoqchi 
edi
.
Berilgan feʼllarni o‘tgan zamon shakliga aylantirib, yozing. Bunda quyidagi vositalardan 
foydalanishingiz mumkin. 
Berilgan feʼllarning o‘tgan zamon shakllaridan foydalanib veterinarlik sohasi bilan 
bog‘liq mazmundagi gaplar tuzib, yozing. 
Normurod Norqobilovning “Oqbo‘yin” nomli qissasidan olingan parchani o‘qing.
O‘tgan zamon qo‘shimchalari
Shaxs-son qo‘shimchalari
-di
-m, -k, -ng, -ngiz
-gan (-kan, -qan) 
-man, -miz, -san, -siz
- (i)b
-man, -miz, -san, -siz, -di/-dilar
Bormoq, aytmoq, qaramoq, ko‘zdan kechirmoq, tavsiya qilmoq, qo‘llamoq, yotmoq, 
ko‘rmoq, oqmoq, ko‘zi yoshlanmoq, aksirmoq, to‘lamoq, xarid qilmoq, kirmoq, yubormoq, 
yo‘talmoq, ko‘paymoq, yedirmoq, taqsimlamoq.
OQBO‘YIN
Oqbo‘yin notanish hidni darrov ilg‘adi. Parvo qilmadi. Tovuq patini o‘ynashda 
davom etdi. Patni ertalab topgan, nimaligiga aqli yetmay boshi garang edi. In 
yonidagi chirik xashaklar ustida cho‘zilib yotgan ona it bezovta g‘ingshigandan 
so‘nggina qadam tovushlari kelayotgan tomonga o‘girildi. Besh odimcha narida uy 
egasi – Sodiq aka bilan 
norg‘ul
bir odam – Karim podachi, egnida 
yag‘iri chiqqan 
paxtalik, oyoqlarini kerib turardi. Undan go‘ng, pichan, 
silos
va yana allambalolarning 
hidi anqirdi. Oqbo‘yin bu xil tashriflarga ko‘nikkan, har keldi-ketdidan so‘ng og‘a-
inilaridan birortasi g‘oyib bo‘ladi, keyin onasi tuni bilan g‘ingshib chiqadi.
1


79
2
3
Matn asosida berilgan testlarni yeching. Javobingizni izohlashga harakat qiling. 
1. Quyidagi gaplar orqali qissa qahramoni haqida nimalarni bilib olish mumkin? 
“Oqbo‘yin notanish hidni darrov ilg‘adi. Parvo qilmadi. Tovuq patini o‘ynashda davom etdi”.
a) Oqbo‘yin – qiziquvchan, o‘yinqaroq. Pat o‘ynashni yaxshi ko‘radi.
b) Oqbo‘yin – it. Biroq hali jajji o‘yinqaroq kuchukcha. 
c) Oqbo‘yin – beparvo kuchukcha.
d) Oqbo‘yin – juda ham sezgir it.
Karim podachi oyoqlari 
ostida o‘ralashayotgan inisi – 
Oqto‘shni qo‘liga olib, obdon 
paypaslab ko‘rdi, panjalarini 
diqqat bilan ko‘zdan kechirdi. 
Yoqtirmadi. Oqto‘sh nari 
ketishni xayoliga ham keltirmay, 
tag‘in suykala boshlagandi, 
Karim podachi etigi uchi bilan 
turtib yubordi. Joni og‘rigan 
Oqto‘sh angillagancha onasi 
tomon pildirab qochdi.
Karim podachi – 
sinchi
, itni 
farqlay biladi. Umri fermada o‘tgan bu odam itni ishqibozlik uchun emas, zarurat 
yuzasidan asraydi. Negaki qish kezlari qir oshib keladigan bo‘rilardan kuygan – 
jondor desa yetmish yetti tomiri tortishadi, bo‘rilarga yemish bo‘lgan tomday-tomday 
novvoslari ko‘z oldiga kelib, ichi-tashi baravar yonadi. Avvallari ahvol aytarli darajada 
yomon emasdi, salgina po‘pisa-yu 
qutqu
bilan jondor zotini daf etmoq mumkin edi. 
Ammo uch yil burun Yoldor degan bir maxluq paydo bo‘ldi-yu podachidan halovat 
ketdi. Arloni bo‘ri itlarni pisand qilmaganidek, miltiqqa ham osongina chap berardi. 
Tunlari bo‘ri poylayverib, biqinini shamollatib qo‘yganidan so‘ng, Karim podachi 
qopqon qo‘yib ko‘rdi. Biroq Yoldor qolib, qopqonga ferma tevaragida aylanib 
yuradigan daydi eshaklardan biri tushdi. 
Et
ni dorilab yo‘lga tashladi. Yoldor emas, iti 
zaharlanib o‘ldi. Keyingi asragan iti esa g‘oyat yuraksiz chiqdi. Yoldorning qorasini 
ilg‘ar-ilg‘amas eshik tirnab, g‘ingshigancha ichkariga intiladi, baʼzida qishloqqa 
qochib qolardi… Shundan buyon podachi yaxshi it qidirib yuradi.

Download 87,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish