2.
Matnda «Qon olish uchun bir martalik sterillangan asboblardan foydalaniladi»,
deyilgan.
Nima uchun ushbu ma’lumot matnda kiritilgan?
A
Donorlik xavfsiz ekanligiga sizni ishontirish uchun.
B
Donorlik muhim rol o‘ynashini ta’kidlash uchun.
C
Topshirilgan qon qanday ishlatilishini tushuntirish uchun.
D
Tahlil va tekshiruvlarning tafsilotlarini berish uchun.
3.
Quyidagi gap matn mazmuniga mos tarzda to‘g‘ri davom ettirilgan jumlalarni
aniqlang.
Insonlar qon topshirish oraqali...
1
…o‘z kasalliklaridan forig‘ bo‘ladi.
2
…o‘zgalar hayotini saqlab qolishda ko‘maklashgan bo‘ladi.
3
…mo‘maygina mablag‘ ishlab oladi.
4
…o‘z hayotini xavf ostida qoldiradi.
5
…xolisona ezgu amal bajargan bo‘ladi.
Javob: ______________________
4.
Quyidagi savolning to‘g‘ri javobini toping.
Yetmish kun oldin qon topshirgan 30 yoshli sog‘lom erkak kishi yana qon topshirishi
mumkinmi?
A
Ha
B
Yo‘q
193
5.
«Qon topshirish» matnining asosiy maqsadi nima?
A
Odamlarni qon topshirishga undash.
B
Qon topshirish bilan bog‘liq xavfni tasvirlash.
C
Qayerda qon topshirish mumkinligini tushuntirish.
D
Ko‘plab odamlar muntazam ravishda qon topshirishlarini isbotlash.
II QISM
Quyidagi matnni o‘qing va u asosida berilgan 6 – 10-topshiriqlarni bajaring.
O‘ZBEKISTON AHOLISINING KO‘PAYISHI
Aholi sonining ko‘payishi davlatning rivojlanishi va taraqqiyotiga ta’sir etuvchi omillardan
biri. Birlashgan Millatlar Tashkilotining aholishunoslik jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra
(2018-y.) O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha jahonda 44-o‘rinda turadi va aholi soni o‘sib
bormoqda. Darhaqiqat, keyingi yillarda O‘zbekistonda tug‘ilish soni o‘lim soniga nisbatan
ortganligi hisobiga aholi soni ko‘payib bormoqda. Aholining ko‘payish ko‘lami diagrammada
ko‘rsatilgan(1-rasm).
Мustаqillik yillаridа mаmlаkаtimizdа аhоlining tug‘ilish vа o‘lim ko‘rsаtkichlаridа hаm
o‘zgаrishlаr kuzatildi. 1991-yildа rеspublikаdа 723,4 ming nаfаr bоlа tug‘ilgаn bo‘lsа,
kеyingi yillаrdа tug‘ilish sоni kаmаyib, 2001-yildа tug‘ilish 513 ming nаfаrni tаshkil etdi.
Kеyinchаlik аhоlining turmush fаrоvоnligi ko‘tаrilishi bilаn tug‘ilish sоni hаm ko‘pаydi.
2017-yilgа kеlib 716 mingdаn оrtiq chаqаlоq tug‘ilgan bo‘lsa, 2018-yilda 768 mingdаn оrtiq
bola dunyogа kеlgan. 2019 yil esa 815,9 ming bola tug‘ilishi ro‘yxatga olingan bo‘lib, 1000
aholiga tug‘ilish darajasi 24,3 promilleni tashkil etdi va 2018 yilning shu davriga nisbatan
1 promillega ko‘paydi. Umuman olganda O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2020 yil 1
yanvar holatiga ko‘ra 33905,8 ming kishini tashkil etmoqda.
Mehnatga yaroqli yoshdan kichiklar aholining 30,5 foizini, mehnatga layoqatli
yoshdagilar 58,9 foizni va mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 10,6 foizni tashkil etdi.
1-rasm. O‘zbekiston aholisining ko‘payishi (mln
kishi hisobida).
2-rasm. Aholining ko‘payishi
(2018-yil, ming kishi hisobida).
194
Shuningdek, tibbiyot sоhаsidа amalga oshirilayotgan islohotlar nаtijаsidа rеspublikаdа
o‘lim dаrаjаsi, jumlаdаn, bоlаlаr vа оnаlаr o‘limi ko‘rsаtkichlаri pаsаydi vа bu esa rеspublikа
аhоlisi o‘rtаsidа umr dаvоmiyligi ko‘rsаtkichining o‘sishigа o‘z tа’sirini ko‘rsаtdi.
Xulosa qilib aytganda, turmush darajasining ko‘tarilganligi, hayotning farovonlashgani
hisobiga O‘zbekiston aholisi yiliga yarim mlndan ortiq kishiga ko‘payib bormoqda. Ya’ni
ko‘plab mehnat kuchi, ko‘p sonli iste’molchi vujudga kelayotganini bildiradi. Bu esa
respublika rivojiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.
(Internet manbalari asosida tayyorlandi, 310 ta so‘zdan iborat)
3-rasm. O‘zbеkistоn аhоlisining umr dаvоmiyligi ko‘rsatkichi (yosh)
Aholi sonining oshishiga ta’sir qiluvchi muhim omillardan yana biri umr dаvоmiyligi
ko‘rsatkichidir. Маmlаkаtimizdа umr dаvоmiyligi ko‘rsаtkichida ham so‘nggi yillаrdа
o‘sish kuzatilgan, jumlаdаn, 1991-yildа ushbu ko‘rsаtkich 66,4 yoshni tаshkil etgаn bo‘lsа,
2000-yildа 70,8 yoshni, 2010-yildа 73,0 yoshni tаshkil etdi. 2016-yilga kelib esa 73,8 yoshni
tаshkil etgаn(3-rasm).
Quyidagi savollarga matn asosida javob bering.
6. 2018-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha dunyoda nechanchi
o‘rinda turadi?
Javob: _________________________
7. Quyidagi hukmlarni matn mazmunidan kelib chiqib to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini
aniqlang.
1991-yilda tug‘ilish ko‘satgichi hozirgi ko‘rsatgichdan ancha yuqori bo‘lgan.
A.
To‘g‘ri
B.
Noto‘g‘ri
8. Berilgan ma’lumotga aloqador vizual ma’lumotni toping.
2000-yilda erkaklarning o‘rtacha umr davomiyligi _______
A.
73.2 yosh
B.
70.8 yosh
D.
68.4 yosh
9. Matnda O‘zbеkistоn аhоlisining umr dаvоmiyligi ko‘rsatkichilarida ayollar va
erkaklar umr davomiyligi alohida berilganini sababini yozing.
Javob:______________________________________________________
10. O‘zbekiston aholisining o‘sishiga ta’sir qilgan omillarni aniqlang va yozing.
Javob:______________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |