Oʻzbekiston tarixi 31. Arablarning Movarounnahrga qarshi yurishiga kim boshchilik qilganini aniqlang.
A) Rofe ibn Lays B) Ubaydulloh ibn Ziyod
C) Qutayba ibn Muslim D) Hoshim ibn Hakim
32. Chingizxon boshliq mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurash olib brogan so‘nggi xorazmshoh qaysi javobda
ko‘rsatilgan?
A) Jaloliddin Manguberdi B) Alouddin Muhammad
C) Sultonshoh Mahmud D) Qutbiddin Muhammad
33. Movarounnahrlik muhandislar tomonidan Xonbandi suv ombori qaysi asrda barpo etilganini toping.
A) V asr B) XII a sr C) X asr D) VII asr
34. Buxoro xoni Ubaydullaxon qaysi yillarda Xorazmga hujum qilib, Xiva xonligini bo‘ysundirgan?
A) 1537-1538-yillar B) 1533-1534-yillar
C) 1530-1531-yillar D) 1536-1537-yillar
35. Xiva xonligida 1764-yilda kimlar
hokimiyatni vaqtincha o‘z qo‘liga olganlar?
A) eron safaviylari B) jung‘orlar
C) turkman yovmutlari D) Orolbo‘yi o‘zbeklari
36. Quyidagi manzillar qayerda joylashganini mos tartibda belgilang.
1) Baxshitepa qishlog‘i; 2) Qoryog‘di mahallasi;
3) Darvozai Mansur mahallasi.
a) Buxoro; b) Toshkent; c) Samarqand.
A) 1 – a; 2 – b; 3 – c B) 1 – c; 2 – b; 3 – a
C) 1 – b; 2 – c; 3 – a D) 1 – c; 2 – a; 3 – b
37. Podsho Rossiyasi vakillaridan qaysi biri quyidagi fikrlarni qayd etgan?
«O‘lkada eng kichik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqaruv ham harbiy boshliqlar qo‘lida».
A) S.M.Duxovskoy B) K.Palen
C) fon Kaufman D) F.Girs
38. Turkiston o‘lkasida 1910-yilda qaysi shaharda «Tarbiyai atfol» («Bolalar tarbiyasi») jamiyati tshkil etilgan?
A) Xorazmda B) Samarqandda
C) Farg‘onada D) Buxoroda
39. Quyidagi kitoblardan qaysi biri o‘zbek tilidagi ilk tarixiy asar sifatida shuhrat qozongan?
A) «Tarixi Turkiston» B) «Shajarayi turk»
C) «Tarixi jadidai Toshkent» D) «Shohizinda»
40. Quyidagi shaxslardan qaysi biri vazir Pir Ali Toz boshliq fitnachilar qo‘lida halok bo‘lgan?
A) Pirmuhammad B) Shohruh Mirzo
C) Husayn Boyqaro D) Abdulmo‘min
41. XVI asrning ikkkinchi yarmida Muhammad Islom, keyinchalik uning o‘g‘li Abubakr Sa’d qayerda shayxulislom lavozimida faoliyat ko‘rsatganini belgilang.
A) Xivada B) Qo‘qonda C) Buxoroda D) Toshkentda
42. Kushon davlatining birinchi hukmdori qaysi javobda ko’rsatilgan?
A) Vima Kadfiz B) Diodot C) Kanishka D) Kudzula Kadfiz
43. Qoraqalpoq adabiyotining asoschisi qaysi javobda keltirilganini toping.
A) Ajiniyoz B) Otash Olshinboy
C) Berdaq D) Kunxo‘ja Ibrohim
44. 8-9 yashar neandertal bolaning suyak qoldiqlari qayerdan topilgan?
A) Sopollitepa manzilgohi B) Teshiktosh g‘ori
C) Zarautsoy darasi D) Toshkent vohasi
45. Quyidagi davlatlardan qaysi biri mil. avv. III asrda paydo bo‘lib, Farg‘ona vodiysida joylashgan?
A) Kushon podsholigi B) Davan davlati
C) Qang‘ davlati D) Baqtriya podsholigi
Ona tili 46. U akalari bilan ariq qazib, suvsiz cho‘lga suv chiqaribdi. Yer ochib urug‘ sepibdi. Ko‘chat ekibdi. Hamma yoq ekinzor, bog‘-rog‘ga aylanibdi.