Ona tili o‘qitish metodiкasi


TAHLILDA SODDA GAP VA QO‘SHMA GAPLARNI



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet177/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

 
TAHLILDA SODDA GAP VA QO‘SHMA GAPLARNI 
FARQLASH VA IZOHLASH 
Sodda gap bilan qo‘shma gap o‘rtasidagi asosiy farq, birinchidan, 
ularning tuzilishiga ko‘ra bo‘lsa, ikkinchidan, ularni tashkil etgan 
qurilish materialining turliligidadir. 
Sodda gap birgina fikriy birlikdan tashkil topadi, qo‘shma gapda 
esa bir-biri bilan uzviy bog‘langan bir necha fikriy markaz bo‘ladi. 
Sodda gapning qurilish materiali so‘zlar yoki so‘z birikmalari bo‘lsa, 
qo‘shma gapning materiali sodda gaplardir. 
Birdan ortiq sodda gaplar mazmun va ohang jihatdan birikib, 
qo‘shma gapni tashkil etganda, shu sodda gaplarning mazmuni va 
grammatik mustaqilligi o‘zgaradi–ko‘pincha birinchi sodda gap 
(qism) mustaqilligini yo‘qotadi. Qo‘shma gap qismlari (sodda gaplar) 
bir-biri bilan bog‘langandagina to‘la mustaqil gap tusiga kiradi. 
Demak, qo‘shma gap alohida sodda gaplardan emas, balki mazmun va 
grammatik jihatdan biri ikkinchisiga bog‘liq qismlar (sodda 
gaplar)dan tashkil topadi. 
Sodda gapda bilan qo‘shma gap o‘rtasidagi eng asosiy va muhim 
fikrlardan yana biri shuki, sodda gap birgina predikativ (fikriy) 
markazdan tashkil topadi, qo‘shma gapda esa bunday markaz kamida 
ikkita bo‘ladi. 
Sodda gap bir yoki birdan ortiq uyushiq kesim bir egaga yoki, 
aksincha, bir necha ega bir kesimga bog‘lanib, shu gapni tashkil 
etuvchi asosiy markaz sanaladi.
Masalan: 
1. Qishloq ustida kishiga huzur beruvchi tong shabadasi 
g‘ir-g‘ir esmoqda (H.Nu’mon). 2. Qo‘ng‘iroq chalindi va dars 
boshlandi. 


298
Birinchi gap–sodda gap, ikkinchi gap esa qo‘shma gap, aniqrog‘i, 
bog‘langan qo‘shma gapdir. Birinchi gapda bir fikr markazi bor, 
ikkinchi gapda ikki fikr markazi mavjud; birinchi gapda ega va kesim 
bittadan, ikkinchi gapda ikkitadan. 
Qo‘shma gap tarkibidagi qismlar bir-biriga turli vositalar 
yordamida bog‘lanadi. Umuman, qo‘shma gap qismlari o‘zaro 
yordamchi so‘zlar, nisbiy so‘zlar, so‘z shakllari, ohang va tartib kabi 
vositalar yordamida birikadi. Ohang bog‘lanishning hamma turida 
ishtirok etadi. 
Qo‘shma gap qismlarining mazmun jihatdan munosabati, ularning 
tuzilishi va birikishi yo‘llari xilma-xildir.
Endi yuqoridagi har ikki gapni sintaktik tahlil qilamiz. 
1. Qishloq ustida kishiga huzur beruvchi tong shabadasi g‘ir-g‘ir 
esmoqda
(H.No‘’mon). 
1. Darak gap. 2. Sodda gap, egasi mavjud gap. 3. His-hayajonsiz 
gap. 4. 
К
irish so‘z va undalma yo‘q. 5. Gap bo‘laklarini aniqlash: 
Qishloq ustida kishiga 
huzur beruvchi
tong 
shabadasi 
g‘ir-g‘ir 
esmoqda.
~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~
Tashqi ko‘rinish jihatdan bosh kelishik shaklida bo‘lgan 
qishloq 
va 
tong 
bo‘laklarining belgisiz qaratqich kelishigi shaklida ekanligiga 
alohida e’tibor talab qilinadi. Ularning shakli o‘xshasa-da, bosh 
kelishikdagi so‘zlar emasligini bajarayotgan sintaktik vazifasi va 
so‘roqlari ko‘rsatib beradi: 
namaning ustida? 
–qishloqning 
ustida, 
nimaning shabadasi?

tongning shabadasi.
2

Qo‘ng‘iroq chalindi va dars boshlandi. 
1. Darak gap. 2. Qo‘shma gap, bog‘langan qo‘shma gap. 3. His-
hayajonsiz gap. 4. 
К
irish so‘z va undalmalar yo‘q. 5. Gap bo‘laklarini 
aniqlash: 
Qo‘ng‘iroq chalindi 
va 
dars boshlandi.
Har ikki gapni tuzilishiga ko‘ra bir-biriga solishtirib ko‘raylik; 
ikkinchi gapda kesim ham, ega ham ikkitadan. To‘g‘ri, sodda gaplarda 
ham ega, kesim va ikkinchi darajali bo‘laklar ikki va undan ortiq 
holda qatnashishi mumkin. Lekin tuzilishiga ko‘ra sodda gap bo‘lsa 


299
ham, bir fikriy markazdan iborat bo‘lsa, demak, bunday bo‘laklar 
uyushgan bo‘laklar bo‘lib chiqadi. Ikkinchi gapda ega va kesim 
ikkitadan bo‘lsa-da, ular uyushgan emasalan, balki sodda gaplarning 
egasi va kesimidir, ular alohida fikr beruvchi qismlar (sodda gaplar)ni
hosil qilgan. 

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish