2.1. Ot so‘z turkumini o‘rgatishda o‘quvchilar nutqini o‘stirish
“Ot” mavzusini o‘rganish tizimi maqsadga yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, bunda shu so‘z turkumining umumlashtirilgan ma’nosi va grammatik belgilari aniq izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog’liqlikda o‘rganiladi, shuningdek, otdan nutqda to‘g’ri foydalanish va to‘g’ri yozish malakasini shakllantirish maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi.
Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o‘rganish vazifalari, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun material hajmi, ularni o‘rganish izchilligi belgilangan. 1) “ot” haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;
2) kim? so‘rog’iga javob bo‘lgan (shaxs bildirgan) otlardan nima? so‘rog’iga javob bo‘lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni bildirgan) otlarni farqlash ko‘nikmasini hosil qilish;
3) kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo‘yilgan nomlar va geografik nomlarni bosh harf bilan yozish ko‘nikmasini shakllantirish;
4) otlarda son (otning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi) bilan tanishtirish;
5) otlarni egalik qo‘shimchalari bilan to‘g’ri qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirish;
6) otlarning kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo‘shimchalarining yozilishi haqida malaka hosil qilish;
7) o‘quvchilar lug’atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirish;
8) so‘zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish.
2.2. Nutq − o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishdagi muhim vosita
Tafakkur til materiali yordamida nutqiy shakllantirilsa va bayon etilsagina muvaffaqiyatli o‘sadi. Tushuncha so‘zlar yoki so‘z birikmalari bilan ifodalanadi, shunday ekan, tushuncha til vositasi bo‘lgan so‘zda muhim aloqa materialiga aylanadi. Kishi tushuncha ifodalaydigan so‘z (so‘z birikmasi) ni bilsagina, shu tushunchaga asoslangan holda, tashqi nutqda fikrlash imkoniga ega bo‘ladi.
Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqini yaratadi. «Nutq tafakkur bilan chambarchas bog‘langandir. Nutq bo‘lmasa, tafakkur ham bo‘lmaydi, til materiali bo‘lmasa, fikrni ifodalab berib bo‘lmaydi». Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushunarli, sof, izchil, mantiqiy bo‘lishini ta’minlaydi. Tilni egallash shu tilning fonetikasini, lug‘at sostavini, grammatik qurilishini bilib olish, fikrni takomillashtirish uchun, tafakkurni o‘stirish uchun shart-sharoit hozirlaydi. Bilimlar, faktlar, har xil axborotlar tafakkurning ham, nutqning ham materialidir. Nutq tafakkur jarayonini o‘rganishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Grammatika va to‘g‘ri yozuv darslarida tilni maxsus o‘rganish bilan bolalar alohida tovush, bo‘g‘in, so‘z va gaplarni eshitishga va aytishga o‘rganadilar. Ular predmet, harakat, belgi bildirgan ko‘pgina so‘zlarni, shuningdek, tovush, harf, bo‘g‘in, o‘zak, so‘z, so‘z yasovchi, forma yasovchi, qo‘shimcha, so‘z turkumi, ot, sifat, son, fe’l, olmosh, bog‘lovchi, gap, gap bo‘lagi, bosh bo‘lak, ikkinchi darajali bo‘lak, darak gap, so‘roq gap, undov gap; turlanish, bosh kelishik singari juda ko‘p yangi terminlarni bilib oladilar.
Natijada o‘quvchilarda quyidagi:
- Turli xil shakl va mazmundagi samarali og’zaki,va yozma va multimediyaga asoslangan muloqotni anglash, boshqarish va ijod qilish;
- Turli xil shakillarda va vositalar orqali axborotlarni tahlil etish, baxolash, boshqarish hayrixoh bo‘lish; turli xil istiqbollarga e’tibor bilan qarash;
- Jamoada ishlay olish va yetakchilik qobilyatlarini namoyon etish; turli xil roller va ma’sulyatlarni qabul qila olish;boshqalar bilan birgalikda samarali mehnat qila olish; boshqalarga hayrixoh bo‘lish; turli xil istiqbollarga e’tibor bilan qarash kabi hayotiy ko‘nikmalarning shakllanishi kafolatlanadi.
2.3. O‘quvchilar nutqini o‘stirishning boshqa o‘quv predmetlari bilan bog’liqligi
O‘quvchilar nutqini o‘stirish boshqa o‘quv predmetlaridan o‘tkaziladiga mashg‘ulotlar bilan ham uzviy ravishda bog‘lanadi. Ona tili darslarida o‘quvchilar til yordamida tabiat va kishilar hayoti haqida bilim oladilar: ular kuzatishni, o‘ylashni va ko‘rganlari, eshitganlari, o‘qiganlari haqida to‘g‘ri bayon qilishni o‘rganadilar. Ona tili darslari bolalar lug‘atini boyitishga samarali yordam beradi, nutqni to‘g‘ri tuzishni o‘rgatadi.
O‘qish darsi va u bilan bog‘liq holda olib boriladigan kuzatish, ekskursiya o‘quvchilarga tabiat hodisalari, kishilar hayoti va mehnati haqida, axloq qoidalari, boshqa kishilar bilan muomala normalari haqida bilim beradi; bu darsda bolalar nutqiga, uni shakllantirish va o‘stirishga keng imkoniyat mavjud.
Xulosa
Nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida, ayniqsa, bolalarning badiiy asarlarni o‘qib, hikoya qilib berishlariga katta ahamiyat beriladi. Badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berishga o‘rgatish va ularni sahnalashtirish, she'rni yod oldirish o‘qituvchiga katta mahorat va mas'uliyat yuklaydi. Muallif tomonidan badiiy asar mazmuni qanchalik yorqin ifodalangan bo‘lsa, unda ishtirok etuvchilarning nutqlari (gaplari) bolalarga ifodali, mazmunli yetkazilsa, u bolalarni hayajonlantiradi, his-tuyg‘ularining rivojlanishiga, asar qahramonlari bilan bo‘ladigan voqealarning uzoq esda saqlanishiga, lug‘atining boyishiga hamda nutqining grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllanib borishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Bolalar hech qanday qiyinchiliksiz o‘qituvchining asar yuzasidan bergan savollariga javob bera oladilar, ayrim so‘zlarni, jumlalarni takrorlaydilar, qahramonlarning ijobiy va salbiy tomonlarini xarakterlab beradilar, o‘qituvchiga taqlid qilib, ularning ovozini o‘xshatishga harakat qiladilar.
Yuqori saviyada yozilgan badiiy asarlar bolalarning nutq normalarini (me'yorlarini) muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlariga hamda tilning emotsional tomonlarini his etish qobiliyati rivoj¬lanishiga, og‘zaki nutqning intonatsion ifodaliligi shakllanishiga ta'sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |