Qo`shma gap sintaksisini o`qitish metodikasi.
9-sinfda ona tili o`qitishda 68 soat vaqt ajratilgan bo`lib, shundan 5 soati kirish va takrorlash, 6 soati qo`shma gaplar tasnifi, 6 soati teng bog`lovchili qo`shma gaplar, 8 soati ergashtiruvchi bog`lovchili qo`shma gaplar, 5 soati yuklamali qo`shma gaplar, 7 soati nisbiy so`zli qo`shma gaplar, 8 soati faqat ohang vositasida bog`langan qo`shma gaplar, 6 soati tobe gaplar va gap bo`laklari, 2 soati murkkab sintaktik butunliklarni o`rganishga, qolganlari esa takrorlash va ijodiy yozma ishlash o`tkazishga ajratilgan. O`qituvchi sharoitga qarab katta mavzularga ajratilgan soatlarni kamaytirishi yoki ko`paytirishi mumkin.
Kirish va takrorlash soatlari dunyo tillari orasida o`zbek tilining o`rni, tillar oilalari, turkiy tillarning asosiy guruhlari, o`zbek tilning bu oiladagi o`rni, sodda gap yuzasidan 8-sinfda egallangan bilimlarni takrorlash hamda qo`shma gap sintaksisini o`rganishga bag`ishlanadi.
Qo`shma gap sintaksisini o`rganish “Qo`shma gap turlari” mavzusini o`zganish bilan boshlanadi. O`quvchilar berilgan gap juftlarini sodda gaplar va qo`shma gaplar kabi guruhlarga ajratish, qo`shma gapning asosiy belgisini aniqlash orqali (gap tarkibida ikki va undan ortiq shakllangan kesimning mavujdligi) 5-sinfda o`rganilgan bilimlarni xotirada tiklaydilar.
Shundan so`ng qo`shma gapning bog`lovchi vositalar asosida tasnif beriladi. Ular berilgan matnni tahlil qilish, nutqdagi gaplarni sodda gaplar va qo`shmaga ajratish orqali qo`shma gaplarni ikki sodda gapli qo`shma gaplar va ikkitadan ortiq sodda gapdan tuzilgan qo`shma gaplarda ajratadilar. Matnni tahlil qilish natijasida “Agar qo`shma gap iki sodda gapdan iborat bo`lsa, oddiy qo`shma gap, uch va undan ortiq sodda gaplardan iborat bo`lsa, murukkab qo`shma gap sanaladi” –degan xulosaga keladilar.
Darsning keyingi bosqichlarida o`sha berilgan matn yana qayta o`qilib, undagi gaplarni teng bog`lovchili qo`shma gaplar va ergashtiruvchi bog`lovchili qo`shma gaplarga ajratish topshirildi. Bu bilan o`quvchilar 7-sinfda teng bog`lovchilar va ergashtiruvchi bog`lovchilar xususida olgan bilimlarini xotirada tiklaydilar va bog`lovchilardan qaysilar qanday ma`no ifodalab kelayotganligini aniqlaydilar.
“Qo`shma gap turlari” mavzusini o`rganishda o`quvchilarga yuklamalar vositasida bog`langan qo`shma gaplar va ohang (yozuvda vergul) vositasida bog`langan qo`shma gaplar ham tavsiya etiladi.
Mazkur mavzu qo`shma gaplarni ularning tarkibiy qismlarini bog`lovchi vositalariga ko`ra necha turga ajratish mumkinligi haqida umumlashma hosil qilidirish bilan yakunlanadi. O`quvchilar mustaqil ijodiy mushohada yuritish natijasida qo`shma gaplarni ularning bog`lanish vositalariga ko`ra qo`yidagi besh turga ajratadilar:
Teng bog`lovchili qo`shma gaplar
ergashtiruvchi bog`lovchili gaplar
Yuklamali qo`shma gaplar
Nisbiy so`zli qo`shma gaplar
Faqat ohang yordamida bog`langan qo`shma gaplar.
Berilgan yangicha tasnif “Men borganda . . .”, “U kelgandan keyin . . .” tipidagi gaplarni qo`shma gaplar tarkibidan chiqarish va ularni kengaytirilgan birikmalar sifatida talqin etish imkoniyatini yaratadi.
Qo`shma gaplarning umumiy tasnifi berilgandan keyin ularning har birini alohida-alohida o`rganishga kirishiladi.
O`qituvchi “Teng bog`lovchili qo`shma gaplar” mavzusini o`tishda o`quvchilar e`tiborini yana matn tahliliga qaratadi. Matn ko`rilgach, uning mazmuni asosida savol-javob o`tkaziladi; matndagi gaplar: a) biriktiruv bog`lovchili qo`shma gaplar; b) ayiruv bog`lovchili qo`shma gaplar v) zidlov bog`lovchili qo`shma gaplarga ajratiladi; nuqtalar o`rniga teng bog`lovchilardan mosini qo`yib gaplarni ko`chirish topshiriladi; gaplarni galma-gal; goh, goh; dam, dam; hali, hali; ba`zan, ba`zan; bir zamon, bir zamon kabi bog`lovchilar bilan biriktirib, ma`noda qanday o`zgarish sezilganligini aniqlash; berilgan gaplarda nuqtalar o`rniga zidlov bog`lovchilarini qo`yib, gaplarni ko`chirish, murakkab qo`shma gaplardan 2-3 ta sodda gaplar, sodda gap juftlari yoki uchliklarini biriktirib, teng bog`lovchili qo`shma gaplar hosil qilish singari ijodiy-amaliy topshiriqlar bajariladi.
“ergashtiruvchi bog`lovchili qo`shma gaplar” mavzusi o`rganilar ekan, o`quvchilar e`tibori berilgan so`z birikmalrida hokim so`z va tobe so`zni aniqlash; so`z birikmalarini holli birikmalar, to`ldiruvchili birikmalar va aniqlovchili birikmalarga ajratish; berilgan qo`shma gaplarni kengaytirilgan birikmali sodda gapga aylantirish, matn tahlili asosida qo`llanilgan bog`lovchilarni:
1) sabab bog`lovchilari; 2) maqsad bog`lovchilari;
3) shart bog`lovchilari; 4) natija bog`lovchilari;
5) o`xshatish-chog`ishtirish bog`lovchilari kabi turlarga ajratish; gaplardagi shuning uchun bog`lovchisi bilan (va aksincha) almashtirish, ikkita sodda gap juftini shuning uchun, natijada, oqibatda, shu sababli, shu bois, -ki, chunki, zeroki, esa, deb, guyo bog`lovchilari bilan bog`lab qo`shma gaplar hosil qilish, ularning ma`naviy farqini qaysi qismga kiritayotganligini aniqlash singarilarga qaratiladi. Shundan so`ng-ki bog`lovchili qo`shma gaplar, agar bog`lovchili qo`shma gaplar, chunki bog`lovchili qo`shma gaplar, shuning uchun bog`lovchili qo`shma gaplar ustida alohida-alohida ish olib boriladi. Bu mavzularni o`rganishda shu vositalar bilan bog`langan qo`shma gaplarning o`qilish ohangi va imlosi ustida ish olib borish ham o`qituvchining diqqat markazida turmog`i lozim.
Teng va ergashtiruvchi bog`lovchilar vositasida bog`langan qo`shma gaplarda vergulning ishlatilishi o`zlashirilishi murakkab masalalardan biri bog`langanligi uchun ham bunday gaplar ustida mutassil ish olib borishga to`g`ri keladi. Mazkur mavzuni o`rganishda vergul tushirib qoldirilgan gaplarning vergulini qo`yish, berilgan gap qoliplari asosida gaplar hosil qilish, ergashtiruvchi bog`lovchilar vositasida bog`langan qo`shma gaplarda vergulning ishlatilishi sabablarini aniqlashni topshirish singari topshiriqlardan foydalanish mumkin. Chunonchi, 1) “sodda gap-, -ammo –sodda gap”; 2) “yo –sodda gap, yo –sodda gap”; 3) “sodda gap-, lekin –sodda gap”; 4) “yoki – sodda gap, yoki –sodda gap” singari gap” singari gap qoliplari berilgan bo`lsa, o`quvilar andazaga qarab gaplar hosil qiladilar va tinish belgilarining ishlatilish sababalarini tushuntiradilar.
Qo`shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarning o`zaro bog`lanish vositasiga ko`ra yana bir turi yuklama vositasida bog`langan gaplardir. Bu turdagi qo`shma gaplarni o`rganishdan oldin yuklamalar xususida 7-sinfda o`rganilgan bilimlar o`quvchilar xotirasida jonlantiriladi. Bu yuklamalarni qo`shimchasimon va so`zsimon yuklamalarga ajratadilar; ular vositasida berilgan sodda gap juftlarini biriktirib, qo`shma gap hosil qiladilar; yuklamalar qanday vazifa bajarayotgani xususida xulosa chiqaradilar.
Qo`shma gaplar tarkibida sodda gaplarni turli yuklamalar vositasida o`zaro bog`lash, bu yuklamalarning ma`no nozikligini aniqlash, nuqtalar o`rniga zarur yuklamani topib qo`yish, boshlanish qismi berilgan gaplarni yuklamalar vositassida bog`lab, mazmunan ularni davom ettirish, berilgan yuklamali qoliplar asosida qo`shma gaplar hosil qilish singari ijodiy-amaliy ishlar o`quvchilarni fikrlashga, berilayotgan bilimlarni puxta egallashga ko`maklashadi.
Yuklamalar vositasida bog`langan qo`shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi yuzasidan egallangan malaka va ko`nikmalarni takomillashtirish maqsadida berilgan qoliplar asosida qo`shma gaplar hosil qilish, tushirib qoldirilgan tinish belgini o`rniga qo`yib gaplarni ko`chirish singari amaliy topshiriqlardan foydalanish mumkin.
Shubhasiz, yuklamalar vositasida bog`langan qo`shma gaplarda tinish belgilarining ishlatishili bunday gaplarning o`qish ohangi ustida ishlashdan ajralmasligi lozim.
Qo`shma gaplarning yana bir turi nisbiy so`zli qo`shma gaplardir. Bunday gaplarning qo`shma gaplar qatoriga kiritilishi nisbiy so`zlarda shaxs, son, zamon ko`rsatgichlarining mavjudligi sanaladi.
“Nisbiy so`zli qo`ma gaplar” mavzusini o`rganishda asosiy e`tibor quyidagilarga qaratiladi:
nisbiy so`zlar vositasida bog`langan qo`shma gaplarda bog`lovchi vositalarni aniqlash;
bunday qo`shma gaplarda tinish belgilarini qo`g`ri qo`llashga o`rgatish;
nisbiy so`zlar vositasida bog`langan qo`shma gaplarning boshqa vositalar yordamida bog`langan qo`shma gaplardan farqini aniqlash;
nisbiy so`zli qo`shma gaplarni o`qishda ohangga rioya qilish;
berilgan sodda gap juftlaridan nisbiy so`zlar vositasida bog`langan qo`shma so`zlar hosil qilish;
nisbiy so`zlar vositasida bog`langan qo`shma gaplarning ma`noviy munosabatini aniqlay olish;
nisbiy so`zli qo`shma gaplarni ularning ma`nodoshi bilan almashtira olish.
Bu zaruriy bilim, malaka va ko`nikmalarni shakllantirish o`quvchilarning ijodiy fikrlashi, mustaqil aqliy faoliyat ko`rsatishini ta`minlash orqali amalga oshiriladi.
Berilgan qoliplar asosida nisbiy so`zli qo`shma gaplar hosil qilish ham eng samarali ish usullaridan biridir. Bu qoliplar sirasiga: 1) “Kim (-ki), o`sha”; 2) “Qancha, shuncha (o`shancha)”; 3) “Har kim, u (o`sha)”, 4) “Qanday, shunday”, 5) “Qay biri, o`shasi”; 6) “Qora shu (o`sha) er “; 7) “Nima, shu” kabilarni kiritish mumkin.
Faqt ohang vositasida bog`langan qo`shma gaplar haqida ma`lumot berilar ekan, gapda uyushiq bo`laklarining ohang vositasida bog`lanishi sodda gap juftlarining ohang vositasida bog`lanishi bilan qiyoslanadi. O`quvchilar uyushiq bo`laklari va sodda gap juftlari orasida vergulning qo`yilish sabablarini izohlaydilar.
Ma`lumki, yozma nutqda qo`shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar nafaqat vergul, balki ikki nuqta, nuqtali vergul, tire orqali ham bog`lanishi mumkin. Shuning uchun bir qator ijodiy-amaliy ishlar ana shu malaka va ko`nikmalarni mustahkamlashga qaratilishi lozim.
“Faqat ohang vositasida bog`langan qo`shmalar” mavzusini o`rganishda boshlanish qismi berilgan gaplarni davom ettirish, qoliplar asosida gaplar hosil qilish singari topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Qo`shma gaplar yuzasidan o`quvchilarning egallagan bilim, malaka va ko`nikmalarini aniqlash maqsadida test topshiriqlaridan foydalaniladi.
Test topshiriqlaridan namunalar:
Do'stlaringiz bilan baham: |