1.O`qish texnikasi (minut, so`z birliklari) Bolaning savodxonligi, yozma nutq belgilarini talaffuzda almashtirish ko`nikmasini aniqlash maqsadida kiritilgan. Bu parametr orqali o`quvchining notanish bo`lgan matnni ifodali o`qiy olish ko`nikmasi aniqlanadi. Bunda miqdoriy ko`rsatkich sifatida ifodali o`qish tezligi, ya`ni bir daqiqada berilgan matndan necha so`z o`qiy olish ko`rsatkichi olingan.
O`quvchi sinfdan-sinfga ko`chgan sari so`z miqdori ham, matnning murakkablik darajasi ham ortib boradi.
2.O`zgalar fikrini va matn mazmunini anglash malakasi. Bolaning bayon qilinayotgan o`zgalar fikrini hamda yozma matn mazmunini anglay olish darajasini aniqlash maqsadida kiritilgan. Bu parametr orqali o`zgalar fikrini va matn mazmunini anglash hamda uni og`zaki qayta bayon qila olish darajasida aniqlanadi.
3. Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi. (minut tugal fikr ifodalangan fikr) murakkab jarayon bo`lib, ona tili ta`limining maqsadi shu parametrda mujassamlashadi. O`quvchining ona tili ta`limi jarayonida egallagan ko`nikma va malakalari u yaratgan matnida o`z ifodasini topadi. Bu parametr bo`yicha ta`lim sifatining natijasini baholashda o`qituvchi tomonidan o`quvchi egallagan quyidagi ko`nikmalarning darajasi aniqlanadi;
a) fikrni mantiqiy izchillikda ifodalanganligini aniqlash;
b) fikrlash, mavzuning murakkablik darajasini aniqlash (sodda, murakkab, fahmiy-konkret, mavhum v.h):
v) tavsifning mavzuga muvofiqligini va tavsifning qiymatini aniqlash;
g) tavsifda tilning ifoda vositalaridan foydalanish darajasini aniqlash;
d) imloviy (yozma) savodxonlikning sifatini aniqlash.
UO`T maktabalarini bitiruvchi o`quvchilar “Ona tili” o`quv fanidan quyidagi bilim, ko`nikma va malakalarni egallashlari zarur;
Amaliy malaka va ko`nikmalar;
a) o`qish texnikasi bo`yicha: miqdoriy ko`rsatkich 9-sinfning oxirida bir daqiqada 120-130 so`z. Sifat ko`rsatkichlar-murakkab tipdagi ilmiy atama va ramzlarni to`g`ri talaffuz qila olish, ma`nosini anglagan holda to`g`ri va ravon o`qish:
b) o`zgalar fikri va matn mazmunini anglash malakasi bo`yicha: miqdoriy ko`rsatkich- 10 minatda 11-12 sahifa. Sifat ko`rsatkichlar
- og`zaki nutqning aniqligi, matn mazmuniga mos bo`lishi, to`g`ri va ravon ta`sirchan bo`lishi:
s) fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi bo`yicha; miqdoriy ko`rsatkich-12-14 gapdan iborat bo`lgan tugal matn (fikr ehtiyoji bilan bog`liq mavzu asosida) yaratish. Sifat ko`rsatkichlar-matndagi gaplarning mazmunan o`zaro bog`liqligi va aloqadorligi, ko`rsatilgan mavzu doirasida birlashishi, tinish belgilarini to`g`ri qo`yish, matndagi abzatslarnining yaxlitligi va fikr zichligini ta`minlash, o`rganilgan ifoda vositalarini o`rinli qo`llay olish va ularning uslubiy imkoniyatlaridan foydalan olish, ish qog`ozlari (ariza, ma`lumotnoma, ishonch xati, vakolatnoma, ixcham hisobot, axborot kabilar)ni yoza olish.
DTS talabiga ko`ra UO`T maktablarining 5-9- sinflarda “Ona tili” o`quv fanidan o`quvi fanidan o`quvchilar quyidagi nazariy bilim, ko`nikma vamalakalarni egallashlari zarur;
Fonetika, imlo to`g`ri talaffuz, tinish belgilari, harf va tovush:
har bir harf ifodalaydigan tovushlarni va o`zbek alifbosi sirasini, so`zlarni to`g`ri va ravon o`qishni bilish;
bosh harflarning ishlatilishida asosiy o`rinlar;
unli va undosh tovushlar, jarangli va jarangsiz undoshlar;
jarangli undoshlarni so`z oxirida va jarangsiz undoshlardan oldin o`qish va yozish qoidalari;
bo`g`in, so`zni bo`g`inlarga ajratish, bo`g`in va so`zning ko`chiriladigan qichmlari, so`z urg`usi;
gap ohangi, darak, so`roq, buyruq, undov ohanglari va darak, so`roq, buyruq, undov ohanglarida talaffuz etish va yozish;
xat boshi (abzats) haqida tushuncha;
so`z va uning ma`nosi. Darslik va kitoblarda ilova qilinadigan lug`atlardan, sahifa osti izohlardan foydalanish ko`nikmalari. So`zning ma`nodoshlari haqida ilk tasavvur;
imlo lug`ati, undan foydalanish ko`nikma va malakalari;
izohli lug`at haqida tushuncha;
grammatika: so`z tarkibi, o`zak va qo`shimcha. So`z yasovchi va so`z o`zgartiruvchi qo`shimchalar;
grammatika: mustaqil so`z turkumlari (fe`l, ot, sifat, son, ravish, olmosh) va yordamchi so`zlar;
fe`l: fe`lning ma`nosi va so`roqlari; bo`litshli va bo`lishli fe`llar;
ot: otning ma`nosi va so`roqlari, otning birlik va ko`plikda qo`llanilishi. Atoqli va turdosh otlar;
sifat: sifatning ma`nosi va so`roqlari;
olmosh: kishilik olmoshlari, I, II, III shaxs kishilik olmoshlarining birlik va ko`plikda qo`llanilishi;
yordamchi so`zlar: va, lekin, biroq, ammo, shuning uchun, bilan, uchun singari so`zlardan foydalanish;
nutq madaniyati, stilistika;
o`zbekcha nutqda senlash va sizlash (gapning egasi va kesimida bunday ma`noning ifodalanishi);
kishi nomlari, qavm-qarindoshlik nomlarida-jon,-xon,-oy,-bonu kabi hurmat va ehtirom qo`shimchalarining qo`llanilishi;
hurmat-ehtirom, do`q-po`pisa ohangi;
kishi nomlari, qavm-qarindoshlik nomlaridan oldin hurmat- ehtirom ifodalaovchi so`zlarni qo`llash, egalik qo`shimchalarining hurmat-ehtirom yaqinlik ma`nolarida qo`llanilishi;
matnda narsa-bumyu, shaxslarni atab keluvchi otlarni qo`llash va kishilik olmoshlari bilan almashtirish;
ayni bir fikr axborotni sodda va qo`shma gaplar bilan ifodalash,
til haqidagi umumiy ma`lumotlar;
adabiy nutq va so`zlashuv nutqi: adabiy nutqning yozma va og`zaki ko`rinishlari;
tillarning rang-barangligi; ko`p tillilik tushunchasi; tillarning bir-biriga ta`siri, so`zlarning bir tildan ikkinchi tilga o`tishi.
O`quvchilarning 9-sinfning oxirida bayon, insho, ish qog`ozlari, referat, ma`ruza, maqola, xabar, ma`lumotnoma yoza olishlari, yozma ish uchun material to`play bilishlari, to`plangan materiallarni tizimga sola olishlari, sodda va murakkab reja tuza olishlari, yozma ishga epigraf va ma`lum asardan sitatalar tanlay olishlari, qiziqarli epizod qo`sha olishlari, xat boshilarni to`g`ri belgilashlari, dialoglarni to`g`ri ajratishlari, uni tavsiflovsi so`zlarni bera olishlari gaplarni va matn parchalarini (murakkab sintaktik butunliklarni) o`zaro bog`lovchi leksik-grammatik vositalarni to`g`ri qo`llay olishlari, uslubiy sinonimlardan foydalana olishlari, murakkab sintaktik butunliklarning tarkibiy qismlarini to`g`ri shakllantira olishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |