«ona tili o`qitish metodikasi» fani


Talabalar ON dan toʻplaydigan ballarning namunaviy mezonlari



Download 2,01 Mb.
bet90/195
Sana15.09.2021
Hajmi2,01 Mb.
#175172
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   195
Bog'liq
Ona tili o`qitish metodikasi majmua

Talabalar ON dan toʻplaydigan ballarning namunaviy mezonlari













Koʻrsatkichlar











ON

ballari

maks







1-ON

2-ON

1.

Darslarda qatnashganlik darajasi. Ma’ruza darslaridagi faolligi, konspekt daftarining yuritililshi va toʻliqligi.







15




0-8

0-7

2.

Talabalrning mustaqil ta’lim topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarishi va oʻzlashtirish.



10


0-5

0-5

3.

Ogʻzaki savol-javoblar va boshqa nazorat turlari natijalari boʻyicha







10




0-5

0-5

Jami ON ballari










35




18

17


Talabalar JNdan toʻplaydigan ballar mezoni


T.r.

Koʻrsatkichlar

JN ballari

Maksimal

1-JN

2-JN

1.

Darslarga qatnashganlik va oʻzlashtirish darajasi. Amaliy mashg‘ulotlardagi faolligi, amaliy mashg‘ulot daftarlarining yuritilishi va holati.

15

0-8

0-7

2.

Mustaqil ta’lim topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi,. Mavzular boʻyicha uy vazifalarining bajarilishi va oʻzlashtirish darajsi.

10

0-5

0-5

3.

Yozma nazorat ishi yoki test savollariga berilgan javoblar.

10

0-5

0-5




Jami JN ballari

35

18

17


Yakuniy nazoratda “Yozma-test” tarzda oʻtkazilgan sinov boʻyicha baholash mezoni

YN “Yozma” shaklda belgilanib, 30 ballik tizimda baholash tarzida oʻtkaziladi. Yakuniy nazoratda “Yozma-og‘zaki” shaklida amalga oshirilganda, sinov koʻp variantli usulda amalga oshiriladi. Har bir topshiriq 0-5 ball oraligida baholanadi. YNda talaba maksimal 30 ball toʻplashi mumkin.

Varianda berilgan topshiriqlarning har biri uchun qoʻyilgan oʻzlashtirish ballari qoʻshilib, yig‘indi YN boʻyicha talabaning oʻzlashtirish bali hisoblanadi.


T/r

Koʻrsatkichlar

YaN ballari

maks

Oʻzgarish oralig‘i

1

Fan boʻyicha yakuniy yozma ish nazorati

6

0-6

2

Fan boʻyicha yakuniy test nazorati

24

0-24

Jami

30

0-30

YN “Yozma” shaklda belgilanib, 30 ballik tizimda baholash tarzida oʻtkaziladi. Yakuniy nazoratda “Yozma” shaklida amalga oshirilganda, sinov koʻp variantli usulda amalga oshiriladi. Har bir topshiriq 0-5 ball oraligida baholanadi. YNda talaba maksimal 30 ball toʻplashi mumkin.

Variantda berilgan topshiriqlarning har biri uchun qoʻyilgan oʻzlashtirish ballari qoʻshilib, yig‘indi YN boʻyicha talabaning oʻzlashtirish bali hisoblanadi.



ADABIYOTLAR ROʻYXATI


        1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 172 b.

        2. Karimov I. A. Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2009. – 40 b.

        3. Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: Oʻzbekiston. – 2017. – 32 b.

        4. Mirziyoyev Sh.Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak. T.: Oʻzbekiston. – 2017. – 104 b.

        5. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mars va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: Oʻzbekiston. – 2017. – 488 b.




  1. ASOSIY ADABIYOTLAR




  1. Yoʻldoshev q. va boshq. Adabiyot oʻqitish metodikasi. -T.: 1994.

  2. Toʻxliev B. Adabiyot oʻqitish metodikasi. –T.: “Yangi asr avlodi”, 2007.

  3. Toʻxliev B. Adabiyot oʻqitish metodikasi. –T.: A.Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi, 2012.




  1. QOʻSHIMCHA ADABIYOTLAR




  1. Zunnunov A. va boshq. Adabiyot oʻqitish metodikasi. -T.: “Oʻqituvchi”, 1992.

  2. Yoʻldoshev q. Adabiyot oʻqitishning ilmiy-nazariy asoslari. -T.: “Oʻqituvchi”, 1996.

  3. Rez Z. Ya. i dr. Metodika prepodavaniya literaturы. -Moskva: 1995.

  4. Adabiyot oʻqitish metodikasi. OʻUM, OʻzMU 2011.

  5. Axmedov B., Mirzo Ulugbek. Tarixiy-biografik qissa. Toshkent G.Gulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyoti, 1992.

  6. Zununov A.N., Hotamov J. Esonov. Maktabda adabiyot oʻqitish metodikasi. Toshkent, “Oʻqituvchi” 1993.

  7. Yoʻldoshev K. O.Madaev, A. Abdurrazoqov. Adabiyot oʻqitish metodikasi, dasturiy qoʻllanma. Toshkent, 1994.

  8. Matchonov S. Badiiy asar matni ustida ishlash. Til va adabiyot ta’limi, 2002, 2-son, 4-12 betlar.

  9. Mirqosimova M. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida epik asarlarni oʻrganish. Til va adabiyot ta’limi, 2003, 2-son, 28-33-betlar.

  10. Hamidov Z. Navoiy ijodidagi ayrim she`riy san`atlarni oʻrgatish xususida. Til va adabiyot ta’limi, 2003, 1-son,15-18-betlar.

  11. Zunnunov A. Adabiyot oʻqitish metodikasi. Toshkent, “Oʻqituvchi”, 1992.

  12. Husanboeva K. Chingiz Aytmatov va adabiyot darslarida mustaqil fikrlash. Til va adabiyot ta’limi, 2002, 2-son, 13-20-betlar.

  13. Boboev T. Adabiyotshunoslik asoslari. Toshkent “Oʻzbekiston”, 2002.

  14. Saidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiya mohiyati. Xalq ta’limi, 1999-yil 1-son.

  15. Inomxujaev S., A. Zunnunov. Ifodali o‘qish asoslari, Toshkent, "O‘qituvchi", 1978.

  16. Zunnunov A. va boshqalar. Adabiyot o‘qitish metodikasi, Toshkent, "O‘qituvchi" 1992.


Internet va ZiyoNet saytlari

        1. www.dersimiz.com

        2. www.ziyonet.uz


Kirish

Maktab ta`limi tarixida nimani o‘qitish va qanday o‘qitish masalalari asosiy muammolardan biri bo‘lib keldi va shunday bo‘lib qolmoqda. Bular garchi alohida-alohida masalalar sanalsa-da, ammo aslida bir-biri bilan chambarchas bog`langandir. Ta`lim samaradorligi ma`lum darajada ana shu ikki masalaning o‘z yechimini to‘g`ri topa olishi bilan belgilanadi.

O‘rta umumta`lim maktablarida ona tilidan o‘quvchilar nimani o‘rganishlari va nimalarni bilishlari lozimligi bugungi kunda ham hali uzil-kesil hal bo‘lgan masala emas. Chunki uzoq yillar davomida biz maktabda o‘rganiladigan barcha fanlar qatori ona tilidan ham mutlaq dastur va darsliklar yaratishni ma`qullab, uni tubdan yangilash, o‘zgartirishga qaratilgan har qanday harakatni qoralab keldik. Bu ona tilidan ta`­lim mazmunining deyarli bir nuqtada depsinishiga, 50-yillarda maktab darsliklaridan o‘rin olgan nazariy talqinlarning ayrim juz’iy o‘zgarishlar bilan yildan-yilga ko‘chirilishiga sabab bo‘ldi. Biz til hodisalarini o‘quvchining ijodiy fikrlashi, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og`zaki, yozma shakllarda to‘g`ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, talaffuz, imlo va punktuatsion savodxonlikka erishish nuqtai nazaridan kelib chiqib tanlashimiz lozim.
1-MA`RUZA: KIRISH. “ONA TILI O`QITISH METODIKASI” FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI. FANNING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI

(2 soat)

Reja:


  1. «Ona tili o`qitish metodikasi» fanning shakllanishi.

  2. «Ona tili o`qitish metodikasi» fanning maqsad va vazifalari.

  3. «Ona tili o`qitish metodikasi» fanning boshqa fanlar bilan aloqasi.

  4. «Ona tili o`qitish metodikasi» fanning ilmiy-tatqiqot metodlari.

Mustaqil O`zbekistonning ravnaqi uchun olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-ma`naviy sohalardagi keng ko`lamli ishlar, O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dastari» ta`limning barcha bo`g`inlarida ona tili o`qitishni ham tashkiliy, ham mazmuniy jihatdan qayta ko`rib chiqishni taqazo etadi.

O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi Qonunida ta`lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari belgilangan bo`lib unda ta`lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi: ta`limning uzluksizligi va izchilligi: umumiy o`rta, shuningdek, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limning majburiyligi: ta`lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi: davlat ta`lim standartlari (DTS) doirasida ta`lim olishning hamma uchun ochiqligi: ta`lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv: bilimli bo`lish va iste`dodni rag`batlantirish: ta`lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg`unlashtirish o`z ifodasini topgan.

Maktabda ona tilining o`qitilishi «Ta`lim to`g`risida»gi Qonunda belgilangan ana shu prinsiplarga tayanadi.

Modomiki, maktab ta`limida ona tili eng asosiy va etakchi o`quv fanlaridan biri ekan, oliy ta`limning bakalavr tizimida «Ona tili o`qitish metodikasi» xuddi shunday mavqeiga ega.

O`quvchi va talabalarni ona tili darslarida mustaqil ijodiy fikrlashga o`rgatish, ular ongiga ma`naviy-ma`rifiy inqilob hosil qilishga intilish lozim. Shuning uchun yangi dastur va darsliklarda grammatik qoidalarni yodlatishdan voz kechish, ijodiy tafakkur tarzini shakllantirish, dars va mashg`ulotlarni o`quvchi va talabalarning nutqiy malakasini yuzaga keltirishga qaratish maqsad qilib olindi.

Til o`qitishda til va nutq hodisalarining farqiga etmaslik ko`pgina chalkashliklarni keltirib chiqarmoqda. Til va nutq tushunchalarini bir-biridan ilmiy asosda farklash uni o`qitish metodikasi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Chunki til birliklarining grammatik belgilarni, birikuvini va vazifasini bilishning o`zi mazkur tildagi nutqni egallash uchun etarli emas. Asosiy maqsad tilning grammatik qurilishi asosida nutq faoliyatini egallash bo`lganligi sababli, mashg`ulot materiallarini tanlash, darslarni tashkil etish ishlari o`quvchi va talabaning nutqini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilishi lozim. Shuning uchun til ma`ruza orqali emas, balki nutq ko`rinishlarini tahlil qilish, so`z birikmasi va gap modellarni o`zlashtirish, esda saqlash orqali o`rganiladi.

Hozirgi dolzarb masalalardan biri o`zbek tilining kasb-hunar, ilm-fan va texnika tili sifatidagi lisoniy asosini kengaytirish, atamalarini boyitishdir. Uzoq yillar bu soha chetda qolib ketdi. Keyingi yillarda bu sohada burilish yuz berdi: tilimizning kasb-hunar va ilmiy-texnika tili va atamalarida katta o`zgarishlar sodir bo`ldi. Abadiy tilimizdagi mazkur yangilik va o`zgarishlarning asoslarini o`quvchi to`g`ri anglashini maqsad qilib, unda dastur va darsliklarda alohida o`rinlar ajratiladi.

«Ona tili» darslarida uzundan-uzoq, murakkab grammatik qoidalarni, «O`zbek adabiyoti» darslarida ijodkor hayotidagi o`tkinchi sana va voqealarini yodlashga majbur qilmasdan, balki ona tilida sof so`zlash, o`z fikrini to`g`ri ifodalay olish, san`atidan lazzatlanish, so`zdan zavqlanish ruhida ta`lim bermoq kerak. Ona tili adabiyot o`qitishdan pirovard natija – shu!

Shunday qilib, ona tili o`qitishning samarali bo`lishi ko`p jihatdan uni adabiyot bilan bog`lab olib borishga bog`liq, yoki aksincha. Aslida, ona tili adabiyot darslarida ham o`rganiladi. Masalan, badiiy asarning tilini tahlil etish davomida ba`zi grammatik shakllarning uslubiy ahamiyati, sinonimlarning nutqda tutgan o`rni va hokazo: o`quvchi va talabalar tilning turli ifoda vositalari bilan tanishib boradilar. Badiiy asar tili bo`yicha muayyan bir izchillikda olib borilayotgan ishlar o`quvchi va talabalarning so`z boyligini oshiradi va nutqini o`stiradi. Adabiy asarning tasviriy vositalari bo`yicha sinfda undan tashqari bajarilgan ishlar natijada o`quvchi va talabalar so`z haqida, uning turli nutq uslubidagi o`rni haqida kengroq tushunchaga ega bo`lib boradilar. Xilma-xil ifoda jilolari tilning estetik ta`siri va ahamiyatini chuqurroq anglashga yordam beradi. Ona tili o`rta maktab, akademik liceylar va kasb-hunar kollejlarida o`rganilayotgan barcha fanlarni po`xta o`zlashtirish uchun muhim «kalit» sanaladi. Til vositasida o`quvchi va talaba boshqa fanlarni o`rganadi. Barcha fanlar yuzasidan fikrni yozma va og`zaki ravishda bayon qilish orqali u o`z ona tilini ham mukammal o`rganib boradi.

Ma`lumki pedagogika institutlari va universitetlarining filologiya fakul`tetlari bakalavriyatini bitirib chiqadigan mutaxassislarning asosiy qismi o`zbek tili va adabiyoti fani o`qituvchisi sifatida umumiy o`rta maktabga boradi. Shu bois, bo`lajak mutaxassislar uchun «ona tili o`qitish metodikasi» fani etakchi fanlardan biri bo`lib, uning oliy o`quv yurtlarida o`qitilishi muhim zaruriyatdir.

«Ona tili o`qitish metodikasi» fanining oliy o`quv yurtlarida o`qitishi maktabda ona tili fanining tutgan o`rni bilan ham belgilanadi. «Ona tili» maktab ta`limi tizimida eng etakchi fanlardan biri bo`lib, jamiyat a`zolarini ijodiy fikrlashga, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og`zaki va yozma shakllarda bayon qilishga o`rgatadi.

«Ona tili o`qitish metodikasi» pedagogik sikldagi fanlardan biri bo`lib, u didaktika bilan uzviy bog`langan va xususiy didaktika sikldagi fanlardan biri sanaladi. Chunki umumiy didaktikaning barcha masalalari bevosita xususiy didaktika, shu jumladan, ona tili ta`limi bilan bevosita aloqadordir. Ta`limning umumdidaktik asoslaridan xabardor talaba «O`zbek tili o`qitish metodikasi» fanini osonlik bilan o`zlashtiradi.

“Ona tili o`qitish metodikasi” o`ziga xos mustaqil fan sanaladi. Chunki bu fan maktabda ona tili “Nima uchun o`qitiladi?”, “Nega shunday o`qitiladi?”, “Nima o`qitiladi?”, “Qanday o`qitiladi?”, “Ona tili ta`limi qanday tashkiliy shakllar vositasida amalga oshiriladi?” degan savollarga javob izlaydi.

«Ona tili o`qitish metodikasi» fanining obekti, predmeti, maqsadi va vazifalari. «Ona tili o`qitish metodikasi» pedagogik sikldagi fan sifatida o`zining ilmiy tadqiqod obekti, predmeti, maqsadi va vazifalariga ega.

Ona tili ta`limining samaradorligini oshirish, o`quvchini ta`lim jarayonining obektiga aylantirish, o`quvchilarning egallagan bilim, ko`nikma va malakalarini bilishning qo`lay yo`llarni aniqlash, ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning samarali tashkil etish singarilar bu fanning ilmiy tadqiqot obekti bo`lib sanaladi.

«Ona tili o`qitish metodikasi» fanining predmeti esa maktabda ona tili o`qitish jarayonidir. Bu jarayon:

a) ona tilidan o`quvchilarga beriladigan zaruriy bilimlar silsilasi;

b) shu bilimlarga muvofiq keladigan ko`nikma va malakalar tizimi;

s) ijodiy faoliyat usullari;

d) o`qituvchi va o`quvchi faoliyatini o`z ichiga qamrab oladi.

Ona tilidan zaruriy bilimlar silsilasi bu bir-biriga uzviy bog`liq bo`lgan va o`quvchilar egallashi zarur bo`lgan til materiallari-tushunchalar, qoidalar, ta`riflar, o`quv topshiriqlarini o`z ichiga qamrab oladi.

Zaruriy malaka va ko`nikmalar tizimi deganda egallagan bilimlarni amaliy faoliyatda qo`llashga qaratilgan harakat va bu harakatlarning odatda aylanishi tushiniladi.

Ijodiy faoliyat usullari til hodisalarini guruhlash, ularni qiyoslash asosida o`xshash va farqli tomonlarini aniqlash, umumlashtirish va xulosalar chiqarish kabilarni o`z ichiga qamrab oladi.

O`qituvchi faoliyati til materiallarini tanlash va uni o`quvchiga berish usullaridan tortib, ularning o`quv mehnatini tashkil etish, egallangan bilim, malaka va ko`nikmalarni baholashga qadar bo`lgan barcha jarayonlarni o`z ichiga oladi.

O`quvchi faolyati deyilganda egallangan bilimlarni ularga tanish va notanish sharoitlarda qo`llash, shu asosda malaka va ko`nikmalar hosil qilishga qaratilgan harakatlar yig`indisi tushiniladi.

Ona tili ta`limi jarayonida bilim oluvchi (o`quvchi) va bilim beruvchi (o`qituvchi) faoliyatlari o`zaro qo`shilib bir butunlik hosil qiladi.

Oliy o`quv yurtlarining yuqorida tilga olingan har ikki ixtisosligida «Ona tili o`qitish metodikasi»ni o`rganishning zaruriyati maktab ta`lim tizimida ona tili fanining tutgan o`rni bilan belgilanadi. Modomiki, O`UT tizimida «Ona tili» o`quv fani sifatida asosiy va markaziy o`rinni egallagan ekan, o`z-o`zidan ravshanki, malakali ona tili o`quvchilarni tayyorlash hayotiy zaruriyatdir.

«Ona tili o`qitish metodikasi» kursi quyidagi vazifalarni o`z zimmasiga oladi.



  • talablarni oan tili o`qitish metodikasining tarixi bilan tanishtirish;

  • «Ona tili» o`qitish dasturlari va darslarining tarixiy taraqqiyot yo`li xususida ma`lumot berish;

  • O`zbekiston mustaqilligi sharoitida maktab ona tili ta`limining maqsadli, mazmuni va usulini yangilash bilan bog`liq belgan masalalar yuzasidan bo`lajak o`qituvchilarni xabardor qilish;

  • ona tili ta`limining o`quvchilarda mustaqillik, ijodiy fikrlash, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og`zaki va yozma shakllardan to`g`ri, ravon ifodalash ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qarab burish imkoniyatlarini bilan tanishtirish;

  • ona tilining har bir satxi doirasida o`quvchilarga beriladigan zaruriy bilim, egallanadigan malaka va ko`nikmalar majmuasi bilan tanishtirish;

  • O`quvchini dars jarayonining sub`ektiga aylantiradigan eng qo`lay va samarali yo`llaridan foydalanishga o`rgatish;

  • ona tilidan olingan bilim, hosil qilingan malaka va ko`nikmalarning natijasini reyting tizimida baholash yo`llarini o`rgatish;

Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar tizimi bilan tanishtir. Demokratik jamiyat qurishning eng muhim masalalaridan biri insonning yangicha paydo bo`layotgan tafakkurini jamiyatning demokratik tamoyillariga tayangan holda rivojlantirishga qaratilgan bo`lishi lozimligini davr ko`rsatmoqda. Prezidentimiz I.A. Karimovning tashabbuslari bilan «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Uzluksiz ta`lim tizimi uchun davlat ta`lim standartlarini ishlab chiqarish va joriy etish to`g`risida»gi qarori va boshqa bir qator muhim hujjatlarning qabul qilinishi yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirishga qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Matbuot va ommaviy axborot vositalarida qayd etilishicha, XXI asr psixologiya, pedagogika, gumanitar, ijtimoiy-siyosiy singari insonshunoslik fanlarida bo`ladigan yirik ixtiro va yangiliklar asri bo`lishi kutilmoqda. Buni esa, dunyoning globallashuvi va axborot kommunikatsiyalarining rivojisiz tasavvur etish qiyin, albatta.

Xo`sh, axborot texnologiyalarining rivoji gumanitar, aniqrog`i, «Ona tili o`qitish metodikasi» fani oldiga qanday vazifalarni yuklashi mumkin?

Buning uchun, avvalo, ta`limning hozirgi davrdagi maqsad va vazifalarini belgilamay turib, zamon talabiga mos bo`lgan ijodiy tafakkur sohibini yetishtirib bo`lmaydi. Uni amalga oshirish, birinchi navbatda, bo`lajak o`qituvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishni talab etadi. Oliy maktabning filologiya yo`nalishi bo`yicha ta`lim olayotgan talabalarning bu boradagi ko`nikma va malakalarini shakllantirish «Ona tili va adabiyotni o`qitish metodikasi» fanlari zimmasiga tushadi. Chunki umumiy o`rta ta`limdagi o`qitish jarayonini mantiqiy fikrlash asosida tashkil etish, hozirgi kun muammo va talablari bilan uyg`unlashib ketgan. Qolaversa, bu talab DTSning asosiy prinsiplariga tayangan holda ish ko`radi.

Ma`lumki, muhtaram Prezidentimizning «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida quyidagi fikrlar bildirilgan edi: «…birinchi galda taraqqiyotimizning har bir yo`nalishi – jamiyatimizdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy munosabatlarning rivoji haqida maxsus darsliklar, qo`llanmalar, ommaviy adabiyotlar yaratish zarur» .*

Umumiy o`rta ta`lim maktablarida ona tili asosiy fan sanalganligi kabi oliy ta`limning mazkur yo`nalishida ta`lim olayotgan talabalarga «Ona tili o`qitish metodikasi» asosiy o`quv fani sifatida o`tilishi lozim. Chunki filologiya yo`nalishini tamomlagan yoshlarning 80%idan ortiqrog`i umumiy o`rta hamda kasb-hunar ta`limi maskanlarining ona tili va adabiyot fanlari o`qituvchilari bo`lib ishlashi aniqdir.

Nazarimizda, bor imkoniyatlarni ishga solgan holda jahon standarti talablariga to`la-to`kis javob beradigan ona tili va adabiyot o`qituvchisini tayyorlab berish ishida quyidagilarga e`tibor qaratish lozim bo`ladi:

-Dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ish olib borish;

-O`qitishning texnik vositalaridan unumli foydalanish;

-Dars o`qitishning noan’anaviy shakllaridan xabardor bo`lish;

-Yozma ishlar uchun matnlar tayyorlash jarayonida o`quvchilarning fiziologik holati va qiziqishlarini hisobga olish;

-Tilshunoslik, adabiyotshunoslik, pedagogika, psixologiya singari fanlarga oid yangiliklardan doimo xabardor bo`lish, fanlararo bog`lanishni tashkil qilish;

-Ona tili darslarida muammoli vaziyat yaratish usullaridan foydalana bilish;

-O`qituvchi va talaba orasidagi ikki tomonlama samarali muloqotni tashkil eta bilish;

-O`quvchining dars davomida mustaqil va erkin faoliyat ko`rsata olishi uchun imkoniyat yarata olish;

-Tilshunoslikka oid nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llay olish;

-Mavzuga oid asosiy va qo`shimcha adabiyotlarni tanlay bilish;

-Didaktika va psixologiyaga oid zaruriy bilimlarga ega bo`lish;

-Tahlil etilayotgan materiallarni bir-biridan ajratish, qiyoslash barobarida ularni sabab va harakat, oqibat va asos shaklida ham qarama-qarshi qo`ya olish.


  • Xullas, XXI asr o`qituvchisi yangiliklarni tez ilg`ay oladigan hamda o`qitishning noan’anaviy usullaridan xabardor va eng muhimi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar yutug`idan samarali foydalanishga tayyor holda amaliy hayotga yo`llanma olishi zarurligini alohida ta`kidlamoqchimiz. Bo`lajak o`qituvchilarni bu jarayonga tayyorlashda «Ona tili o`qitish metodikasi» fanining o`rni beqiyos.

«Ona tili o`qitish metodikasi fanning boshqa fanlar bilan aloqasi. «Ona tili o`qitish metodikasi» fani falsafa, tilshunoslik siklidagi fanlar, didaktika, ruxshunoslik bilan uzviy bog`liqdir. Demak, maktabda «Ona tili» o`quv fanidan dars beriladigan etuk mutaxassis bo`lishi uchun u shu fanlarni po`xta bilishi zarur.

«Ona tili o`qitish metodikasi» fanining falsafa bilan aloqadorligi. «Ona tili o`qitish metodikasi» xususiy pedagogik sikldagi fan bo`lganligi uchun ham, ijtimoiy fanlar guruxiga kiradi va ijtimoiy fanlarning asosini tashkil etadigan falsafa bilan chambarchas bog`langan. Mazkur fanning falsafa bilan aloqadorligi ona tilining maqsad va vazifalarini tushunishingizga, bu fanning ta`lim mazmunini to`g`ri belgilashingizga, o`quvchi faoliyatini to`g`ri uyushtirishingizga, o`qitishning eng samarali metod, vosita va usullarini tanlashingizga, faoliyat mahsulini nazorat qilishingizga yordamlashadi.

O`quvchiga o`z ona tilini o`rgatish tafakkur bilan chambarchas bog`langan. Chunki til hodisalarining o`quvchi ongida voqealanishi tafakkur orqali yuzaga chiqadi. Til tafakkurning aloqadorligi ona tili darslarida ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalash muammosini hal qilishga ko`maklashadi.

Ma`lumki, falsafada har bir umumiy tushuncha yakka, juz`iy tushunchalar yig`indisidan tashkil topadi, degan qoida mavjud. Ona tili mashg`ulotlarida o`quvchi faoliyatini tashkil etishda ham biz xuddi shu qoidaga asoslanamiz. Muayyan bo`laklarga ajratilgan til hodisalarini kuzatish, ularning birini ikkinchisi bilan taqqoslash orqali o`quvchi umumiy ta`rif, qoida va xulosalarga keladi.

Falsafa fikrlash va rivojlanishni o`zaro uyg`unlikda qaraydi. Sharqning buyuk enseklopedist olimlari (Abu Rayxon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Umar Hayyom, Abu Ali ibn Sino v.b.) rivojlantirishni fikrlashning mahsuli deb biladilar. Masalan, Umar Hayyom o`zining «Matematik traktatlari»da «Ozgina o`yla, o`zing topasan», «Ozgina fikrla, bilib olasan» singari xitoblari orqali ma`lumdan noma`lumga borish g`oyasini ilgari surgan.

Til materiallari o`quvchi tomonidan ijodiy fikrlash orqali egallagan bo`lsa, u amaliy ahamiyatga molik bilim, ko`nikma va malakalar bo`lib sanaladi.

Shuni unutmaslik lozimki, til hodisalarining mohiyatini anglash, ular orasidagi o`xshash va farqli tomonlarini aniqlash, til imkoniyatlaridan nutqiy faoliyatda foydalanish singari zaruriy malakalar ijodiy fikrlash orqali ro`yobga chiqadi.

«Ona tili o`qitish metodikasi» fanining tilshunoslik fanlari bilan aloqasi. «Ona tili o`qitish metodikasi» garchand pedagogik sikldagi fan sanalsa-da, ammo uning ilmiy asosini tilshunoslik fanlari tashkil etadi. Til ilmi sohasida qo`lga kiritilgan har bir ilmiy yutuq, shubhasiz, maktab ona tili kursining mazmuniga ta`sir ko`rsatadi: zaruriyat tug`ilganda uni yangilash yuzaga keltiradi. Ayni vaqtda shuni ham unutmaslik lozimki, tilshunoslikda fan erishgan barcha yutuqlarni umumiy o`rta maktab o`quvchisiga o`rgatishning iloji yo`q hamda bunga extiyoj ham sezilmaydi. Modomiki, shunday ekan, «Ona tili o`qitish metodikasi» fani ana shu til ilmi sohasida qo`lga kiritilgan yutuqlardan nimani ajratib olib o`quvchiga o`qitish lozimligini ham hal qiladi.

Maktab ona tili kursi o`zbek tili fonetikasi, leksikasi va grammatikasidan zaruriy ma`lumotlarni o`quvchilarning yoshi va taraqqiyot darajasiga mos ravishda ularga etkazishga xizmat qiladi.

Til bir butun tizim bo`lganligi sababli, maktab ona tili kursining bir bo`limi ikkinchisi bilan chambarchas bog`langan. Chunonchi, tilning tovush tizimi o`rganilar ekan, ayni vaqtda so`z va uning ma`nolari, gapda so`zlarning aloqaga kirishi xususida ham ma`lumot beriladi. Leksika va grammatika bo`limlari o`rganilar ekan, fonetikadan berilgan bilim, ko`nikma va malakalarga tayanib ish ko`riladi.

Maktab ona tili ta`limi nafaqat «Hozirgi zamon o`zbek tili» kursi, balki umumiy tilshunoslik, til tarixi, shevashunoslik singari fanlar bilan ham aloqador. Til tarixidan xabardor o`qituvchi mumtoz adabiy asarlarning til xususiyatlari ustida ishlay oladi, dialektologiyani bilgan o`qituvchi esa adabiy til bilan shevani qiyoslab, nutqdagi dialektal xatolarning olidini olishi yoki bartaraf etishi mumkin.

«Ona tili o`qitish metodikasi» fani nutq madaniyati bilan ham aloqador. Zero nutq madaniyati asoslarini po`xta bilgan o`qituvchilar o`quvchi nutqi ustida samarali ishlay oladi.

«Ona tili o`qitish metodikasi» fani ifodali o`qish adabiyotshunoslik fanlari bilan ham bog`liqdir.

«Ona tili o`qitish metodikasi» fanining didaktika bilan aloqasi. Ma`lumki, ta`lim jarayonining umumiy va xususiy tomonlari bor. Ta`limning umumiy tomonini umumiy didaktika, xususiy tomonini xususiy didaktika urganadi.

Umumiy didaktika ukituvchi va ukuvchi faoliyatining o`zaro ta`sirini o`rganadi, va u barcha o`quv fanlari uchun aloqadordir. «Ona tili o`qitish metodikasi» umumiy didaktika bo`yicha o`rganilganlarni oydinlashtiradi: ya`ni umumiy didaktikadan o`rganilgan ta`lim maqsadi qonuniyatlari, tamoyillari, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy shakllarning ona tilini o`qitish jarayonida voqealanishini aniqlaydi.

Modomiki, shunday ekan. «Ona tili o`qitish metodikasi» fani didaktikasiga tayanib ish ko`radi. Chunonchi, ona tili o`qitish tamoyillari yoki metodlari xususida fikr yuritilar ekan, avvalo umumdidaktik prinsiplar va meodlar, keyin xususiy prinsiplar va metodlarga to`xtalishga to`g`ri keladi.

«Ona tili o`qitish metodikasi» fanining psixologiya bilan aloqasi. Ta`limni tashkil etish, o`qitish bola psixologiyasi bilan chambarchas bog`langan. Bu aloqadorlik avvalo o`quvchilarning yoshi va shaxsiy xususiyatlari bilan bog`liq. O`rganilgan til hodisalarini qiyoslash yoki ularni o`xshash va farqli tomonlariga qarab guruhlash, umumlashtirish, hukm va xulosalar chiqarish shaxsning aqliy faoliyati bilan bog`liq bo`lib, xotira, tafakkur, xayol singari individual psixik xususiyatlarga tayanadi. Shuning uchun o`qituvchi o`quvchilarning shaxsiy psixik xususiyatlarini bilishi va unga tayanib ish ko`rishi lozim.

Akademik Pavlovning assosatsiyasi (aloqa bog`lanish) haqidagi ta`limoti ona tili ta`limida muhim o`rin egallaydi. Agar til hodisalari orasidagi aloqadorlikka asoslanilmasa, o`quvchi tilni bir butun sistema sifatida qabul qila olmaydi. Yangi o`quv materialni oldin o`rganilganlar bilan bog`lash bilimlarni tamomila yangi sharoitda qo`llash imkoniyatini beradi. Bu esa ijodiy faoliyat ko`rsatish uchun asosdir.

Hozirgi zamon psixologiyasi bilim olishda extiyojni zaruriyat deb biladi. Bu ta`limot ona tili mashg`ulotlarida ham muhim ahamiyat kasb etadi. O`quvchi o`z so`z zaxirasini oshirishga, so`zdan foydalanishga, har xil nutqiy vaziyatlarga ehtiyoj sezmasa, tilni o`rganishga qiziqmaydi, unga zururiyat sezmaydi.

Psixologik nuqtai nazardan shaxsning o`z ona tilini bilishi uni rivojlantirish imkoniyatini beradi. Tevarak-atrofdagi kishilar bilan muloqot, dars jarayonida tuzilgan og`zaki va yozma matnlar, o`tkaziladigan savol-javoblar rivojlanishni ta`minlovchi omillardir.

Ona tili ta`limining hozirgi bosqichida-test topshiriqlariga talab oshgan bir davrda-o`quvchilarda kom`pyuter bilan ishlash pisxologiyasini tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Bu dars mashg`ulotlarida kom`pyuter xizmatidan uzluksiz foydalanish orqali qo`lga kiritiladi.

Ma`lumki, ehtiyojlar insonni ma`lum yo`nalishda ongli ravishda harakat qilishga undaydi. Bundan asosiy maqsad odamlar bilan hamkorlik qilishi, muloqotga kirishishi bo`lib sanaladi. Muloqot vaziyatida inson til, imo-ishora, yuz ifodasi, qo`l harakatlari va muayyan ramziy belgilar vositasida boshqa odamlar bilan aloqa o`rnatadi. Bu vositalardan kerakligini tanlab olish «Psixologiya» fanining ham, «Ona tili o`qitish metodikasi» fanining ham vazifasidir.



Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish