23-Variant
1. Agar dengiz tubiga exolotdan yuborilgan tovush 6 sekunddan keyin qaytgan bo‘lsa, dengiz chuqurligi qancha bo‘ladi?
A) 3000 m B) 9000 m C) 4500 m D) 6500 m
2. Sirdaryo viloyatining qaysi shaharlarida sopol quvurlar, yuqori bosimga chidamli quvurlar ishlab chiqariladigan zavod qurilgan?
A) Guliston B) Xovos C) Yangiyer D) Shirin
3. Yevropada qaysi davlat YIM va sanoat ishlab chiqarishi hajmi bo‘yicha 1-o‘rinda turadi?
A) Italiya B) Fransiya C) B. Britaniya D) Germaniya
4. Shimoli – G’arb tomonning azimutini toping
A) 360 B) 315 C) 225 D) 45
5. Ross dengizi qaysi okeanda joylashgan?
A) Tinch B) Atlantika C) Hind D) Shimoliy Muz
6. Hozirgi paytda O’rta Osiyoning aholisi qanchani tashkil etadi?
A) 70 mln B) 80 mln C) 65 mln D) 75 mln
7. Berilganlardan oqar ko’lni belgilang?
A) Balxash B) Issiqko’l C) Kaspiy D) Tanganika
8. Demografik o’tish nazariyasiga binoan aholining o'sishi nechta bosqichda amalga oshadi?
A) 2 B) 5 C) 3 D) 4
9. Quydagi jinslarning qaysi biri suvni yaxshi o’tkazadi?
A) Shag’al B) Ohaktosh C) Gil D) Qumtosh
10. Qaysi javobda iliq oqimlar guruhi to’g’ri ko’rsatilgan?
1) Braziliya 2) Peru 3) Folklend 4) Gviana 5) Kanar 6) Golfstrim
A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 5 C) 1, 4, 6 D) 1, 5, 6
11. O’zbekiston jahonda uran zaxirasi bo’yicha nechinchi o’rinda turadi?
A) 14 B) 7 C) 4 D) 10
12. Fasliy nam doimiy yashil ekvatorial o’rmonlar Avstraliyaning qaysi qismida mavjud?
A) shimoli-sharqiy qismida B) shimoliy qismida
C) janubiy qismida D) markaziy va sharqiy qismida
13. Fargona iqtisodiy rayonida mavjud suv omborlarini aniqlang?
A) Karkidon, Andijon B) Tuyamo’yin, Karkidon.
C) Quyimozor, Kattaqo’rg’on. D) Tuyabo’g’iz, Chorvoq
14. G’o’za bargini to’kadigan kimyoviy modda?
A) oltingugurt oksidi B) magniy xlorid C) kaliy xlorid D) azot oksidi
15. Qaysi sayyoh Tinch okeanini o’rganish borasidagi mukammal tadqiqotlarda ishtirok etmagan?
A) Y.V.Lisyanskiy B) S.O.Makarov C) J.Kuk D) Chirikov
16. Yaponiyada jami orollar soni nechtani tashkil etadi?
A) 6 798 B) 6 885 C) 6 917 D) 6 852
17. 2018 – yil holatiga ko’ra, federativ davlatlarning soni Yevropa va Afrika qit’alarida nechtani tashkil qildi?
A) 7 B) 10 C) 8 D) 6
18. Sloveniya davlatining poytaxtini toping?
A) Bratislava B) Lyublyana C) Sarayevo D) Podgoritsa
19. Norak suv ombori qaysi daryoda qurilgan?
A) Ili B) Vaxsh C) Irtish D) Amudaryo
20. O’zbеkisonning qaysi iqtisodiy – gеografik rayonlarida qorako’lchilik rivojlanmagan?
A) Toshkеnt, Farg'ona B) Buxoro–Navoyi, Mirzacho’l
С) Quyiamudaryo, Samarqand D) Qashqadaryo, Surxondaryo
21. Sirdaryo, Chirchiq, Surxondaryo, Qoradaryo lar nimadan to`yinadi
A) Muz va qor B) qor va muz C) Qor D) Yomg`ir va yer osti suvlari
22. Irlandiya va Buyuk Britaniya oralig’ida joylashgan bo’g’iz va dengizni toping?
A) Shimoliy, La – Mansh B) Shimoliy, San Georg C) Daniya, Deyvis D) San Georg, Irlandiya
23. Quyidagi suv havzalaridan qaysi birining 1 litr suvida 270 ‰ gacha tuz mavjud?
A) O‘lik dengiz B) Qizil dengiz C) Rudolf ko’li D) Katta Sho‘r ko‘li
24. 2018 – yil holatiga ko’ra O’zbekistonda tabiiy ko’payish qanchaga teng?
A) 613,6 B) 738,9 C) 542,1 D) 498,5
25. Gamada bu nima?
A) yaylovlar B) daryolar C) qalashib ketgan muzlar D) toshloq sahrolar
26. Ustyurt platosida joylashgan tabiiy gaz konlarini toping?
A) Oqjar, Sariqtosh B) Xovdog’, Odamtosh C) Shoxpaxta, Kuanish D) Yangiqazgan, Toshquduq
27. Istisoslashuviga ko’ra mayin va yarimmayin junli qo‘ychilik qanday mintaqalarda boqiladi?
A) Iqlimi yumshoq, namroq dasht, cho‘l mintaqalarida
B) Iqlimi yumshoq, namroq dasht, chalacho‘l mintaqalarida
C) Iqlimi yumshoq va mo’tadil mintaqalarda
D) Qurg‘oqchil chalacho‘l va cho‘l mintaqalarida
28. Neft Okeaniyaning qaysi orollarida mavjud?
A) Yangi Gvineya va Yangi Kaledoniyada B) Yangi Kaledoniya va Yangi Gvineyada
C) Yangi Zelandiya va Fijida D) Yangi Gvineya va Yangi Zelandiyada
29. Surxondaryo tabiiy geografik o’lkasida rang, iloq, qo’ng’irbosh va no’xotak kabi o’simliklar dengiz sathidan necha metrgacha bo’lgan balandliklarda o’sishini aniqlang.
A) 400 m B) 300 m C) 500 m D) 800 m
30. Nyasa ko’lining maydoni necha km²?
A) 30 800 B) 20 800 C) 17 700 D) 22 100
Do'stlaringiz bilan baham: |