22-Variant
1. Kattaqo‘rg‘on shahrining dengiz sathidan balandligi qanchani tashkil qiladi?
A) 347 m. B) 449 m C) 465 m. D) 496 m
2. Fargona okrugining 800-1400 metr balandliklarida qanday tuproq tarqalgan?
A och bo’z B tog’-jigarrang C to’q tusli bo’z D oddiy bo’z
3. 2018-yil qaysi qit'a aholisining yosh tarkibida bolalar 24 %, mehnat yoshidagilar 68 % va keksalarning salmog‘i 8 % ni tashkil qiladi?
A) Yevropa. B) Osiyo C) Afrika. D) Amerika
4. 2017-yil mamlakatimizda sanoat tarmoqlarining mahsulot ishlab chiqarish tarkibida qaysi sanoatning salmog‘i 14,3 % ni tashkil qiladi?
A) oziq-ovqat. B) yengil sanoat C) yoqilg‘i sanoati. D) mashinasozlik va metallni qayta ishlash
5. Quyidagi javoblar ichidan paleozoy erasiga tegishli boʻlgan davrni toping
A) perm. B) bòr C) yura. D) trias
6. Mamlakatimizda sanoati rivojlanayotgan, tabiiy boyliklar oʻzlashtirilayotgan yerlarda vujudga kelgan shaharlarni belgilang. 1.Angren 2.Iskandar. 3.Gazli. 4.Ulug‘bek. 5.Olmaliq 6.G‘ozģon
A) 1,3,6. B) 2,4,6 C) 1,4,5. D) 2,4,5
7. Qaysi javobda shimolga qarab oqadigan daryo nomi berilgan?
A) Ural. B) Volga C) Dnepr. D) Pechora
8. Òrta Osiyoda yirik temir ruda konlari qayerda joylashgan?
A) Qozog‘iston past toģlarida. B) Manģishloq yarimorolida
C) Zarafshon va Farg‘ona vodiysida. D Tòrģay supasimon òlkasida
9. Òrta osiyoning togʻ oʻsimliklarini agroekologik sharoitiga koʻra necha tipga boʻlish mumkin?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
10. Katta Arashon kòli qaysi tabiiy geografik okrugda joylashgan?
A) Mirzacho‘l. B) Chirchiq-Ohangaron C) Farg‘ona. D) Qashqadaryo
11. Atmosferaning qaysi qatlamida harorat-45° dan -75° gacha pasayadi?
A) ekzosfera. B) troposfera C) stratosfera D) mezosfera
12. Jahonda pilla yetishtirishda qaysi davlat uchinchi oʻrinni egallaydi?
A) Òzbekiston B) Yaponiya C) Xitoy D) Italiya
13. Geografik qobiqning qaysi qismlari vulqon tasirida vujudga kelgan?
1.Litosfera 2.Biosfera 3.Mantiya 4.Gidrosfera 5.Atmosfera
A 1,2,4 B 3,4,5 C 1,4,5 D 2,3,4
14. Yarim orolda joylashgan davlatlar qatorini belgilang. 1.Yaponiya 2.Norvegiya 3.Ispaniya 4.Shri-Lanka 5.Vyetnam 6.Koreya Respublikasi 7.Islandiya. 8. Kuba 9. Italiya
A)1,3,5,7,8. B) 2,3,5,6,9 C) 1,4,5,6,8. D) 2,4,6,7,9
15. Qaysi davlat hududining kattaligiga kòra jahonda 10-òrinni egallaydi?
A) Qozog‘iston B) Argentina C) Jazoir D) Sudan
16. Mamlakatimizdagi yengil sanoat punktlari ichidan yalpi mahsulotlar hajmi bòyicha yirik sanoat punktlarini toping
A) Farg‘ona va Andijon B) Qòqon va Jizzax C) Buxoro va Marģilon D) Qarshi va Samarqand
17. Qaysi mintaqa aholisining yosh tarkibi da bolalarning ulushi eng past koʻrsatkichga ega?
A) Amerika B) Osiyo C) Avstraliya va Okeaniya D) Yevropa
18. Hind okeani janubiy subtropik iqlim mintaqasining sharqiy qismida yogʻin miqdori qanchani tashkil qiladi?
A) 1000 mm. B) 800 mm C) 500 mm. D) 300 mm
19. Qor chizigʻi qayerda dengiz sathidan òtadi?
A) qutbiy kengliklarda B) tropiklarda
C) shimoliy qutb doirasining janubida D) janubiy qutb doirasining shimolida
20. Qaysi botiqning chuqurligi 4321 metrni tashkil etadi?
A) Amundsen B) Nansen C) Makarov D) Kanada
21. Qaysi iqtisodiy rayon Òzbekiston hududining 1/10 qismiga teng bòlib, mamlakatimiz aholisining har yettitasidan biri yashaydi?
A) Janubiy B) Zarafshon C) Toshkent D) Mirzacho`l
22. Quyidagilar ichidan Atlantika okeani haqida bildirilgan notogri fikrlarni toping
1-Okeanlar ichida eng issiģi. 2-ichki dengizlari eng kòp 3-eng uzun òrta okean tizmasi bor. 4-
biomassaga eng boy 5-eng uzun bòģizi bor. 6-marvarid va durlar yiģib olishda yetakchi 7-beshta materik chegaralab turadi. 8.Okeanning sharqiy qismida Markaziy va G‘arbiy Avstraliya botiqlari mavjud
A) 2,4,5,7 B) 1,3,4,8 C) 2,3,6,7 D) 1,4,6,8
23.Urmiya,Van kòllari qaysi tabiiy geografik oʻlka hududida joylashgan?
A) Old Osiyo B) Janubiy Osiyo C) Markaziy Osiyo D) Janubi-g‘arbiy Osiyo
24. Shimoliy Amerikaning eng issiq va yogʻin kam yogʻadigan hududini belgilang
A) Kolorado platosi B) Ajal vodiysi C) Kaliforniya yarimoroli. D) Missisipi pasttekisligi
25. Òrta Osiyoning siyosiy xaritasida 1917-1920/1922-yillarda nechta mustaqil davlat paydo bo‘ldi?
A) 2 ta. B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
26. Farģona vodiysining qaysi qismida qònģir kòmir konlari mavjud?
A) shimoliy B) janubiy C) sharqiy D) ģarbiy
27. Buxoro viloyati maydoni va aholisi mos ravishda mamlakatimizning necha % ini tashkil qiladi?
A) 8,8 va 5,8. B) 10,3 va 6,2 C) 9,0 va 5,7. D) 9,5 va 6,4
28. A.Vegener mobilizm gipotezasini qachon ishlab chiqqan?
A)1902-yil. B) 1908-yil C) 1912-yil. D) 1917-yil
29. Boysuntoģning qaysi qismida Kòhitang toģi joylashgan?
A) ģarbida. B) janubi-g‘arbida C) janubi-sharqida. D) shimoli-g‘arbida
30. Qaysi daryo Ayniy qishlogi yonida Fandaryo bilan qòshilgach,hozirgi nomini oladi?
A) Surxondaryo. B) Sangzor C) Qashqadaryo. D) Zarafshon
Do'stlaringiz bilan baham: |