ONA TILI FANINI O’RGATISHDA XALQARO TADQIQOTLARNING O’RNI
Abduraimov Isomiddin Jo’raqulovich
Sirdaryo viloyati Xovos tumani
21- umumiy o’rta ta’lim maktabining
ona tili va adabiyot fan o’qituvchisi.
Annotatsiya
Ushbu maqolada PISA-o’quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash bo’yicha xalqaro dasturning kundalik hayotimizdagi o’rni haqida gap boradi. PISA turli davlatlarda 15 yoshli o’quvchilarning savodxonligini hamda bilimlarini amaliyotda qo’llash qobiliyatini baholovchi dastur bo’lib, u 3 yilda bir marotaba o’tkaziladi. Kelajak avlodni yetuk mukammal bo’lib ulg’ayishida ta’limning rivoji, va unga PISA dasturining ta’siri, o’quvchilarda kreativ fikrlashni shakllanishi va hozirgi zamon talabiga javob berishi, shu qatorda salohiyatli kadrlar bo’lib yetishishining yangi talqini masalalari yoritilgan.
Hozirgi zamon ta’lim – tarbiya ishlarini, islohotlarini yosh avlodga mukammal tarzda yetkazishda axborot vositalarining o’rni beqiyos.Yurtimizda amalga oshirilgan islohatlar tufayli barcha, jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, shuningdek, ta’lim tizimida ham keskin o’zgarishlar yuz bermoqda. Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchilarni faqat darsliklarda berilgan ma’lumotlar bilan chegaralanib qolishgan edi. Bunday usul o’quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni talab qilmas edi, natijada o’rganilayotgan mavzuga nisbatan o’quvchi tor doirada ma’lumot olar edi. Endi o’quv jarayonida yangilangan darslik, dastur va standart talablariga javob beradigan zamonaviy darslar asosida tashkil etish davri keldi.
Bugungi kunga kelib mamlakatimiz 2022-yilda ilk marotaba PISA,PIRLS xalqaro dastur tadqiqotlarida ishtirok etadi. Mazkur reyting natijalaridan kelib chiqib yurtimizning kelgusi rivojlanishiga baho beriladi. PISA xalqaro dasturi o’quvchi yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashlariga, olgan bilimlarini hayotda qo’llay olish qobilyatlariga baho berish va keyinchalik bu ko’nikmalarni hosil qilishga undashdir. Mamlakat rivoji uchun ta’lim juda muhim. Shu sababli ham O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev siyosiy salohiyati tufayli katta islohatlar amalga oshirilmoqda.
PISA xalqaro dasturi bu mamlakatimiz yoshlarini ongini rivojlantirishga, kreativ fikrlashga, ta’limda olgan bilimlarini hayotda qo’llay olishga o’rgatadi. Natijada bu yoshlar yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda uzoqni ko’ra oladigan yetuk salohiyatli, mas’uliyatli tashabbuskor, kata marralarni zabt etadigan kadr bo’lib yetishadi. Yurtimizda o’n bir yillik maktab ta’lim tizimi yana qayta tiklandi. Yangidan maktablar qad rostladi. Har bir maktablarga zamon talabi bo’lmish raqmli iqtisodiyotning asosiy poydevori, axborot va tele-kommunikatsiya jihozlari bilan ta’mirlandi. Dunyo hamjamiyatida o’z o’rnini topa olishi uchun bunday jihozlarning o’rni beqiyosdir.
Yurtboshimiz tashabbusi bilan bugungi kunda yurtimizda yetishib chiqqan buyuk siymolarning izini yoshlar davom ettirish maqsadida ularning qiziqishiga qarab Al-Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktabi, H.Xudoyberdiyeva nomidagi ijodkorlar maktabi, Prizident nomidagi zamonaviy ta’lim dargohlari tashkil etilidi. Bu esa yosh avlod uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi. O’z navbatida bu sa’y-haraklar zerikarli darslar o’rniga xalqaro talablarga javob beradigan va raqobatlasha oladigan, zamonaviy darslarni tashkil etishga ma’suliyat bilan yondashadigan kasbiy bilimdon, metodik mahoratga ega, ma’suliyatli, interfaol pedagogik texnologiyani mukammal o’zlashtirib olgan, inovatsiyalar asosida ta’limni tashkil eta oladigan o’qituvchilarga talabni oshiradi.
O’quvchilar vaqtining asosiy qismi hozirgi kunda ta’lim dargohida o’tadi. Shunday ekan ularni teran fikrlaydigan, to’g’ri xulosa chiqaradigan, kelajagi uchun hozirdan poydevor qo’ya oladigan davrida to’g’ri yo’l ko’rsatadigan biz muallimlardir. Yosh avlodga qanday tarbiya bersak, ular kelajagini shunga asoslanib qurishadi. Bu borada PISA xalqaro tadqiqotinig tajribalariga asoslansa bo’ladi. Yosh avlod ya’ni 15-16 yosh bolalarda har narsaga qiziquvchanlik shu yosh doirasida juda ko’p uchraydi. Shuning uchun o’quvchilarni tez xulosa chiqarmaslik, avval yaxshilab o’ylab, keyin harakatni vaziyatga qarab ish ko’rishga, e’tiborliroq, yaqindan yondasha oladigan bo’lishga undaydi.
PISA xalqaro tadqiqotga tayangan holda maktablarda har bir sinf darslarida o’quvchilarni o’qish savodxonligi, tinglab tushunish va fikrlarini kengroq bayon qila olish ona tili fanida eng asosiy vosita hisoblanadi. Ustozlar ona tili va adabiyoti fani o’qituvchilari, dars jarayonida o’quvchilarga ona tilida to’g’ri talaffuz qilish , to’g’ri yoza olish bilim, ko’nikma va malakani singdirib boradilar. Yurtimizning har tomonlama yuksalishi, istiqboli, rivojlanib borishi, yoshlarimizning kelajagi bugungi ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar, islohotlar samaradorligi bilan belgilanadi. O’zbekistonda ta’lim bosqichlari maktabgacha ta’lim, maktab, kasb hunar maktablari, oliy ta’lim barchasida ona tilini o’qitishning takomillashtirish, xalqaro talablarga javob bera oladigan qilib tarbiyalash, buning uchun yangi konseptual tamoyillarini belgilash, bugungi kunda eng dolzarb vazifalaridan bo’lib kelmoqda. Konpetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish va o’quvchilar egallayotgan bilim, ko’nikma va malakalarni ularning shaxsiy hayotidagi o’rni va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo’llay olish layoqatini shakllantirishda PISA xalqaro tadqiqotlaridan samarali foydalanishimiz lozim. O’quvchilarimizni nutqiy va lingvistik kompitensiyalarini rivojlantirish davr talabi bo’lib kelmoqda. Ona tili darslarida eng asosiysi tinglab tushunish, gapirish, o’qish, yozish kabi kompitensiyaviy elementlar o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlaydi. Ayniqsa yangi chop etilgan darsliklarda matn va lug’at bilan ishlash topshiriqlarida o’quvchi o’zi ustida o’zi ishlashga majbur bo’ladi, natijada unda mantiqiy fikrlashga, kreativ, tanqidiy, tahliliy fikrlashga, mustaqil munosabat bildirishga harakat paydo bo’ladi .Bu holatni yaratish va qo’llash PISA ning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda hozirgi davr talabi uchun teran fikrlaydigan, harakatchan, axborot texnologiyalarini mukammal o’zlashtira olgan, har qanday vaziyatda ham imkoniyat topa oladigan yosh avlodni tarbiyalash davr talabi, bunday mas’uliyatli vasifani bajarish uchun o’qituvchi darslarini zamonaviy va xalqaro tajribalarga tayangan holda amalga oshirish talab etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.Ta’lim sohasida islohatlar 2019-yil.
3.PISA xalqaro baholash dasturi -2019-yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |