Ona tili darslik



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/542
Sana22.05.2021
Hajmi1,88 Mb.
#65462
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   542
Bog'liq
ona tili

 
 
 
4. Harakat nomi 
 
Ish-harakatning  atamasi  bo‘lib,  gapda  otga  xos  vazifalarni  bajarishga  mos 
bo‘lgan  fe’l  shakli  harakat  nomi  deyiladi:  Ilm-fanga  intilish  insonning  eng  oliy 
ma’naviy  harakatlaridandir.  CHavandoz  bu  gaplarni  Ertoevga  aytishini  ham, 
aytmaslikni  ham  bilmay  turgandi  (O.YOqubov).  Mustaqilligimiz  tufayli  xalq  va 
Vatan  tarixi,  boy  ilmiy  va  adabiy  merosga  xolisona  yondashishning  guvohi  va 
shohidi bo‘lmoqdamiz (Rahim Vohidov) gaplaridagi intilish, aytishni, aytmaslikni, 
yondashishning  fe’l  shakllari  harakatning  atamasi  (nomi)  bo‘lib,  gapda  otga  xos 
ega, to‘ldiruvchi, qaratuvchi vazifalarini bajargan. 


 
 
130 
Harakat nomi quyidagi shakl yasovchi affikslar bilan yasaladi: 
1)  fe’l  negiziga  –sh  (-ish)  qo‘shish  bilan  (unlidan  so‘ng  –sh,  undoshdan 
so‘ng –ish): o‘qish, yozish, ishlash, chiqish kabi; 
Harakat nomining –sh (-ish) affiksi bilan yasalgan shakli otga yaqin turadi, 
shuning uchun ham bu shaklda harakat nomi otga ko‘chishga moyil bo‘ladi. 
2) fe’l negiziga –v (-uv) qo‘shish bilan (unlidan so‘ng –v, undoshdan so‘ng 
–uv): ishlov, bag‘ishlov, boruv, keluv kabi; 
Bu affiks bilan yasalgan harakat nomi hozirgi o‘zbek tilida kam ishlatiladi; 
3) fe’l negiziga -moq qo‘shish bilan: o‘smoq, ulg‘aymoq, o‘rganmoq kabi. 
Harakat  nomining  -moq  affiksi  bilan  yasalgan  shakli  fe’lga  juda  yaqin 
turadi, chunki har qanday fe’lning bosh shakli yo buyruq-istak mayli shaklida esla, 
shosh kabi; yoki eslamoq, shoshmoq kabi harakat nomi shaklida olinadi. 
Harakat nomi leksik-semantik jihatdan harakat tushunchasini anglatadi. SHu 
jihatdan harakat nomi fe’lga xos grammatik xususiyatlarga ega: 
1)  o‘timli-o‘timsizlik  ma’nosini  ifodalaydi:  o‘rganish,  ko‘rmoq  -  o‘timli 
harakat nomi; yugurish, ishonmoq - o‘timsiz harakat nomi; 
2)  nisbat  ma’nosiga  ega:  yutmoq  -  aniq  nisbat,  yasanmoq  -  o‘zlik  nisbat, 
baholanmoq - majhullik nisbati, qiziqtirmoq - orttirma nisbat; 
3)  harakat  nomining  bo‘lishsiz  shakli  faqat  –maslik  affiksi  bilan  yasaladi: 
aytish – bo‘lishli harakat nomi, aytmaslik – bo‘lishsiz harakat nomi. 
4)  harakat  nomi  zamon  ma’nosiga  ega  emas.  Lekin  ma’lum  bir  qulay 
sharoitda unda hozirgi-kelasi zamon ma’nosi aks etadi: Oilada farzand tarbiyasiga 
har tomonlama e’tibor bermoq lozim (O.Karimova). 
5) boshqa fe’l shakllari singari harakat nomi boshqarish xususiyatiga ega. 
SHuningdek,  ish-harakatning  nomini  bildirish  jihatdan  harakat  nomi  otga 
xos bo‘lgan grammatik xususiyatlarga ham ega, ya’ni: 
1) harakat nomi son, egalik va kelishik affikslarini oladi; 
2)  harakat  nomi  ot  singari  ega,  qaratqich  aniqlovchi,  to‘ldiruvchi 
ko‘makchili  shaklda  hol  va  kesim  vazifalarini  bajaradi:  Zumradning  tikishi  – 
go‘zal,  ipakni  turlashi  ham  mohirona  (O.).  Bilim  va  tushunishga  intil  kunu  tun 
(YUsuf  Xos  Xojib).  Rais  Jo‘raboev  bilan  jiddiy  tortishuvdan  so‘ng  juda  qattiq 
asabiylashdi (SH.R.). O‘zini olim, fozilman deb maqtanish, shu bilan g‘ururlanish 
jaholatning bir ko‘rinishidir («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). 
 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish