Ona tili darslik



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/542
Sana22.05.2021
Hajmi1,88 Mb.
#65462
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   542
Bog'liq
ona tili

4.Jamlovchi  son  bir  turdagi  predmetlarning  miqdorini  jamlab,  to‘dalab 
ko‘rsatadi. 
Jamlovchi  son  miqdor  songa  quyidagi  affikslarni  qo‘shish  bilan  hosil 
qilinadi:  
1. Miqdor songa –ov affiksini (ikkidan ettigacha bo‘lgan sonlarga) qo‘shish 
bilan:  ikkov,  uchov,  to‘rtov,  beshov,  oltov,  ettov  kabi.  Ba’zan  o‘n  sonidan  ham 
yasaladi  o‘novi  kabi.  Bu  affiks  bilan  yasalgan  son  otlashgan  holda  kelib,  doimo 
egalik  affikslari  bilan  birga  (I  shaxs  birlik  egalik  affiksidan  tashqari)  qo‘llanadi. 
YA’ni  ular  ko‘pchiligi  predmetning  miqdoriga  ko‘ra  belgisini  ko‘rsatmaydi, 
miqdor  ma’nosi  bilan  birga  predmetlik  ma’nosini  anglatadi:  Ular  ikkovi  birining 
og‘zidan biri olib, Qobilni past urib, Anvarni maqtab ketdilar (A.Qodiriy). Maqsud 
akaning  qaytganini  eshitganimiz  hamon  Oybek  men  Mirtemir  uchchovimiz 
suyunib yugurdik (Z.Saidnosirova). 
2. Miqdor songa –ala affiksini qo‘shish bilan yasaladi: ikala, uchala, to‘rtala, 
beshala  kabi.  Olti  va  etti  sonlariga  ham  qo‘shiladi.  (Ikki  va  olti  sonlariga 
qo‘shilganda negiz oxiridagi i unlisi tushib qoladi). To‘shaboy ikala otni jilovidan 
ushlab tolning naryog‘iga olib o‘tib ketdi (S.Ahmad). 
3.  Miqdor  songa  –ovlon  affiksini  qo‘shish  bilan  yasaladi:  ikkovlon, 
uchovlon.  Bu  affiks  ham  ikkidan  ettigacha  bo‘lgan  sonlarga  qo‘shiladi:  Oltovlon 
ola bo‘lsa og‘zidagin oldirar, to‘rtovlon tugal bo‘lsa tepadagin endirar (Maqol). 
Otga  bog‘lanib  kelgan  jamlovchi  son  sifatlovchi  aniqlovchi  vazifasida 
keladi:  Haqiqat  uchun,  Vatan  uchun  jonini  ayamagan  ikala  pahlavon  sal  o‘tmay 
jangda mardona halok bo‘ldi. (SHukrullo) 
Lekin  jamlovchi  son  gapda  ko‘pincha  ega,  to‘ldiruvchi,  qaratqich-
aniqlovchi, kesim vazifasida keladi: Ikkovlari kech salqinda adir tagida bitta-bitta 
yurib  ketishyapti  (S.Ahmad.).  Uchalasining  maqsadi bir.  Talabalarning beshoviga 
ham mukofot topshirildi. 
5.  Taqsim  son  predmetlarning  miqdor  jihatdan  teng  taqsimlanishini, 
guruhlanish miqdorini anglatadi. 
Taqsim son quyidagicha yasaladi: 
1.  Miqdor  son  negiziga  –tadan  affiksini  qo‘shish  bilan:  Azim  har  elkasiga 
to‘rttadan odam sig‘adigan yigit bo‘libdi (A.Qahhor). 
2. Donalik anglatadigan sonni takrorlash yo‘li bilan: bitta-bitta, uchta-uchta 
kabi.  Ba’zan  so‘nggi  qismga  –dan  chiqish  kelishigi  affiksi  qo‘shilishi  ham 
mumkin: bitta-bittadan, uchta-uchtadan kabi. 
3. Miqdor sonlarning takrorlanishi bilan yasaladi: ikki-ikki, uch-uch kabi. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish