Adabiy mavzudagi insholarga adabiyot darsligida qayd qilingan, o’qituvchi tomonidan tushuntirilgan mavzular asosida yoziladigan insholar kiradi.
Adabiy-ijodiy mavzulardagi insholarga adabiyot darslarida o’tilgan ma’lumotlarga o’quvchining ijodiy munosabati (shaxsiy fikrlari) qo’shib ifodalanadigan insholar kiradi.
Erkin mavzulardagi insholar adabiyot fani dasturida qayd etilmagan mavzularda yoziladi. Boshqacha aytganda, o’quvchining ma’lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashi, fikr va mulohazalarini aks ettiruvchi insholar erkin mavzudagi insholardir.
33-MASHQ.Adabiyot darsida yaqinda o’tilgan biror badiiy asar qahramoni haqida insho mavzusini tuzing.
34-mashq.”Inshoning turlari va ularning xususiyatlari”mavzusida o’g’zaki ma’ruza uchun matn tayyorlang va unu ifodali bayon qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |