Savol va topshiriqlar.
1. So‘zlovchi o‘z fikriga munosabatini qanday ifodalaydi?
2.Yo‘l-yo‘lakay gapdan o‘rin olgan qo‘shimcha fikr ifodasi qanday nomlanadi?
3.Kirish va kiritmaning o‘xshash va farqli tomonlari nimada?
4.Kirish va kiritmalar qaysi bo‘laklarga tobelanadi?
Uyga vazifa
187-topshiriq. Quyidagi gaplarning har biriga kirish va kiritma qurilmalarni qo‘yib gaplarni ko‘chiring.
1. Mehmoni yo`q qora uydan dala-tuz yaxshi. (“Komillik o`gitlari”) 2. Teran fikrni doim keksalardan qidirgin, bahor suvi kuzda musaffolik topadi. (Termiziy) 3.Odamlar bilan murosa-yu madoraga kirishish ham sadaqa hisoblanadi. (Hadis) 4.Nosihi sodiq erurki beg`araz, Bil anga olamda topilmas evaz. (Alisher Navoiy) 5.Mehmonsiz uy suvi qurigan tegirmonga o`xshaydi. (“Komillik o`gitlari”) 6. Kishilarning qadrlisi saxovatli kishilardir. (Yusuf Xos Hojib)
Do'stlaringiz bilan baham: |