Sodda yig'iq va sodda yoyiq gaplar. Faqat kesimdan yoki ega va kesimdan iborat bo'lgan gap yig'iq gap hisoblanadi. Masalan: Qara. Men keldim. Kesimning boshqa bo'laklar bilan kengayishidan hosil bo'lgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan: Men uni ko'rdim.
21. Hol. Fe'lga bog'lanib, qachon?, qayerda (-ga, -dan)?, qanday (qilib)?, nima uchun?, nima maqsadda? singari so'roqlarga javob bo'luvchi gap bo'lagiga hol deyiladi. Hol fe'ldan anglashilgan harakat- holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini, o'rnini, tarzini, sababini, maqsadini bildiradi. Tahlil jarayonida hol ostiga nuqtalardan iborat chiziq ( ) chiziladi: Maktabga ketdi.
22.
Do'stlaringiz bilan baham: |