Sifatlovchi aniqlovchi. Hokim bo'lakdan anglashilgan narsaning belgisini bildirib, qanday?, qanaqa?, qaysi?, qancha? so'roqlariga javob bo'lgan aniqlovchiga sifatlovchi aniqlovchi deyiladi: qizil olma.
25. Qaratqich aniqlovchi. Hokim bo'lakdan anglashilgan narsning ikkinchi bir narsaga qarashli ekanini bildirib, kimning?, nimaning?, qayerning? so'roqlariga javob bo'lgan aniqlovchiga qaratqich aniqlovchi deyiladi. Masalan: Do'stlikning mehri bor. Qaratqich aniqlovchi doimo aniqlanmishga bog'lanadi. Anu shu belgisi bilan tushum kelishigini olgan to'ldiruvchidan farq qiladi. Tushum kelishidagi to'ldiruvchi doimo fe'l orqali ifodalangan kesimga bog'lanadi. Solishtiring: olmaning bargi - olmani yedim.
26.
Do'stlaringiz bilan baham: |