Sh, sh va Ch, ch harflar birikmalari hamda ularning vazifalari. Sh, sh harflar birikmasi bitta til oldi, sirg'aluvchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi. Eslatma: S va h yonma-yon kelib, alohida tovushlarni ifodalaganda, ular orasiga tutuq belgisi (') qo'yiladi. Ch, ch harlar birikmasi bitta til oldi, portlovchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi.
93. Qo'sh undoshlar talaffuzi va imlosi. Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so'zlar qo'sh undoshli so'zlardir. Ikki, chaqqon kabi so'zlarda qo'sh undosh qismlari aniq talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Million, artilleriya kabi so'zlarda kelgan qo'sh undoshlar bir undoshdek talaffuz etiladi, lekin qo'sh undosh bilan yoziladi. Gramm, metall kabi so'zlar oxirida kelgan qo'sh undoshlardan biri talaffuzda tushirib qoldirilsa ham, yozuvda hamisha ifodalanadi. Bunday undosh bilan tugagan so'zlarga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qo'shimchalar qo'shilganda, qo'sh undoshning biri yozilmaydi.
94.
Do'stlaringiz bilan baham: |