Urg'u va uning turlari. So'z urg'usi. So'z bo'g'inlaridan yoki gapda ishtirok etayotgan so'zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishiga urg'u deyiladi. Urg'u ikki xil bo'ladi: 1) so'z urg'usi; 2) gap urg'usi. So'z bo'g'inlaridan birining boshqalaridan kuchliroq talaffuz qilinishi so'z urg'usi deyiladi. Tilimizda so'z urg'usi ko'pincha so'zlarning oxirgi bo'g'iniga tushadi. So'zda bo'g'inlar ko'payishi bilan urg'u ham oxirgi bo'g'inga ko'chib boradi. Yozuvda urg'u tushgan bo'g'in tepasiga (') belgisini qo'yish bilan ifodalash mumkin. Masalan: dala, dalalar, dalalarga.
99.
Do'stlaringiz bilan baham: |