Lug’at turlari va ulardan foydalanish.
Tildagi barcha so’zlarning qanday ma’nolarni bildirishini
tanishtiruvchi lug’at izohli lug’at hisoblanadi. Bir tildagi so’z ikkinchi tilda qanday so’zga teng kelishini
ko’rsatuvchi lug’at tarjima lug’at sanaladi. So’zlarning to’g’ri yozilishini ko’rsatuvchi lug’atga imlo deyiladi.
t.me/tilshunoslik/beneficialeducation
12
Lug’at oldiga qo’yilgan maqsadiga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi:
izohli lug’at, tajima lug’ati, imlo lug’ati
va
boshqalar.
TESTLAR
1.
Til qanday hodisa?
A) tabiiy B) tarixiy C) ijtimoiy D) fizik
2. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, yer yuzida taxminan nechta til mavjud?
A) 6000 dan ortiq B) 7000 dan ortiq C) 3000 dan ortiq D) 1000 dan ortiq
3. Eronda qaysi tilda gaplashiladi? A) arab B) fors C) ingliz D) rus
4. Qanday til o‘lik til deyiladi?
A) jamiyatdan uzilgan, insonlarning o‘zaro til muloqotiga xizmat qilmaydigan til B) hozirda muloqot vositasi
bo‘lmagan til C) insonlar uchun tushunarsiz va ishlatilmaydigan til
D) yo‘qolib borayotgan va jamiyatda qo‘llanish doirasi cheklanayotgan til
5. Qachondan boshlab o‘zbek tilining ijtimoiy vazifasi kengaydi?
A) o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganidan so‘ng
B) barcha davlat hujjatlari o‘zbek tilida yuritilganidan so‘ng
С) kirill alifbosi tugatilganidan so‘ng
D) mustaqillikka erishganimizdan so‘ng
6. Kollej, litsey, tadbirkor, fermer, tuman, viloyat. Ushbu so‘zlar qanday birlik?
A) neologism B) arxaik birlik D) dialekt birlik С) atama
7. Yaxshi so‘z – jon ozig‘i, yomon so‘z – ... Maqolni davom ettiring.
A) jon qozig‘i B) bosh qozig‘i С) dil qozig‘i D) til qozig‘i
8.
Til – dil ...
Maqolni davom ettiring. A) qulfi B) oynasi С) kaliti D) ozig‘i
9. Har bir millat hayoti davomida aloqa-aralashuv vositasi sifatida asosan nechta tildan foydalanadi?
A) ikkita B) uchta C) bitta D) bir nechta
10.
Chin so‘z mo‘tabar, Yaxshi so‘z...
Maqolni davom ettiring. A) masih B) Muqaddas C) muxtasar D) mufattar
11. Qachon o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan?
A) 1989-yil 21-oktyabrda B) 1991-yil 31-avgustda D) 1989-yil 1-oktyabrda С) 1990-yil 8-dekabrda
12. Qachondan boshlab ta’lim-tarbiya ishlari, ish qog‘ozlari asosan o‘zbek tilida yuritiladigan bo‘ldi?
A) mustaqillika erishilganidan so‘ng B) o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganidan so‘ng
С) lotin yozuviga asoslangan yozuvga o‘tilganidan so‘ng D) til to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan so‘ng
13.
Ona tilim – jonimga ...
Maqolni davom ettiring. A) tabib B) darmon С) orom D) masih
14.
Ona tilim – jonimga masih.
«Masih» so‘zining ma’nosi nima?
A) tuzatguvchi B) baxt berguvchi С) tiriltirguvchi D) qisqa
15.
Ona tilim – onajonim tili bu,
Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa,
El-u yurtim, xonumonim tili bu,
Qadimlikda o‘xshar ona tuproqqa.
Misralar muallifi kim?
A) Mirtemir B) Oybek С) Muhammad Yusuf D) G‘afur G‘ulom
16. Bob – ..., bol – ..., besh – ..., barcha – ..., dala – ..., dil – ..., dur – ..., oz – ..., eg – ..., mard – ... So‘zlarning
paronimik juftini toping.
A) bop, pol, pesh, darcha, tala, til, tur, os, ek, mart B) bop, sol, pesh, darcha, tala, til, tur, os, ez, mart
С) bop, pol, pesh, darcha, tala, til, sur, os, ek, mart D) barchasi
17. Jarangli va jarangsiz jufti bilan farqlanuvchi paronimlarni ayting.
A) bob – bop, bol – pol, besh – tesh, barcha – darcha, dala – tala, dil – til, dur – tur, oz – os, eg – ek, mard – mart...
B) bob – bop, bol – pol, besh – pesh, barcha – parcha, dala – tala, dil – til, dur – sur, oz – os, eg – ek, urush – urish,
mard – mart...
С) bob – bop, bol – pol, besh – pesh, barcha – darcha, dala – tala, dil – til, sur – tur, oz – os, eg – ez, mard – mart...
D) bob – bop, bol – pol, besh – pesh, barcha – parcha, dala – tala, dil – til, dur – tur, oz – os, eg – ek, mard – mart...
t.me/tilshunoslik/beneficialeducation
13
18. 1) ... ushyor; 2) sa...iy; 3) ma...sulot; 4) ...ulosa; 5) ...arakat; 6) ...urmatli; 7) ...ukm; 8) ...ozirjavob; 9) ta…t; 10)
sa...-na; 11) ...ayol; 12) ...ar kim; 13) ...ech qachon.
A) 1-h, 2-x, 3-h, 4-x, 5-h, 6-h, 7-h, 8-h, 9-x, 10-h, 11-h, 12-h, 13-h
B) 1-h, 2-x, 3-h, 4-x, 5-h, 6-h, 7-h, 8-h, 9-x, 10-h, 11-x, 12-h, 13-h
C) 1-h, 2-x, 3-h, 4-x, 5-h, 6-h, 7-h, 8-h, 9-h, 10-x, 11-h, 12-h, 13-h
D) 1-h, 2-x, 3-x, 4-x, 5-h, 6-h, 7-h, 8-x, 9-x, 10-x, 11-x, 12-h, 13-x
19. Falak – palak, faqir – paqir, sof – sop, tuf – tup, to‘fon – to‘pon birliklari qanday birlik?
A) bir tovush bilan farqlanuvchi so‘zlar (paronim) B) shakldosh С) antonim so‘zlar D) ma’nodosh
20. Juma, jurnal, jirafa, jonsarak, hayajon kabi so‘zlarda j undoshi qaysi xususiyatiga ko‘ra farqlanadi?
A) sirg‘aluvchilik va jaranglilik xususiyatiga ko‘ra B) portlovchi va jarangliligiga ko‘ra
С) portlovchi va sirg‘aluvchilik xususiyatiga ko‘ra D) jarangliligi va jarangsizligiga ko‘ra
21. Quyidagilardan
ng
undoshi ishtirok etgan so‘zlarni keltiring.
A) ong, bong, tong, hang-mang, ko‘ngil, singil, dengiz, kelingiz, tungi
B) shtanga, kongress, singil, dengiz, kelingiz
C) tonggi, tungi, shtanga, kongress, miting D) ong, bong, tong, hang-mang, ko‘ngil, singil, dengiz, kelingiz
22.
Do'stlaringiz bilan baham: |