su-
yunchi bermoqchi bo‘ldi.
– Opajon, duo qilsangiz bo‘ldi. Alloh bizni hamisha halol
rizq bilan siylasin, – dedi haydovchining ayoli. Zilola opa bu
iymonli odamlarni kuzatar ekan: “Eh, qanday insofl i, samimiy
yurtdoshlarimiz bor-a...” – deb
g‘ururlanib qo‘ydi.
(“Gulxan”dan)
137-mashq.
Matndagi ajratilgan so‘zlarni ko‘chiring, talaffuzi va yozi-
lishiga diqqat qiling.
138-mashq.
3 guruhga bo‘linib quyidagi mavzularda 10–12 ta gap -
dan iborat hikoyacha yozing.
1. “Halol mehnat ham iymonning bir bo‘lagi”.
2. “Mehnatning tagi – rohat”.
3. “Mehnat qilgan xor bo‘lmas”.
Munosabat bildiring.
1. Ota-bobolarimizning “Birovning haqidan qo‘rqish – iymon-
dan”, degan gaplarini qanday sharhlaysiz?
2. Siz ham “Neksiya” haydovchisiga o‘xshagan insonlarni uchrat-
ganmisiz?
65
Do'stlaringiz bilan baham: |