149
ONA TILI 5-sinf
104-dars. NAZORAT ISHI VA UNING TAHLILI. (Test)
105-dars. MAQOLLAR
Bir o‘g‘il otasi bilan ketayotib, yiqilib tushdi va og‘riqdan “Oh” deb
yubordi. Tog‘ ortidan xuddi shunday ovoz eshitildi. Bola hayron bo‘lib:
– Sen kimsan? – deb baqirdi.
– Sen kimsan? – deb so‘radi ovoz.
– Sen qo‘rqoqsan! – dedi bola.
– Sen qo‘rqoqsan! – dedi ovoz.
Bolaning hayronligini ko‘rib otasi: “Sen ajoyibsan!” – deb baqirdi.
Ovoz endi mana shu ajoyib so‘zni qaytardi.“ Bolam, – dedi ota, – bu –
aksi sado. Aslida, bu hayot degani, hayot berganingni qaytaradi ”.
358-mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: