Matnni ko‘chiring. Olinma so‘zlarning tagiga chizib, izohlang.
Odamlarning 10 foizi noyob talantga ega bo‘ladi. Ular intellektual
rivojlangan insonlar sanaladi. Ma’lumotlarga ko‘ra daholarning
aksariyati bolalik chog‘idayoq o‘z iste’dodlarini namoyon etishgan.
O‘ta talantli bolalarni vunderkind deyishadi. Masalan, Alisher Navoiy,
Imom al-Buxoriy, Motsartlar sakkiz yoshdayoq o‘z zakovatlari bilan
atrofi dagilarni lol qoldirishgan.
295-mashq.
Ikki guruhga bo‘lining. Internetga oid yangi paydo bo‘lgan
so‘zlardan “Kim ko‘p topadi?” musobaqasini o‘tkazing.
296-mashq.
Buyuklar ilm tufayli mashhur bo‘lishgan. Ilmning foydasi
haqidagi maqollarni ko‘chiring, sinf doshlaringiz bilan fi krlashing.
1. Ilm – yorug‘lik, jaholat – zulmat. 2. Ilm o‘lchovi – aql, zehn
Topshiriq.
Matnni o‘qing. Yangi so‘z izohiga e’tibor bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |