ONA TILI 5-sinf
240-mashq.
So‘zlarni qo‘shib yoki ajratib yozish qoidalari asosida
ikki guruhga bo‘lib ko‘chiring.
Olti // ariq, qirq // kokil, ko‘z // oynak, shaharlar // aro,
shirin // so‘z, shu // yerda, baland // parvoz, ish // yoqmas, meh-
nat // sevar, otash // qalb, Yakka // saroy, Qum // qo‘rg‘on,
kino // yulduz, tele // tanlov, mehmon// xona, omma // bop,
umum // jahon, Kumush // kon.
241-mashq.
Uyga vazifa. Qo‘shib yoziladigan joy nomlariga va ajra-
tib yoziladigan joy nomlariga 10 tadan misol yozing.
67-dars. BOSH HARFLAR IMLOSI
Adiblar xiyobonida
Keyingi yillarda
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy
bog‘i hududida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
Bu yerda “Adiblar xiyoboni” tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |