29-dars.
URG‘U VA UNING AHAMIYATI
Topshiriq.
She’rni ifodali o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning
qaysi bo‘g‘ini biroz cho‘ziqroq aytilayotganiga e’tibor bering.
CHUMCHUQLARGA UYADIR
Ashraf aka anor so‘ydi,
Anormisan-anor deysiz.
Har donasi gavhar misol,
Yalt-yult etar fanor deysiz.
“A” harfi ni olgan edik,
Yo‘q narsadan bor bo‘ldi.
Barchamizga tanish hayvon,
Qo‘sh o‘rkachli nor bo‘ldi.
Bolakaylar, bilib qo‘ying,
Nor degani tuyadir.
“T” harfi ni qisqartirsak,
Chumchuqlarga uyadir.
(Tursunboy Adashboyev)
102-mashq.
O‘zbek tilida urg‘u, asosan, so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga
tushishini hisobga olib, qatorni davom ettiring.
Bola, kitob, savdo, davo …………
Urg‘u ikki xil bo‘ladi: so‘z urg‘usi, gap urg‘usi.
So‘zdagi bo‘g‘inlardan birining boshqalariga nisbatan kuch-
liroq talaffuz qilinishi so‘z urg‘usi hisoblanadi. Bizning tilimiz-
da so‘z urg‘usi, ko‘pincha, oxirgi bo‘g‘inga tushadi: kito
Do'stlaringiz bilan baham: |