Ona tili. 2-“B” sinf Mavzu: Nuqtalar òrniga sòroqqa mos sòzlarni qòyib kòchirish. Dars maqsadi: a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, mavzuga oid bilim va ko’nikma hosil qilish b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni chiroyli yozuv qoidalariga rioya qilishga o’rgatish, ularga estetik tarbiya berish c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, savodli yozish uquvlarini o’stirish. d) korreksion maqsad: o’quvchilarning talaffuzini mashq qildirish, tez aytishlar orqali nutqini, talaffuz me’yorlarini to’g’rilash. Dars turi: yangi bilim beruvchi. Dars métodi: suhbat, savol-javob, topshiriqlar bilan ishlash. Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, tarqatma materiallar, kesma harflar Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Shundan bilursankim ilm bepoyon. Darsning borishi:
Ishning nomi
Bajariladigan ishning mazmuni
Metod
Vaqt
1-bosqich
Tashkiliy qism
Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi
II. O’tilgan mavzuni takrorlash, o’quvchilar bilimini aniqlash va mustahkamlash maqsadida aqliy hujum savollari beriladi. 1. O’tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishgan edik? 2. So’zlar qanday ma’nolarni bildiradi? 3. So’zlar nimalarga bo’linadi? 4. So’zlar bir satrdan ikkinchi satrga qanday ko’chiriladi? 5. Kim? So’rog’iga javob bo’ladigan so’zlarga misol ayting. 6. Nima? so’rog’iga javob bo’ladigan so’zlarga misol ayting 7. Nima qildi? so’rog’iga javob bo’ladigan so’zlarga misol ayting Turg’un shaharda yashaydi. U yozgi ta’tilda qishloqqa bordi. Anhorda cho’mildi, baliq tutdi. III. Yangi mavzuni tushuntirish O’quvchilar diqqati doskaga jalb etiladi. Yangi mavzu e’lon qilinadi. Nima qildi? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar. Nuqtalar o’rniga mos so’zlarni qo’yib ko’chiring. Qaychi bilan (nima qilamiz?)….. Nina bilan (nima qilamiz?)….. Qo’yish uchun so’zlar: qirqamiz, tikamiz. Topshiriq: Bahor keldi. Dehqon dala ishlarini boshladi. Gaplaridagi nima qildi? So’rog’iga javob bo`lgan so`zlarni toping. IV. Yangi mavzuni mustahkamlash Mustaqil ish beriladi. Bahor tabiati mavzusida suhbat o’tkaziladi. O’quvchilarning so’zlarni yozishda qo’l harakatlari kuzatib turiladi. Dam olish daqiqasi Gullar mavzusida o’quvchilar bilan suhbat o’tkazish - Qaysi fasl boshlandi? - Bahorda qanday o’zgarishlarni ko’ryapsiz? - Bahorgi dala ishlari haqida so’zlang. - Bahorda qanday bayramlar nishonlanadi? - Gaplardagi nima qildi? so’rog’iga javob bo’ladigan so’zlarni ayting.
GRAFIK TEST. V. O’quvchilar darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiriladi. VI. Uyga vazifa. 20 – mashq.
TOSHKENT VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI CHIRCHIQ SHAHAR XALQ TA`LIMI BO`LIMI TASARRUFIDAGI
23-YORDAMCHI maktab
ONA TILI 2- “B” sinf. Mavzu: Nuqtalar òrniga sòroqqa mos sòzlarni qòyib kòchirish.