OʻZBEKISTON TARIXI (15 TA) Kidariylarning ikkinchi nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
A) toxarlar B) xioniylar C) eftallar D) turklar
Bir tuman harbiyning tumanboshisi qanday nomlanadi?
A) sho B) shod C) jabg‘u D) tudun
Biri ikkinchisiga tutashib ketadigan, 38-40 harfdan iborat yozuv qanday nomlanadi?
A) sug‘d B) toxar C) oromiy D) turkiy run (ko‘kturk)
Qonun kuchiga ega bo‘lgan buyruq ma'nosini anglatuvchi atama to‘g‘ri ko‘rsatilgan javob variantini aniqlang.
A) farmon B) muxoraba C) islohot D) fath
“Uning davlati va xalofati zamonida Movarounnahr, ayniqsa, Buxoro viloyati gullab-yashnadi” deb yozgan tarixchi nomi qaysi javobda tog‘ri ko‘rsatilgan?
A) Hofiz Tanish al-Buxoriy B) Muhammad Haydar C) Abdurahmon Tole D) Zamon Buxoriy
Ashtarxoniy Imonqulixonga oid ma'lumotni aniqlang.
A) 1602-yil Eron safaviylariga zarba berib, Balxni bo‘ysundirdi. B) Xo‘jandni qozoqlardan ozod qildi. C) Toshkent va xonlikning shimoli-sharqiy chegaralari uchun qozoqlar va jung‘orlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi. D) Makkaga borayotib vafot etdi.
Xiva xonligida diniy ishlar va shariat qoidalariga rioya etilishi va amal qilinishi masalalari bilan shug‘ullanuvchi lavozim qaysi?
A) muftiy B) shayxulislom C) otaliq D) muhtasib
Berilgan asarlardan Ogahiy qalamiga mansubini aniqlang.
A) “Firdavs ul-iqbol” B) “Ravzat us-safo” C) “Navodir ul-vaqoe” D) “Zubdat ut-tavorix”
Podsho Rossiyasi qo‘shinlari Urgut ishg‘ol qilingach … shahrini bosib olishga kirishdi.
A) Kattaqo‘rg‘on B) Zirabuloq C) Shahrisabz D) Kitob
Quyidagi qaysi asarda o‘lkamizning qadimgi aholisi haqida ma’lumot beriladi?
A) Gerodotning “Tarix”asari B) Strabonning “Geografiya” asari C) Behistun qoyalarida D) Arrianning “Aleksandrning harbiy yurishlari” asari
O‘zbekiston hududidagi qadimgi shaharlar joylashgan o‘rni noto‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.
A) Uzunqir Qashqadaryo viloyatida B) Qiziltepa Surxondaryo viloyatida C) Ko‘zaliqir Xorazm viloyatida D) Yerqo‘rg‘on Farg‘ona viloyatida
“Shamol shahri”ni aniqlang.
A) Toshkent B) Namangan C) Andijon D) Qo‘qon
Bolshevik maddohlarning e’tirof etishicha, qo‘rboshilar o‘rtasida eng kuchlisi kim edi?
A) Katta Ergash B) Madaminbek C) Shermuhammadbek D) Ochilbek
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish rasman qachon tugallandi?
A) 1929-yilda B) 1930-yilda C) 1931-yilda D) 1932-yilda
O‘rta Osiyo hududida topilgan dastlabki mehnat qurollari nechanchi asrga oid?
A) mil.avv VII asr B) mil.avv V-VI asr C) mil.avv IX-VIII asr D) mil.avv X-IX asr