MATEMATIKA (15 TA)
Toshkentda avtobuslarning narxi 1400 so‘m. Vosidjon maktabga borish uchun ikkita avtobusga chiqadi. Vosidjonning bir haftalik yo‘l harajatini hisoblang. (yakshanba dam olish kuni va u faqat maktabga qatnaydi)
A) 5600 so‘m B) 33000 so‘m C) 33600 so‘m D) 33700 so‘m
Azamat mehmondorchilikka mashinada yo‘lga chiqdi. U yo‘lning yarmini 60 km/soat tezlik bilan bosib o‘tdi. Kech qolayotganini sezib tezlikni 30 km/soat ga oshirdi. Jami yo‘l uzunligi 360 km bo‘lsa, u jami yo‘lni qancha vaqtda bosib o‘tgan?
A) 4 soat B) 5 soat C) 6 soat D) 7 soat
7 qatorning har biriga 21 donadan olma ko‘chati ekildi. Olma ko‘chat ortib qolgani sababli yana bir qator qo‘shib, unga 23 dona ko‘chat ekildi va yana har bir qatorga 5 donadan qo‘shimcha olma ko‘chat ekib chiqildi. Jami necha tup olma ko‘chat ekilgan?
A) 200 B) 205 C) 210 D) 215
m = 1, n = 1 bo‘lganda ifoani hisoblang. 3m-5+4n-2=?
A) 1 B) 2 C) 0 D) 7
Farhod 1 mb internet traffik uchun 10 so‘m sarflaydi va kuniga 12 mb traffik ishlatadi. Farhod N haftada qancha pul sarflaydi?
A) 120N B) 560N C) 650N D) 840N
20 dan kichik natural sonlar ichida nechta tub, murakkab va mukammal sonlar mavjud?
A) 8, 10, 1 B) 9, 10, 1 C) 8, 11, 1 D) 8, 11, 2
Nafisa opa farzandlariga 41 ta ko‘chatga suv quyishni buyurdi. Ko‘chatlarni farzandlariga tub sonlarda bo‘lib berdi. Shunda eng katta farzandiga eng ko‘p ko‘chat ya’ni 17 ta ko‘chatga suv quyish topshirildi. Qolgan ikki farzanddan eng ko‘p sug‘organi nechta ko‘chatga suv quygan?
A) 7 B) 11 C) 13 D) 19
Tenglamani yeching. 1,5x – 16,3 = 3x – 16,3
A) 1/3 B) 3 C) 0 D) yechimi mavjud emas
n ning qanday eng kchik natural qiymatida 9 va 11 + n sonlarining eng kichik umumiy karralisi 117 bo‘ladi?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
Avtobusdagi o‘rindiqlar soni n ta, avtobusga esa k ta odam chiqdi va bekatda 5 ta odam tushib yana 2 ta odam chiqdi. Avtobusda nechta bo‘sh joy bor?
A) n-k+3 B) k-n C) n-k-3 D) n+k-3
Muntazam oltiburchak kasrni anglatsa, bo‘yalgan soha nechchiga teng bo‘lishi mumkin?
A) 1/6 B) 1/4 C) 1/12 D) 3/8
Ikkita rasmni birlashtirsa qanday shakl paydo bo‘ladi?
A) B) C) D)
To‘g‘ri tasdiq berilgan javobni toping.
A) 1 ta nuqta orqali faqat bitta to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin
B) 1 ta nuqta orqali faqat 2 ta to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin
C) 1 ta nuqta orqali cheksiz to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin
D) 1 ta nuqta orqali to‘g‘ri chiziq o‘tkazib bo‘lmaydi
To‘g‘ri tasdiqni toping.
A) Kesma deb to‘g‘ri chiziqni ikki nuqtasi orasidagi yotgan barcha nuqtalar to‘plamiga aytiladi
B) 1 ta nuqta orqali faqat 2 ta to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin
C) To‘g‘ri chiziq teislikni teng 3 qismga ajratadi
D) To‘g‘ri chiziq o‘zi yotgan kesmani teng 3 ga bo‘ladi
Quyidagi sonlar juftligidan qaysi biri ikkinchisidan 100 ga katta?
A) 199 va 209 B) 4236 va 4246 C) 9635 va 9745 D) 41863 va 41963
Do'stlaringiz bilan baham: |